Kimyoviy muvozanat
Kimyoviy muvozanat holatida vaqt birligi ichida qancha mahsulot parchalansa, shuncha miqdor yangisi hosil bo’ladi. Shuning uchun kimyoviy muvozanat dinamik (haraktdagi) muvozanat hisoblanadi. U quyidagi uch belgiga ega:
1. Kimyoviy muvozanat holatidagi reaksion sistema (aralashma) tarkibi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi.
2. Muvozanatdagi sistema tashqi ta’sir tufayli muvozanat holatidan chiqarilsa, tashqi ta’sir yo’qotilgandan keyin u yana o’sha oldingi muvozanat holatiga qaytadi: agar tashqi ta’sir davom etaversa, shu sharoitga mos bo’lgan yangi muvozanat holati qaror topadi.
3.Qaytar reaksiya mahsulotlarini o’zaro reaksiyaga kiritish yoki dastlabki moddalarni bir-biriga ta’sir ettirish yo’li bilan (ya’ni qarama-qarshi yo’llar bilan) muvozanat holatiga erishish mumkin.
Muvozanat konstantasi va uning mohiyati. Vodorod yoddan vodorod yoddi hosil bo’lish reaksiyasini N2+J2=2HJ ning tezligi reaksiya uchun olingan moddalar konsentratsiyalari ko’paytmasiga proporsional bo’ladi:
Bu yerda k-to’g’ri reaksiyaning tezlik konstantasi, [H],[J] vodorod va yodning moyar konsentratsiyasi. Vodorod yodidning hosil bo’lishi bilan teskari jarayon boshlanadi; uning tezligi vodorod yodid konsentratsiyasiga proporsionaldir. =k [HJ], bu yerda k-teskari reaksiyaning tzlik konstantasi [HJ]-vodorod yodidning molyar konsentratsiyasi. Vaqt o’tishi bilan kamayib, ortiib boradi; muvozanat vaqtida to’g’ri va teskari jaryonlarning tezligi tenglashadi. U holda = bo’lib sistema kimyoviy muvozanat holatiga keladi. Demak, kimyoviy muvozanat harakat to’xtamaydi, chunki bu holat bir-biriga qarama-qarshi borayotgan ikki jarayon tezliklarini tenglashish holatidir: = bo’lsa
; ; ; :
Bu tenglama [H], [J] va [HJ] reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning muvozanat konsetarasiyasi (ya`ni H va J nig reaksiyaga kirishmay qolgan konsentratsiyalari bo’lsa, HJ ning muvozanat haror topganida hosil bo’lgan konsetrasiyasidir.) quyida ifoda:
qiymati muvozanat konstantasi nomi bilan yuritiladi. Demak, N2 + J2 = 2HJ muvozanat konstantasi; bilan ifodalanib, bu tenglama ayni sistema uchun massalar ta’siri qonunini aks ettiradi. Agar sistemada aA+bV=sS+dD tenglamasi bilan tasvirlanadigan muvozanat holati haror topsa, uning konstantasi tenglamasi bilan ifodalanadi. Bu ifoda massalar ta`siri qonunining umuiy ko’rinishi bo’ilb, quyidagicha tariflanadi.
"Kiyoviy muvozanat davomida reaksiya mahsulotlari kosentrasiyalari ko’paytmasiga nisbati o’zgarmas haroratda doimiy kattalikdir.
Reaksiya sodir bo’lib, muvozanat haror topadi. Agar bu reaksiya gaz fazada gomogen reaksiya sifatida sodir bo’lsa edi, uning muvozanat konstantasi quyidagi tenglama bilan ifodalanar edi.
Lekin geterogen sistemali kalsiy oksid va kalsiy karbonat bug’larining bosimi (Ra SO) ayni haroratda o’zgarmas kattaliklar bo’lgani uchun, ularning nisbatini o’zgarmas qiymat bilan almashtirishimiz mumkin.
U vaqtida; Km = K * RSO2, Bundan RSO2 = Sonst kelib chiqadi.
Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, SaSO3 parchalanganda hosil bo’lgan SO2 ning bosimi istalgan temperturada aynan shu haroratga mos bo’lgan o’zgarmas kattalikdir. Bu bosim SaSO3 ning dissotsiyalanish bosimi yoki bug’ bosimi deb ataladi. Uning qiymati faqat haroratga bog’liq, lekin sistemadagi SaSO3 va SaO miqdoriga bog’liq emas. Misol tariqasida SO2 bilan cho’g’ holatdagi ko’mir orasidagi reaksiya SO2 + S = 2SONing muvozanatini qarab chiqamiz.
Bu reaksiyaning muvozanat konstantasi ifodasiga S ning konsentratsiyasi yozilmaydi, chunki uning konsentratsiyasi doimiy sondir, demak:
Reaksiyaning boshlanish davridagi tezligi, reaksiya uchun olingan dastlabki moddalar konsentrasiyalari kupaytmasi bilan aniklanadi, bunda tugri reaksiyaning tezligi maksimal kiymatga ega buladi. Teskari reaksiya tezligi esa 0 ga teng buladi. Tugri reaksiya tezligi vakt utishi bilan kamayadi, chunki H2 va J2 konsentrasiyalari kamayib boradi va HJ maxsulotning konsentrasiyasi ortib boradi, shuning uchun teskari reaksiya tezligi hxam ortadi. Nixoyat, shunday bir payt keladiki, bunda V1=V2 buladi va sistemada kimyoviy muvozanat karor topadi. Demak, vakt birligida xosil bulayotgan va parchalanayotgan HJ molekulalarining soni bir biriga teng bo’ladi:
V1=V2 yoki K1[H2][J2]=K2[HJ]2 yoki
K1 va K2 o’zgarmas qiymatlar bo’lgani uchun ularning nisbatlari ham o’zgarmas qiymatdir, ya'ni:
bu yerda, K- kimyoviy muvozanat konstantasi deyiladi. Umumiy holda qaytar reaksiya aA+bB=cC+dD uchun muvozanat konstantasi quyidagicha
Agar kimyoviy muvozanatda turgan sistemaga, reaksiyada ishtirok etayotgan moddalardan birortasini qo’shsak, tugri va teskari reaksiya tezliklari o’zgaradi, vaqt o’tishi bilan asta-sekin yana muvozanat qaror topadi. Yangi muvozanat xolatda reaksiyada ishtirok etayotgan hamma moddalarning konsentrasiyalari dastlabki konsentrasiyalardan farq qiladi, lekin muvozanat konstanta o’zgarmay qoladi.
Reaksiya muhiti o’zgartirilmasa, muvozanat holat o’zgarmaydi. Kimyoviy muvozanatga quyidagi parametrlar ta'sir etadi.
1) Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentrasiyasi.
2) temperatura.
3) bosim (gazsimon moddalar bulsa).
(Katalizator esa fakat reaksiya tezligini uzgartiradi).
Ushbu parametrlarning birortasini o’zgarishi kimyoviy muvozanatni siljishiga olib keladi. Tashqi faktorlar (bosim, temperatura, moddalar konsentrasiyasi) dan birortasini o’zgarishi natijasida muvozanatni qaysi tomonga siljishini Le-Shatelye prinsipi (1884 y) quyidagicha ifodalaydi;
kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemada biror tashqi parametrdan biri (temperatura, bosim yoki kinsentrtratsiya) o’zgartirilsa, kimyoviy muvozanat shu o’zgargan ta’sirni kamaytiruvchi reaksiya tomonga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |