D. O‘rinbayeva m. Rahimova


O‘ZBEKISTONNING HAYVONOT DUNYOSI



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/174
Sana07.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#328912
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
Bog'liq
DIKTANTLAR TO‘PLAMI (metodik ko‘rsatma)

O‘ZBEKISTONNING HAYVONOT DUNYOSI
 
O‘zbekistonning  hayvonot  dunyosi  juda  boy  va  turli-tumandir. 
Amudaryo, Sirdaryo, Orol dengizi, Zarafshon daryosi, qator suv omborlari 
va  ko‘llarda  oltmishdan  ortiq  baliq  turlari,  yuzlab  turdagi  suv  qushlari 
yashaydi.  Oqqayroq,  tovonbaliq,  zog‘orabaliq,  laqqa,  ilonbosh,  olabug‘a, 
cho‘rtan  baliqlar  ko‘plab  ovlanadi.  Ondatra,  qunduz,  suvsar,  nutra,  tulki 
kabi hayvonlar chiroyli mo‘ynasi uchun ov qilinadi. 
Bepoyon cho‘llarda, ulkan tog‘ tizmalarida, vohalarda 60 turga yaqin 
sudralib  yuruvchilar,  90  turdan  ortiq  sut  emizuvchilar,  410  dan  ortiq 
turdagi qushlar tarqalgan. 
O‘zbekiston hayvonot dunyosi juda qadimiydir. Hayvonlarning ayrim 
turlari  faqat  shu  yerning  o‘zida  paydo  bo‘lgan.  Bunday  hayvonlarga  orol 
shipi,  katta  kurakburun  baliq,  turkiston  agamasi,  turkiston  gekkoni,  qum 
bo‘g‘ma  iloni,  xo‘jasavdogar,  qo‘shoyoq,  ko‘k  sug‘ur,  ingichka  barmoqli 
yumronqoziq  va  boshqalar  kiradi.  Tekisliklarda  sirtlon,  bo‘ri,  chiyabo‘ri, 
tovushqon, asalxo‘r, tulki, jayra, tipratikon, jayron, to‘ng‘iz, bug‘u, qulon, 
toshbaqa,  kaltakesak,  ilon  va  echkemarlarni  uchratish  mumkin. 
Yaqingacha yo‘lbars na’ralarini ham eshitish mumkin bo‘lgan. 
Tog‘lar va uning atroflaridagi o‘rmonlar, chakalakzorlarda ayiq, bo‘ri, 
olmaxon,  burgut,  kalxat,  qarchig‘ay,  qumoy,  tasqara,  boltayutar,  miqqiy, 
lochin,  itolg‘i,  qarg‘a,  quzg‘un,  kaklik,  qirg‘ovullar  yashaydi.  Ayrim 
qushlar  odamlar  bilan  qishloq  va  shaharlarda  yonma-yon  yashashga 
odatlanganlar.  Bularga  qaldirg‘och,  chumchuq,  musicha,  mayna,  kaptar, 
laylak kabilarni kiritish mumkin. 


109 
 
O‘zbekiston hududida zaharli ilonlarning besh turi uchraydi. Ularning 
zaharidan  qimmatli  dori-darmonlar  tayyorlanadi.  Ilon  zahri  tayyorlashda 
O‘zbekiston dunyoda yuqori o‘rinda turadi 
(199 ta so’z). 
 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish