Eritmalarning qutblanganlik darajasi ularning dielektrik doimiysi (dielektrik singdiruvchanligi) degan kattalik bilan ham baholanadi. Bu kattalik ikkita elektr zaryad orasidagi tortilish yoki itarilish kuchi ayni muhitda vakuumdagidan ( = 1) qancha kichik ekanligini ko`rsatadi. Odatda, kuchli darajada qutblangan molekulali suyuqliklarning dielektrik doimiysi katta bo`ladi. Molekulalari qutblangan moddalar qutblangan erituvchilarda eritilganda turli kattalikdagi assotsiatlar (birlashgan molekulalar) hosil qiladi. D.I.Mendeleyev etil spirt suvda eritilganda eritmaning umumiy xajmi kamayib issiqlik chiqishini ba’zi qattiq moddalar suvda eritilganda esa eritmaning temperaturasi pasayishini ko`rsatadi va shu asosda o`zining gidratlar nazariyasini yaratadi. Bu nazariyaga ko`ra erish murakkab fizik-ximyaviy jarayon bo`lib, bunda erigan modda molekulalari erituvchi molekulalari bilan o`zaro ta’sirlashib, beqaror birikmalar - solg`vatlar hosil qiladi. - Eritmalarning qutblanganlik darajasi ularning dielektrik doimiysi (dielektrik singdiruvchanligi) degan kattalik bilan ham baholanadi. Bu kattalik ikkita elektr zaryad orasidagi tortilish yoki itarilish kuchi ayni muhitda vakuumdagidan ( = 1) qancha kichik ekanligini ko`rsatadi. Odatda, kuchli darajada qutblangan molekulali suyuqliklarning dielektrik doimiysi katta bo`ladi. Molekulalari qutblangan moddalar qutblangan erituvchilarda eritilganda turli kattalikdagi assotsiatlar (birlashgan molekulalar) hosil qiladi. D.I.Mendeleyev etil spirt suvda eritilganda eritmaning umumiy xajmi kamayib issiqlik chiqishini ba’zi qattiq moddalar suvda eritilganda esa eritmaning temperaturasi pasayishini ko`rsatadi va shu asosda o`zining gidratlar nazariyasini yaratadi. Bu nazariyaga ko`ra erish murakkab fizik-ximyaviy jarayon bo`lib, bunda erigan modda molekulalari erituvchi molekulalari bilan o`zaro ta’sirlashib, beqaror birikmalar - solg`vatlar hosil qiladi.
Agar erituvchi suv bo`lsa, hosil bo`lgan birikma gidrat deyiladi. Gidratlar kontsentratsiya va temperatura o`zgarishi bilan parchalanadi yoki boshqa birikmalarga aylanadi. Masalan, bir chaqmoq qand suvga botirilganda gidratlanish sodir bo`ladi, ya’ni suv molekulalari qand molekulalarini o`rab oladi va ular bilan gidrat hosil qiladi. Bunda, tabiiyki, issiqlik ajralib chiqadi. Lekin gidrat hosil qilish uchun suv molekulalari kristalldan qand (shakar) molekulalarini ajratib olish kerak, buning chun esa energiya sarflash lozim. Demak, agar gidratlaninsh jarayonida kristall panjaradan molekulani ajratib olishda saflanganiga qaraganda ko`p issiqlik siqsa, erish jarayonida eritma isiydi. Aksincha, agar qattiq modda kristalini parchalashga gidratlanishda ajralib chiqqaniga qaraganda ko`p issiqlik talab qilinsa, u xolda erish jarayonida eritma soviydi. Spirt suvda eritilganda umumiy xajmining kamayishi ham gidratlar hosil bo`lishi va molekulalarning bir-birining zichlashtirishi bilan tushuntiriladi. - Agar erituvchi suv bo`lsa, hosil bo`lgan birikma gidrat deyiladi. Gidratlar kontsentratsiya va temperatura o`zgarishi bilan parchalanadi yoki boshqa birikmalarga aylanadi. Masalan, bir chaqmoq qand suvga botirilganda gidratlanish sodir bo`ladi, ya’ni suv molekulalari qand molekulalarini o`rab oladi va ular bilan gidrat hosil qiladi. Bunda, tabiiyki, issiqlik ajralib chiqadi. Lekin gidrat hosil qilish uchun suv molekulalari kristalldan qand (shakar) molekulalarini ajratib olish kerak, buning chun esa energiya sarflash lozim. Demak, agar gidratlaninsh jarayonida kristall panjaradan molekulani ajratib olishda saflanganiga qaraganda ko`p issiqlik siqsa, erish jarayonida eritma isiydi. Aksincha, agar qattiq modda kristalini parchalashga gidratlanishda ajralib chiqqaniga qaraganda ko`p issiqlik talab qilinsa, u xolda erish jarayonida eritma soviydi. Spirt suvda eritilganda umumiy xajmining kamayishi ham gidratlar hosil bo`lishi va molekulalarning bir-birining zichlashtirishi bilan tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |