D. Komilov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga



Download 167,25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.07.2022
Hajmi167,25 Kb.
#788274
Bog'liq
Abduga`niyeva Manzura konst



Kazus
D.Komilov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 
o’tkaziladigan saylovdan 4 kun oldin, ya’ni 2021-yil 18-oktabr kuni O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan O’zbekiston fuqaroligiga qabul 
qilindi.
D. Komilov O’zbekiston fuqarosi sifatida parlament saylovida ishtirok etishni istab 
saylov uchastkasiga bordi. Uchastka saylov komissiyasi D. Komilovga saylovchilar 
ro’yhati tuzib bo’linganini aytdi. Agar saylovchilar ro’yhatiga uni qo’shib 
qo’yishgan taqdirda ham u saylov kuni ovoz bera olmasligini aytishdi.
D. Komilov buning sababi so’raganida, u hali O’zbekiston fuqarosi pasportini 
olmagani, saylovchi ovoz berish uchun uchastka saylov komissiyasiga fuqarolik 
pasportini taqdim etishi kerakligi ma’lum qilindi. D. Komilov bunga e’tiroz bildirib 
O’zbekiston fuqarosi pasportini 4 kun ichida olishning imkoni yo’qligini aytdi.
Biroq, uchastka saylov komissiyasi tomonidan D. Komilovning talabi rad etildi. 
Bundan norozi bo’lgan D. Komilov yuqori turuvchi saylov komissiyasiga murojaat 
qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
Kazusni yechish
O`zbekiston Respublikasi o`zining mustaqilligiga erishganidan so`ng saylov tizimi, 
saylovni o`tkazishda bir qancha yangi islohotlarni amalga oshirildi. Jumladan
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
o`tkaziladigan saylov va yana shu kabi saylovlar qonuniy tus ola boshladi. 
Mamlakatimizni fuqarolari ham endilikda o`zlarining aktiv va passiv saylov 
huquqidan foydalana boshladi. Saylov qonunchiligi hozirgi kunda takomillashuv 
jarayonini boshdan kechirmoqda, uning yanada mukammal bo`lishi uchun yetakchi 


demokratik davlatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda. Har qanday qonun 
uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tatbiq etish mexanizmidir. Shuning uchun 
qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni bilan birga uning amalga kiritish 
mexanizmlarini ham ham mukammal darajada takomillashtirishimiz lozim. Bunda 
milliy davlatchiligimizning tarixiy xususiyatlari va saylovlarni o`tkazishda ilgari 
to`plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo`l qo`yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik
ilg`or jahon tajribasidan foydalanish hamda demokratiya tamoyillari ustunligiga 
erishish g`oyat katta mas’uliyatli vazifadir.
1992-yil 8-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining qabul qilinishi 
milliy saylov tizimimizni yaratishga asos soldi. Konsitutsiyamizning 7-moddasida 
“Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir”, “O`zbekiston Respublikasida 
davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi 
Konsitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar 
tomonidangina amalga oshiriladi”
1
deyilgan muhim qonun konsitutsiyaviy 
tuzumning asosiy prinsiplari sifatida mustahkamlandi. Shuningdek, O`zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi Konsitutsiyaning 32-moddasida alohida 
mustahkamlangan. Unga ko`ra, “O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat 
va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish 
huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini-o`zi boshqarish, referendumlar 
o`tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga 
oshiriladi ”.
2
Saylov huquqiga oid Konsitutsiyamizning 77-moddasida 
O`zbekistonda saylovlar ko`ppartiyaviylik asosida o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Eng 
asosiysi, Konsitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bag`ishlangan maxsus bobning 
mavjudligi O`zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim ahamiyat 
kasb etdi. Uning XXIII bobi “Saylov tizimi”
3
deb nomlanib, 117-moddasida 
“O`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga 
saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz 
1
O`zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi, “Adolat”, 2019
2
O`zbekiston Respublikasi Konsitutsiya, “Adolat ”, 2019 
3
O`zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi, “Adolat”, 2019.


berish huquqi, o`z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan 
kafolatlanadi” deyilgan muhim konsitutsiyaviy tamoyillarda o`z aksini topdi.
Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani. Haqiqatdan ham, 
saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. 
Demokratiya saylov asosida, erkin fikr yuritishda, siyosiy plyuralizm mavjudligida 
namoyon bo`ladi. Bu esa mamlakatning rivojlanishiga katta ta’sir qiladi.
Bizga berilgan kazusda fuqaro D. Komilovning saylov huquqlari buzilganligi 
to`g`risida ma’lumot berilmoqda. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksining 16-moddasida “Fuqarolar deganda O`zbekiston Respublikasining 
fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tushuniladi” – deb belgilab 
qo`yilgan. Fuqaro D. Komilovning O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini olganligi 
uning saylovlarda ishtirok etish huquqini hamda o`zi munosib deb topgan 
nomzodga ovoz berish huquqini kafolatlaydi. Men ushbu kazusdagi fuqaro D. 
Komilovni saylov kuni 18 yoshga to`ladigan fuqaroga qiyosladim. Chunki saylov 
kuni 18 yoshga to`ladigan fuqarolar ham saylovda ishtirok etishga haqlidirlar. Xuddi 
shunday holatda fuqaro D. Komilov ham ishtirok etishi kerak deb hisoblayman. 
Kazusimizda uchastka saylov komissiyasi fuqarolar ro`yhatini tuzib bo`lganligini 
aytishdi, ammo ular uyma-uy yurib oldingi tuzilgan saylovchilar ro`yhatini yangidan 
shakllantirishi kerak edi. Shunda ular fuqaro D. Komilovni saylovchilar ro`yhatiga 
qo`shishar edi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 4-moddasida 
O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi u qanday tartibda olinganligidan qat’iy nazar 
hamma uchun tengligi aytib o`tilgan. Bu esa, uchastka saylov komissiyaning qilgan 
xatti-harakatlariga mutlaqo zid. Fuqaro D. Komilov saylovda ishtirok etishi lozim. 
Bu bilan u o`zining faol fuqarolik burchini amalga oshirgan bo`ladi. Bumday 
vaziyatda fuqaro D. Komilov Saylov kodeksining 30-moddasida “Har bir fuqaro 
saylovchilarning ro`yhatlaridagi xato yoki noaniqliklar to`g`risida uchastka saylov 
komissiyasiga arz qilishi mumkin” deya ko`rsatib o`tilgan. Fuqaro D. Komilov 
ushbu xatti-harakatlar ustidan zudlik bilan arz qilishi hamda o`zining fuqarolik 


huquqlarini himoya qilishi kerak. Ana shundagina u o`zining fuqarolik burchini 
amalga oshiradi.

Download 167,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish