VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR
Hadislarda keltirilishicha, Vatanni sevmoq iymondandir. Bu
vatanparvarlikning ham milliy, ham umuminsoniy jihatlaridir. Vatanni
sevish deganda, o‘z xalqining tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish
tushuniladi. Qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan boy
moddiy meroslarni ko‘z qorachig‘iday asrash har bir insonning burchi.
Go‘zal urf-odati, rasm-rusmi va udumlarini qadrlay bilish, ularni davom
ettirish, milliy adabiyot, musiqa, me’morchilik va barcha an'analardan
rohatlanish, ularni asrash va rivojlantirish, ulug‘ siymolarning ishlari va
ma’naviy merosi, xalqning boy tili va madaniyati bilan faxrlanish lozim
(77 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |