D. Q. Usmanova


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/131
Sana01.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#476315
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobining asosiy vazifalari nimalardan 
iborat? 
2.
Hisob-kitob schyotidan ko‘chirilgan pul mablag‘lar qanday nazorat qilinadi? 
3.
Bankda valyuta schyotini ochish uchun qanday hujjatlar topshiriladi? 
4.
Kassaga pul mablag‘larining kirimi va ularning chiqimi qanday hujjatlar bilan 
rasmiylashtiriladi? 
5.
Korxonada kimlar hisobdor shaxs bo‘la oladi? 
6.
To‘lov topshiriqlari bilan qaysi vaqtlarda hisob-kitob qilinadi? 
7.
Moddiy javobgar shaxslarning aybi bilan sodir bo‘lgan kamomad qanday 
undirib olinadi? 
8.
Xisobdor shaxsga berilgan avans to‘lovlari va xizmat safari xarajatlari qanday 
hisobga olinadi? 
9.
Bankdan olingan xodimlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzlari 
qanday so‘ndiriladi? 


126 
5- 
Mavzu
. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI 
Reja:
5.1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha 
5.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar 
tarkibi 
5.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash 
xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi 
5.4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning 
buxgalteriya hisobi 
5.5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash 
natijalari hisobi 
5.6. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularni hisobga olib borish 
 
5.1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha 
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab 
chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish 
maqsadida yoxud xo‘jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va 
ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy 
aktivlardir. 
Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil 
etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko‘rsatish 
uchun katta ahamiyatga ega. 
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar: 
a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch 
bo‘lsa; 
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo‘lsa, aktiv sifatida tan olinadi. 
Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos 
kelishini belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida 
kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona 
kelgusida olingan aktivga ega bo‘lish, foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq 


127 
barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obektga ega 
bo‘lish bilan bog‘liq barcha tavakkallikni o‘z zimmasiga olishni bildiradi. Ushbu 
iqtisodiy foydani olishning etarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan 
bog‘liq iqtisodiy foyda ko‘rishi va o‘z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi 
bo‘yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va 
tavakkalchilik butunlay korxonaga o‘tgandagina mavjud bo‘ladi. Ungacha aktivni 
sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo‘qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, 
shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi 
sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki 
aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish operatsiyasi natijasida uning 
qiymati aniqlanadi. SHu bilan birga, agar aktiv xo‘jalik subektining o‘z kuchi bilan 
vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar, 
ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar 
asosida amalga oshirilishi mumkin. 
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy 
akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan: 
a) bir yildan ko‘proq xizmat muddati; 
b) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik 
baravari miqdoridan ko‘proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun. 
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi 
uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega. 
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam 
miqdorini belgilashda xo‘jalik subekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona 
ko‘lami hamda korxonaning xo‘jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi 
mumkin. 
SHu 5-BHMSda xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar quyidagilar 
asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo‘yilgan: a) maxsus asbob va 
qurilmalar; b) maxsus va sanitar kiyim, maxsus poyabzal; va yotar joy buyumlari; 
v) kanselariya buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq-
dasturxonlari;) qurilish bo‘yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga 


128 
kiritiladigan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan 
kam bo‘lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari. 
SHuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida 
markazlashgan rejali iqtisodiyot shart sharoitidan farqli o‘laroq, asosiy 
vositalarning yangi obektlari paydo bo‘ladi va hisobga olinadi. Ularga qonun 
hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan er uchastkasi ham kiradi. 
YUqorida ko‘rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning 
yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish 
uchun mo‘ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstruktiv 
jihozlangan uskunalari bo‘lgan obekt inventar obekti, deb etirof etiladi. Masalan, 
ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong‘indan saqlash, 
ventilyasion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar 
bino bilan birga bir inventar obekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga 
biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat pechlari, 
odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Ma’lum ishni bajarishga 
mo‘ljallangan va o‘zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan 
predmetlarning alohida kompleksi ham o‘z navbatida invetar obekti bo‘lishi 
mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar kompleksi deganda kompleksga 
kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o‘z vazifasini kompleks 
tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo‘lgan bitta 
yoki turli vazifaga ega bo‘lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq bitta 
asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti 
bo‘lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obekti 
sifatida etirof etiladi. YUqorida keltirilgan misolga qaytsak, faraz qilaylik, foydali 
xizmat muddati 40 yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega bo‘lgan 
korxonada foydali xizmat muddati etkazib beruvchi tomonidan kafolatlangan va 25 
yilni tashkil etadigan zamonaviy yong‘indan saqlash tizimi montaj qilindi. Mazkur 
holatda binoning yong‘indan saqlash tizimi asosiy vositalarning alohida inventar 
obekti sifatida hisobga olinishi kerak. 


129 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish