IZOHLI DIKTANT
Izohli diktant quyidagicha o‘tkaziladi: o‘qituvchi diktovka qiladi,
o‘quvchilar
esa
yozadilar.
O‘qituvchi
o‘quvchilar
diqqatini
mustahkamlanayotgan
orfrgrammaga
jalb
qiladi,
so‘ngra
qoida
umumlashtiriladi, o‘quvchilar yozganlarini tekshiradilar. Masalan:
Sirdaryo bilan Amudaryo Orol dengiziga quyiladi.
O‘qituvchi:
-
Sirdaryo, Amudaryo, Orol
so‘zlarini qanday yozdingiz?
Uning qoidasini eslang.
J a v o b: -
Sirdaryo, Amudaryo, Orol
so‘zlari - atoqli ot. Shuning
uchun ular bosh harf bilan yoziladi.
O‘quvchilar shu qoida asosida yozganlarini tekshiradilar. Ish mana shu
usulda davom etadi. Diktantning bu turidan yangi materiallarni
mustahkamlashda, ilgari o‘tilganlarni takrorlashda foydalanish mumkin.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |