m ga o’xshash molekulyar kvant son - l kiritilgan.
l = 0, bunday holat s holat deyiladi, bu holatni qabul qiladigan lektronlarning maksimal soni 2ga teng.
l = ±1 bo’lsa, p holat deyiladi. Bu holatda eng ko’pi bilan 4ta elektron bo’lishi mumkin.
Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiya turlari
Kimyoviy kinetika (yunoncha: κίνησις — harakatlanuvchi), kimyoviy reaksiyalar kinetikasi — fizik kimyoning kimyoviy reaksiyalarni vaqt mobaynida kechadigan jarayon sifatida oʻrganadigan boʻlimi. Bu jarayon mexanizmi uni amalga oshiradigan sharoitlarga bogʻliq. Kimyoviy kinetika kimyoviy reaksiyalarning tezligi, yoʻnalishi, oʻtkazish sharoitlari orasidagi oʻzaro bogʻliqlik qonuniyatlari va ularga taʼsir etuvchi omillarni tadqiq qiladi. Murakkab kimyoviy reaksiyalar mexanizmini oʻrganish kechayotgan jarayon qanday elementar bosqichlardan iboratligini va bu bosqichlar oʻzaro qay tarzda bogʻliqligini, qanday oraliq mahsulotlar hosil boʻlishini va boshqani aniqlashga imkon beradi. Kimyoviy kinetika elementar reaksiyalarni faol zarrachalar (erkin atomlar va radikallar, ionlar va ion radikallar, taʼsirlangan molekulalar va boshqa) ishtirokida oʻrganadi. Molekulalar va kimyoviy bogʻlar tuzilishini kinetik tadqiq qilish natijalaridan foydalanib kimyoviy kinetika molekulalar reagentlarining tuzilishi hamda ularning reaksiyaga kirishish krbiliyatini aniqlaydi. Kimyoviy kinetikaning faol toʻqnashish va faol kompleks nazariyalari mavjud. Faol toʻqnashish nazariyasiga koʻra, kimyoviy oʻzgarish boʻlishi uchun toʻqnashuvchi molekulalarning energiya zahirasi maʼlum minimumdan kam boʻlmasligi shart. Bunday molekulalar faol molekulalar deyiladi. Bu na-zariyaning matematik ifodasi: K= =Aye~Ye/yu(Arrenius tenglamasi); K—tezlik konstantasi (yoki solishtirma tezlik); R — universal gaz doimiysi; T — absolyut temperatura; Ye — aktivlanish energiyasi — aktiv molekulalar energiyasi zahirasining yigʻishshsi; A — proporsionallik.
Aktiv kompleks nazariyasiga muvofiq, AV+SA -" S+V koʻrinishida reaksiya borayotgan boʻlsa, A—V bogʻi darhol uzilmaydi va A—S bogʻi ham darhol hosil boʻlmaydi. AV va S moddalari bir-biriga yaqinlashganda A—V bir-biridan uzoqlashadi va A—S birbiriga yaqinlashib boradi. Maʼlum bir paytda ABC kompleksi vujudga keladi. Soʻng aktiv kompleks parchalanib, reaksiya mahsulotlariga aylanadi. Bu nazariya aktivlanish energiyasining mohiyatini tushuntirib beradi va reaksiyalar (hozircha oddiy reaksiyalar)ning tezligini nazariy hisoblash yoʻlini koʻrsatadi. Yuqorida bayon etilgan 2 nazariya birbiriga zid emas, balki bir-birini toʻldiradi. Kinetik tad-qiqotlar kimyo fanining mustaqil boʻlimlari (kataliz, fotokimyo, plazmakimyo, radiokimyo, elektrokimyosh b.)ga muhim tarkibiy qism boʻlib kiradi. Kimyoviy kinetika oʻz tadqiqotlari va nazariy umumlashmalarida matematika, kibernetika, atom va molekulyar fizika, kvant kimyosi, spektroskopiya, analitik kimyo va b.ning yutuqlaridan foydalanadi. Kimyoviy kinetikaning kinetik maʼlumotlari va nazariy konsepsiyalari atmosfera va gidrosferaning ekologik modellarini tuzishda, koinotda sodir boʻladigan jarayonlarni tahlil qilishda qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |