120
Turizm jahon iqtisodiyotining eng samarali sohalaridan biri hisoblanadi. Bir
qator dunyo mamlakatlarida turizm sohasi davlat byudjetini shakllantirish manbai
hisoblanishi hech kimga sir emas. Turizmni rivojlantirish ko‘plab iqtisodiy-
ijtimoiy muammolarga yechim topishda muhim rol o‘ynaydi. Jumladan
qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi, hududdagi holining daromadlari
yaxshilanadi,
mamlakat to‘lov balansining ijobiy o‘sish dinamikasiga erishiladi va hokazo.
Mamlakatiz eksportining umumiy ulushida aynan xizmatlar eksportining ulushi
2018-yilda 3029.9 mln.dollarni tashkil qilgan (2017-yilning mos davrida 2474.5
mln. dollar).
3.3.1-rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, o‘tgan 2018-yil mobaynida xizmatlar
eksporti boshqa turlarga qaraganda nisbatan kattaroq o‘sish sur‘atlariga erishgan
hamda shuning hisobiga jami eksport hajmida 1-o‘rinni egallagan.
Taqqoslash uchun xizmatlardan keying o‘rinni 2909,5 mln.
dollarlik ulush
bilan oltin eksporti egallab turibti. Lekin, iqtisodiy nazariyadan ma‘lumki, oltin
qayta tiklanmaydigan hamda cheklangan resurslar sirasiga kiradi. Xizmat
ko‘rsatish esa doimiy davom etishini hamda ortiqcha moddiy resurslar talab
qilmasligini hisobga olsak, har qanday iqtisodiyot sharoitida
xizmatlar eksporti
foydaliroq hisoblanadi.
Respublikamizga hos bo‘lgan hususiyatlardan yana biri yuk tashish
xizmatlaridir. Ammo, tan olishimiz lozimki, yuk avtomobil xizmatlarining
samaradorligi quyidagi bir qancha omillar sabab pasaymoqda:
- yuk tashish bo‘yicha samarali qonunchilik mexanizmlarining mavjud
emasligi;
- asosiy capital eskirishining
yuqori darajaligi, xorijiy mamlakatlar texnik
talablariga javob beruvchi infratuzilmalarning yo‘qligi;
- yoqilg‘i narxlarining yuqoriligi;
- yuk tashish sifati va xavfsizligi darajasining pastligi;
- samarali logistik texnologiyalarning mavjud emasligi;
- muqobil yo‘qilg‘ida ishlovchi avtotransport vositalarining mavjud emasligi;
121
Agar mamlakatimiz Markaziy osiyoning qoq markazida joylashganligini
inobatga oladigan bo‘lsak, mavjud tranzit yuk tashish xizmatlarini to‘liq eksport
qila olmayotganligimiz iqtisodiyot ruvoji uchun juda salbiy holat.
Tahlillarimiz shuni ko‘rsatadiki, respublikamiz xizmatlar eksportida bir qator
hal qilinishi lozim bo‘lgan jiddiy muammolar mavjud va bu muammolarni bartaraf
etishga quyidagi takliflarni bildiramiz:
- respublikada xalqaro yuk tashish bozorini shakllantirish uchun zamonaviy
talablarga javob beradigan infratuzilmani yaratish lozim.
Bular qatoriga
axborotlashtirish markazi, logistik omborxonalar hamda terminallar va hokazolar
kiradi;
- turizm xizmatlari eksportini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e‘tibor
qaratish lozim. Buning uchun agroturizm (Toshkent viloyati, Farg‘ona,
Surxondaryo
viloyatlarida), ekoturizm (Bo‘stonliq, Chorvoq, Orolbo‘yi
hudularida), ekstremal turizm (Toshkent viloyatida, Xorazm viloyati cho‘llarida),
ziyorat turizmi (Buxoro,
Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida), MICE
turizm (Toshkent, Samarqand, Xiva shaharlari), rekreativ turizm (Zomin va
Omonxonada)ni rivojlantirishga urg‘u berish lozim;
- meditsina xizmatlari eksportini yo‘lga qo‘yilishiga ahamiyat berishimiz
kerak. Xususan Markaziy osiyodagi qo‘shni davatlarimiz Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Avg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalariga tibbiy
xizmatlarimizni reklama qilishimiz, maxsus marshrutlar
tashkil qilishimiz
mumkin;
- ta‘lim xizmatlari eksportini yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Buning uchun o‘z
o‘qituvchilarimizni xorijga chiqarishimiz, chet el talabalarini mahalliy
oliygohlarimizga jalb qilishimiz kerak.
Umuman olganda yuqoridagi barcha xizmatlar bir-biri bilan bog‘liq tarzda
rivojlanadi, biri boshqasini to‘ldiradi (misol uchun, turizm xizmatlari eksporti o‘z
navbatida transport hamda moliyaviy xizmatlar eksportini vujudga keltirish va
rivojlantirishga zamin yaratadi).
122
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, xizmatlar eksporti
tovarlar eksportiga
qaraganda ancha samarali hisoblanadi. Buning asosiy sababi, xizmatlar
ko‘rsatishga katta capital qo‘yilmalarning talab etilmasligidir.
Shuning uchun ham respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni maqsad
qilar ekanmiz, birinchi navbatda xizmatlar eksportining samaradorligini oshirish
maqsadga muvofiq. Bu o‘z
navbatida, mintaqaga kirib keladigan xorijiy valyuta
oqimini ko‘paytiradi, to‘lov balansini musbat saldoga erishishini ta‘minlaydi, yalpi
ichki va yalpi milliy mahsulot hajmini oshiradi va hokazo. Bularning barchasi
aholining turmush farovonligini yaxshilashga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: