Er qaiidan foydalanuvchilar uchun soliq hisobi. Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun 0‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olish, shuningdek qazilmalar qazib olish bilan bogfliq boflmagan er osti inshootlari qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi shaxslar toflaydi.
Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toflovlar Soliq kodeksining242-247 moddalari bo‘yicha tartibga solinadi.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toflovchilar tomonidan - har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay;
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni toflash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Misol. Hisobot davrida korxonada qazib olingan ko‘mir hajmi 2000 ming so‘mni tashkil etadi, soliq stavkasi 3,8%.
Soliq summasi 2000 ming so‘m x 3,8% = 76 ming so‘mni tashkil etadi.
318
Hisoblab chiqilgan soliq summasi har oyda 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar" schyotining debeti va 6410- "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyotining kreditida aks ettiriladi:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti - 76000 so‘m;
K-t 6410-"Byudjetgato‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 76000 so‘m.
Ushbu soliq byudjetga to‘langanda:
D-t 6410-"Byudjetgato‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 76000 so‘m;
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti - 76000 so‘m.
Er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi. 0‘z mulkida, egaligidayoki foydalanishida er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar er solig‘i to‘lovchilaridir.
YUridik shaxslar uchun quyidagi er uchastkalari soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan er uchastqalari;
qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga berilgan er uchastkalari;
korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoqi qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan er uchastqalari;
korxonalar, binolar yoki inshootlarga bo‘lgan mulk xuquqi o‘tishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tganer uchastkalari.
Er solig‘i stavkalari 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan umumiy tartibda soliq toiovchilarga etkaziladi.
Er solig‘ini hisoblash er uchastkasining haqiqiy maydoni asosida amalga oshiriladi.
Hisoblangan summa quyidagi yozuv bilan ifodalanadi:
D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"
K-t 6410-"Byudjetga toiovlar bo‘yicha qarzdorlik"
Ushbu soliq byudjetga toianganda quyidagicha provodka beriladi: