D. Q. Usmanova



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/131
Sana01.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#476315
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   131
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

 
T/r
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning 
bog‘lanishi
Debet
Kredit

Qurib 
bitkazilgan 
va 
foydalanishga 
topshirilgan ob’ektlarning asosiy vositalar 
tarkibiga o‘tkazilishi 
0110-0190 
0810 

Asosiy vositalarni haqiqiy tannarxi bo‘yicha 
xarid qilinishi (boshlang‘ich qiymati) 
0110-0190 
0820 

Uzoq 
muddatli 
ijaraga olingan 
asosiy 
vositalarni uzoq muddatli ijara shartnomasi 
tugagandan keyin asosiy vositalar tarkibiga 
qabul qilinishi 
0110-0190 
0310 

Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulush (pay) 
sifatida kiritgan yoki aksiyalarga to‘lov 
sifatida kelib tushgan asosiy vositalarning 
kirim qilinishi 
0110-0190 
4610 

Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi 
0110-0190 
8530 

Asosiy vositalarning ajratilgan bo‘linmalar, 
sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan kelib 
tushishi 
0110-0190 6110, 6120 

Qo‘shimcha qurish, uskunalar o‘rnatish, 
modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va 
boshqa sifat jihatdan yaxshilash natijasida 
asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatining 
ko‘payishi 
0110-0190 
0890 

Erni 
obodonlashtirish 
bilan 
bog‘liq 
xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish 
0111 
0850 

Uzoq 
muddatli 
ijaraga olingan 
asosiy 
vositalarni obodonlashtirish bilan bog‘liq 
xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish 
0112 
0860 
10 
Ishchi va mahsuldor xayvonlarning asosiy 
vositalar tarkibiga kirim qilinishi 
0170 
0840 
11 
Asosiy vositalarni qayta baholash: 
a) qiymatining oshirilishi 
b) qiymatining kamaytirilishi 
0110-0199 
8510 
8510 
0110-0199 
12 
Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav 
kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli 
9210 
0110-0190 


139 
ijaraga berish, kamomad yoki buzilish 
natijasida asosiy vositalarning boshlang‘ich 
qiymatini hisobdan chiqarish 
13 
Ajratilgan bo‘linmalarga asosiy vositalarni 
berilishi 
4110 
0110-0190 
14 
Qonunchilikda 
belgilangan 
tartibda 
konservatsiya qilingan asosiy vositalar 
0199 
0110-0190 
mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil 
baholaydi. 
SHuningdek "Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli 
jamiyatlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga 
muvofiq, jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi 
shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qo‘shiladigan pulsiz hissalarning 
puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha 
ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi. 
Korxonaning o‘z kuchi bilan qurilgan, shuningdek pudrat shartnomasi 
bo‘yicha qurilgan asosiy vositalar 0100 -"Asosiy vosigalarni hisobga oluvchi 
schyotlar"larning tegishli schyotlari debetiga, 0810 -"Tugallanmagan qurilish" 
schyotining krediti bo‘yicha kirim qilib olinadi. 
Tasischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga 
kiritilgan asosiy vositalarning kirim qilib olinishi asosiy vositalarni hisobga 
oluvchi schyogning (0100) debeti va 4610- "Tasischilarning ustav kapitaliga 
ulushlari buyicha qarzi" schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 
Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning 
kirimi, 8530 - "Tekinga olingan mulk" schyot bilan bog‘lanishda, asosiy 
vositalarni hisobga oluvchi schyotning (0100) debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Biroq 
soliqqa tortish maqsadida tekinga olingan asosiy vositalarning summasi daromad 
(foyda) solig‘ini hisoblaganda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. 
SHu bilan birga "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 33-moddasi, 
jamiyatni ta’sis etish chog‘ida aksiyaga to‘lanadigan haq sifatida topshirilayotgan 


140 
mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq 
chiqarilishini belgilab beradi. 
Agar jamiyatning shu yo‘sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa 
qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam 
miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyat 
aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-
mulkning puldagi bahosini mustaqil baholovchi chiqarishi kerak. 
Asosiy vositalar obektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni tamirlash yo‘li 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Joriy tamir — asosiy vositalar obektini ishchi holatida ushlab turish 
maqsadida amalga oshiriladigan tamirlashdir. O‘rta ta’mirda tamirlanadigan 
agregatni qisman ajratib yig‘ish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki 
almashtirish amalga oshiriladi. 
Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni to‘liq ajratib 
yig‘ish, bazaviy va korpus detallari va uzellarni ta’mirlash, barcha eskirgan detallar 
va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinash 
amalga oshiriladigan tamirlashdir. 
Bino va inshootlarni kapital tamirlash — bazaviy va korpus detallari va 
uzellarini tamirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini 
almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. 
Obektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi 
iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida 
amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo‘lgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga 
olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish 
xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalarning barcha turdagi ta’mirlashini 
o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab 
chiqarish tannarxiga, ma’muriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish 
uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar obektlari bo‘yicha esa davr xarajatlari 
tarkibiga olib boriladi. 


141 
Zarur holatlarda, alohida sohalarning xo‘jalik yurituvchi subektlari 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital tamirlash 
ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini tashkil etishlari mumkin. Mazkur 
zaxira bo‘yicha ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi 
tarkibida aks ettiriladi, u asosiy vositalarning har bir obektini kapital 
ta’mirlanishdan o‘tkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlarning taxminiy 
baholangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Zaxira bo‘yicha ajratmalar 
me’yori har bir hisobot davri oxirida qayta ko‘rib chiqiladi va zarur hollarda yangi 
moliyaviy yil uchun ajratmalar hajmi ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 
Agar kapital tamirlash uchun zaxira qilingan mablag‘lar summasi mazkur 
obektning tamirlashiga ketgan haqiqiy xarajatlaridan oshib ketsa, ortiqcha summa 
tuzatib qo‘yilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan mablag‘lar 
summasidan oshib ketsa, unda ortiqcha summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa 
xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi. 
Zaxiralarni hisoblash bo‘yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va 
to‘lovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti 
bo‘yicha aks ettiriladi. 
Zaxira qilingan mablag‘lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy 
xarajat va to‘lovlar, 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari" 
schyotining debeti hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti yozuvi 
orqali, zaxiralarning kamayishiga olib boriladi. 
U yoki bu zaxira bo‘yicha summalarning tashkil etilishi va undan 
foydalanishning to‘g‘riligi smetalar, hisob-kitoblar va shunga o‘xshaganlarning 
malumotlari bilan vaqti-vaqtida solishtirilib boriladi va zarur hollarda ularga 
tuzatishlar kiritiladi. 
5-son BHMSning 50-bandiga muvofiq, chiqib ketayotgan asosiy vositalar 
obektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar 
korxona balansidan ularni: tugatishda; sotganda; almashtirilganda; tekinga 
berilganda; ta’sis ulushi sifatida ustav kapitaliga berilganda; uzoq muddatli ijara 
shartnomasi bo‘yicha berilganda; kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanganda; 


142 
qatnashchilar tarkibidan qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida 
hisobdan chiqariladi. 
Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan bir necha 
mustaqil obektlar bo‘lgan hollarda, asosiy vositani qayta tiklashda ushbu har bir 
obektning almashtirilishi alohida inventar obektining chiqib ketishi yoki xarid 
qilinishi sifatida hisobga olinadi. 
Asosiy vositalar obektini qisman tugatish hollarida uning boshlang‘ich 
qiymati va to‘plangan amortizatsiyasi obektning tugatilgan qismiga tegishli 
boshlang‘ich qiymati va to‘plangan amortizatsiya summasiga mos holda 
kamaytiriladi. 
Asosiy vositalar obektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija, 
asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ularning 
qoldiq qiymatini hamda asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq egri 
soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi. 
Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani 
aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo‘shimcha 
baholash summasining qoldig‘i, ya’ni avvalgi qo‘shimcha baholash summalarining 
asosiy vositalar ushbu obektining avvalgi arzonlashtirilgan summasidan oshib 
ketgan qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga 
kiritilib, ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" 
schyoti bo‘yicha zaxira kapitali kamayadi. 
O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonuniga 
muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning 
saqlanishini nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan asosiy vositalarning 
inventarizatsiyasi vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona 
fondlari bo‘yicha esa besh yilda bir marta o‘tkaziladi. 
Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy 
standartiga muvofiq belgilangan tartibda o‘tkazilad
14
Korxonalarda mulklarni 
14
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 833 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 19-sonli "Inventarizatsiyani 
tashkil etish va o‘tkazish" O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti.
1999 yil 2 noyabr 


143 
inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi va 
ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi 
Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
15

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish