D a V l a t b y u d j e t I



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana08.02.2023
Hajmi0,75 Mb.
#909151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
15-mavzu Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyatiu



D A V L A T B Y U D J E T I
15.1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va 
ahamiyati
Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining m a’lum bir 
bosqichida paydo bo'lgan. Uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy 
tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog'liqdir. 
Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo'lgan ishlab chiqarish 
munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyati va byudjetning 
taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi.
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) 
munosabatlaming bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga 
mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot milliy daromadning 
nisbatan kattagina qismini to'plash va uni jamiyat taraqqiyotining 
turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog'liqni saqlash, fan, madaniyat, 
ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga 
yo'naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.
Mohiyatiga ko'ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining 
tarkibiy qismi bo'lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir 
barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo'lgan barcha 
funksiyalami bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti faqat 
o'zi ga xos bo'lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o'z 
navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo'linma- 
laridan ajratib turadi va unda markaziy o'rinni egallashga imkon 
beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga 
tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat 
barcha moliyaviy munosabatlaming tashkilotchisi bo'lsa-da, uning 
bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslami 
asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan 
namoyon bo'ladi./
Yagonalik (birlik) va yuqori darajada markazlashuv davlat 
byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy 
byudjetlar ko'pligiga qaramasdan, ularning barchasi quyi bo'g'inlar-


ning yuqori bo'linmalarga ketma-ket bo'ysunishiga rioya qilgan 
holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning o ‘zidr: 
byudjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demok- 
ratizm ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha 
organlari o'zlarining byudjet mablag'lariga ega va o'zlariga tegishli 
byudjet huquqlaridan foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos ana shu 
xarakterli belgilar mablag'lar bilan manyovr qilish va nozik byudjet 
siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Moliya tizimining boshqa bo'linmalaridan farqli holda, davlat 
byudjetida, ikki tushunchaning terminologik qo'shilishi mavjud: 1) 
byudjet — iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) byudjet 
mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Ayrim hollarda davlat 
byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi 
sifatida talqin etiladi. Buni to'g'ri deb e ’tirof etib bo'lmaydi. Chunki 
iqtisodiyotga tegishli bo'lgan har qanday reja u yoki bu iqtisodiy 
kategoriyaning namoyon bo'lish shakllaridan boshqa narsa emas. 
Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat 
byudjeti (umumdavlat moliyasi) kategoriyasining namoyon bo'lish 
shaklidir. Ya’ni byudjet davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida 
iqtisodiy kategoriya va byudjetga xos bo'lgan xususiyatlar majmui- 
ning namoyon bo'lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning 
asosiy moliyaviy rejasi sifatida ularning «davlat byudjeti» deb bir 
xil nomlanishi predmetning mohiyatini o'zgartirmaydi va davlat 
byudjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar tarkibidan chiqarishga 
asos bo'la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shuki, 
davlat byudjeti deyilganda, eng awalo, ikki tushunchaning qo'shili- 
shini tushunmoq kerak: 1) davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) 
mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moli­
yaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya); 2) shu kategoriyaning 
namoyon bo'lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy 
instrumenti (vositasi) sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga 
ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari 
o'zgargan sharoitda va ko'plab oldi-sotdilar natijasida amalga oshi­
rilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning davlat byudjeti orqali 
taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir


bo'ladi. Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy 
mahsulotning harakatidan to'liq uziladi va sof qiymat xarakterini 
kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari 
sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta 
qo'shilib ketishi sodir bo'ladi.
Moliya tizimining boshqa barcha bo'linmalari va iqtisodiy 
(moliyaviy) kategoriyalar (baho, ish haqi. kredit va boshqalar) bilan 
chambarchas bog'liqligi ham davlat byudjetiga xos xususiyatdir.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga 
oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko'rib chiqish 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash 
bir vaqtning o'zida, o'zaro bog'langan va ma’lum darajada mustaqil 
bo'lgan uch bosqichga egadir:
1)umumdavlai pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari);
2)hududiy va ma’lum maqsadlarga mo'ljallangan ko'p sonli 
byudjet fondlarini yaratish;
3)byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsim­
lashning bu bosqichlari bir vaqtning o'zida va uzluksiz sodir bo'lsada, 
bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu 
bosqichlarni bo'lish va ularni alohida-alohida ko'rib chiqish orqali 
byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va,metodlari to'g'risida 
osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin.
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul 
mablag'larining bir qismi davlatning qo'lida to'planishi,«jamlash, 
olish sodir bo'ladi. Ana shu asosda mablag'lami oluvchi sifatida 
davlat bilan mablag'lami to'lovchilar o'rtasida moliyaviy (byudjet) 
munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik 
(imperativlik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash 
jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi 
mablag'lar ajratib olingan bo'lib, ular qat’iy chegaralanmagan. 
Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga — umumdavlat 
ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan. Davlat pul fondining 
alohidaligiga aniq maqsadlarga mo'ljallangan fondlarni kristalli- 
zatsiya qilish boshianganda barham beriladi.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish