DUO
Amir Temur o‘g‘lini Tabrizdan Samarqandga jo‘natayotganda
shunday nasihat qilgan edi: «El-yurtning mushkulin oson qilgin, adolatli
yo‘l tutgin, savob ishlar qilib, ko‘pchilikning duosini olgin!»
Shohruh Mirzo Sirdaryoning chap tomonidagi suvsiz cho‘lda qiynalib
yashayotgan aholining arz-u dodini eshitganda, shu nasihatlar yodiga
tushdi va Gavharshodbegimga dedi: «Sardoba qurdirsakmikin?»
Gavharshodbegim Zarafshon daryosidan chiqarilgan Darg‘om
anhorini uning yodiga soldi va shunday dedi: «Sirdaryoning suvi
Zarafshonnikidan ham ko‘p, amirzodam. Agar undan Darg‘omga
o‘xshagan shohariq chiqarilsa, qancha suvsiz joylar obod bo‘lardi, qancha
odamlar sizni duo qilardi?»
(P.Qodirov)(79 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |