4-SINF UCHUN MATNLAR
VATAN
Vatan! Ne-ne aziz insonlar voyaga yetgan, uning porloq istiqboli, fazl-
u kamoli uchun jon fido etgan zamin. El borki, Vatan bor. Vatan borki, el
bor. Elsiz vatan biyobon, Vatansiz el - darbadar. Shuning uchun ham, el
qadri bilan yashagan kishilarni vatanparvar deya ardoqlaganlar.
Jonajon yurtimizni mustaqil Vatan deb ataymiz. Bu ko‘hna diyor
torlarini shundayin chertib yubordiki, endi uning sehrli va fusunkor
sarhadlari dunyo mamlakatlari ko‘z o‘ngida O‘zbekiston nomi ila
namoyon
bo‘lmoqda.
Bugun
biz
istiqbolimizni,
erkinligimizni,
mustaqilligimizni sharaflaymiz, qo‘shiqlarda kuylaymiz
(79 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |