MEHNAT
Bir bog‘bonning uch o‘g‘li bor edi. Uchalasi ham yalqov va dangasa
edilar. Bog‘bon bir kuni kasal bo‘lib yotib qoldi. O‘g‘illarini chaqirib:
«Tokzorning ichiga bir ko‘za oltin ko‘mib qo‘yganman. Mendan keyin
o‘zingiz kovlab, topib, bo‘lishib olarsizlar», – dedi va bir necha kundan
so‘ng vafot etdi.
O‘g‘illari oltin izlab bog‘ni ag‘dar-to‘ntar qilib chiqdilar. Lekin hech
narsa topa olmadilar. Biroq shu yili mevalari shu darajada serhosil
bo‘ldiki, cho‘ntaklari pulga to‘ldi.
So‘ngra o‘g‘lonlar angladilarki, oltin yerda emas, mehnatda ekan
(Rivoyat) (74 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |