106
ЭНЕРГЕТИКА ОБЪЕКТЛАРИ ДАВЛАТ КАДАСТРИ
ЭНЕРГЕТИКА ОБЪЕКТЛАРИ ДАВЛАТ КАДАСТРИ
3.4. ENERGETIKA OBYEKTLARI DAVLAT KADASTRI
Energetika obyektlari davlat kadastri - ushbu obyektlarni, geografik holati,
huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi
yangilab boriladigan ishonchli ma’lumotlar tizimidir. Ushbu kadastr Davlat
kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va energetika obyektlarini
hisobga olish va baholash maqsadida yuritiladi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan va qurilayotgan gidro hamda issiqlik elektr
stansiyalari, o‘z ichiga yordamchi stansiyalarni oladigan elektr tarmoqlari,
"O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tarkibida jamlangan havo va yer osti kabel
liniyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, texnologik
jarayonning yaxlitligi vositasida energiya tizimi bilan bog‘langan boshqa energiya
obyektlari Energetika obyektlari davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
"O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati Energetika obyektlari davlat kadastrini
yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. Kadastr davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarini, "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyatini, manfaatdor
yuridik va jismoniy shaxslarni energetika obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli kadastr
ma’lumotlari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
107
Quyidagilar Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritishning asosiy
prinsiplari hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi energetika obyektlarini to‘liq qamrab olish;
- makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografik asosni
qo‘llash;
-
barcha
obyektlar
bo‘yicha kadastr axborotlarini shakllantirish
metodologiyasining yagonaligi;
- kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;
- kadastr axborotlarining ochiqligi.
Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish energetika obyektlarini
xatlovdan o‘tkazish, hisobga olish, baholash bilan ta’minlanadi hamda davlat yer
kadastri va bino va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlaridan majburiy
foydalanishni nazarda tutadi.
Energetika obyektlariga tegishli yer uchastkalari, binolar va inshootlarga
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish vakolatli organlar tomonidan,
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yhatdan o‘tkazish uchun belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish energetika obyektlarining
barcha turlarini boshlang‘ich ro‘yhatiga olish, ularning miqdor va sifat tavsiflarini
hisobga olishni, obyektlarni ekologik-iqtisodiy baholashni, shuningdek kadastr
axborotlarini to‘plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilashni
hamda
ularni
qonun
hujjatlarida
belgilangan
tartibda
manfaatdor
foydalanuvchilarga berishni o‘z ichiga oladi.
Energetika obyektlarining barcha turlari boshlang‘ich ro‘yhatga kiritiladi.
Bunda asosiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi, ushbu ko‘rsatkichlarning tarkibi
Davyergeodezkadastr
qo‘mitasi bilan kelishgan holda "O‘zbekenergo"
aksiyadorlik jamiyati tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan
belgilanadi. Ro‘yhatga kiritish natijalari bo‘yicha har qaysi obyekt uchun pasport
tuziladi.
108
Energetika obyektlari to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari Davlat
kadastrlari yagona tizimiga belgilangan tartibda beriladi. Kadastrni yaratish va
yuritish
ishlarini
moliyalashtirish
"O‘zbekenergo"
aksiyadorlik
jamiyati
mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Energetika obyektlari davlat kadastrini
yuritish "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining quyidagi tarkibiy
bo‘linmalari:
- "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyatining "O‘zenergosozlash" unitar
korxonasi kadastr xizmati;
- energetika obyektlari kadastr xizmatlari - bo‘yicha bo‘linmalar tomonidan
amalga oshiriladi.
Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritishni metodik ta’minlash
"O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.
"O‘zenergosozlash" unitar korxonasi:
- energetika obyektlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi
joriy etilishini va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
- ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni energetika korxonalariga
berishni amalga oshiradi, ma’lumotlar bazasi to‘ldirilishining to‘g‘riligini nazorat
qiladi;
- energetika obyektlari kadastr xizmatlari hodimlarini energetika obyektlari
davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitishni
tashkil qiladi;
- energetika obyektlari kadastr xizmatlariga taqdim etilgan kadastr
axborotlarini tizimlashtirishni va ularni energetika obyektlari davlat kadastrining
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni amalga oshiradi;
- yangi energetika obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash
axborotlari to‘planishini nazorat qiladi;
- kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan
berilishini amalga oshiradi;
109
- har yili, belgilangan tartibda "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati
energetika obyektlarining holati va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotni
Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
Energetika obyektlari kadastr xizmatlari:
- energetika obyektlarining miqdor va sifatini joriy o‘zgarishlarni, ularning
atrof muhitga ta’sirini, ekologik-iqtisodiy bahosini to‘playdi va tizimlashtiradi;
- energetika obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadi, ma’lumotlar bazasini
to‘ldiradi va ularni tizimlashtirish hamda davlat kadastrining avtomatlashtirilgan
axborot tizimiga kiritish uchun "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
vakolatli tashkilotining kadastr bo‘limiga beradi;
- yangi energetika obyektlarini ro‘yhatga qo‘yadi, ular to‘g‘risidagi hisobga
olish va baholash axborotlarini to‘playdi.
"O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tizimidan tashqarida faoliyat
ko‘rsatuvchi energetika obyektlari mulkdorlari foydalanuvchilari "O‘zbekenergo"
aksiyadorlik jamiyati kadastr xizmatiga kadastr obyektlarining jug‘rofiy holati,
huquqiy maqomi, miqdoriy tavsiflari va bahosi, shuningdek ularning holatidagi
joriy o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etishlari shart. Energetika
obyektlari tavsiflaridagi keyingi o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
Energetika obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish ularni
iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilari bo‘yicha klassifikatsiya qilishni o‘z
ichiga oladi, ularning tarkibi energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish
bo‘yicha normativ hujjatlarda belgilanadi. Hisobga olish axborotlari korxonaning
kadastr daftariga yoziladi va energetika obyektlari davlat kadastrining
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. Energetika obyektlarini iqtisodiy
baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi
obyekt qiymatini baholash uchun amalga oshiriladi.
110
4
*
5
*
7
*
3
*
2
*
6
*
1
*
1
*
Do'stlaringiz bilan baham: |