92
kitob operatsiyalari bo‘yicha hisoblashishlar nizomga
3
ko‘ra pul o‘tkazish yo‘li
orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan mablag‘larini
jalb qilish, ularning boshqa xo‘jalik hamda tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob –
kitoblarini amalga oshirish,
shuningdek, qaytarib olish to‘lovlilik va muddatlilik
sharti bilan bo‘sh mablag‘larni joylashtirish maqsadida tashkil etilganligidir.
Respublikamizda bank tizimi davlat Markaziy banki va tijorat banklaridan
tashkil topgan bo‘lib, ular o‘z mijozlariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.
Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanishda mustaqil ravishda o‘zlari tanlagan bir
yoki bir nechta banklarda hisob-kitob-pul bilan bog‘liq
operatsiyalarni amalga
oshiradi.
4
SHu bilan birga ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida bankning
kredit resurslaridan foydalanishlarilari va maqsadli kredit munosabatlari yuzasidan
kredit shartnomalarini rasmiylashtirishlari mumkin. Korxonalar banklarda hisob–
kitob va valyuta schyotlaridan tashqari, maxsus joriy schyotlari (limitlashtirilgan
chek daftarchalari, akkreditivlar, maxsus schyotlar va b.) dan ham foydalanishlari
mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning pul mablag‘lar hisobi buxgalteriya hisobi
schyotlar rejasining beshinchi bo‘limi, majburiyatlari bo‘yicha hisob–kitoblar esa
oltinchi va ettinchi bo‘limida tayinlangan schyotlarda yuritiladi.
Xo‘jaliklarda mavjud pul mablag‘laridan maqsadli
foydalanish va ularni
samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag‘lar va majburiyatlarni o‘z
vaqtida so‘ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi. SHu boisdan, ushbu
nazoratni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etishda uning oldiga
bir qator vazifalarni
bajarishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat:
3
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi” Nizom.(YAngi tahrirda) O‘zR AV
tomonidan 13.12.2004 yilda 1122-2-son bilan ro‘yxatga olingan.
4
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida yo‘riqnoma. O‘zR AV 24.03.2017
y. 1948-12-son bilan ro‘yxatga olingan
93
−
pul mablag‘lari va hisob–kitob operatsiyalarini o‘z vaqtida tegishli
hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirib borish;
−
kassadagi kirim va chiqim qilinayotgan mablag‘larni to‘g‘ri rasmiylashtirish
hamda ularni kassa daftarida qayd qilib borish;
−
kassadagi naqd pul mablag‘lari va unga ekvivalent bo‘lgan pul hujjatlari,
qimmatli qog‘ozlarning butligini kundalik nazorat qilib borish;
−
pul mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanish va ularning
maqsadli sarflanishini
doimiy nazorat qilish;
−
budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar, banklar, xodimlar va boshqa
tashkilotlar, xaridor va buyurtmachilar bilan shartnomada belgilangan to‘lov
shakllariga amal qilib borishni nazorat qilish;
−
qarzlarni qaytarish muddatidan o‘tkazib yubormaslik maqsadida debitor va
kreditorlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob – kitoblarni o‘z
vaqtida taqqoslama
dalolatnomalar bilan rasmiylashtirish hamda uni so‘ndirish bo‘yicha chora-
tadbirlar ko‘rish;
−
xo‘jalikning pul mablag‘lari harakatini oldindan prognozlash va pul oqimini
meyorlashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: