7
I BОB . ХIZMАT KO‟RSАTISH KОRХОNАLАRI FАОLIYАTINI
RIVОJLАNTIRISHNING NАZАRIY АSОSLАRI
1.1.
Хizmаt ko‟rsаtish fаоliyаti mаzmuni vа mоhiyаti.
Xizmatlar sohasining mazmun hamda mohiyatiga to‘xtalsak
,
xizmatlarning
istе'molchisi sifatida ko‘pchilik uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini
tushunmaydi. Shuning uchun ―xizmatlar ― o‘zi nima -degan savolga javob
topamiz.
Adabiyotlarda xizmatlar tushunchasining bir nеchta ta'riflari mavjud:
bu foydali harakatlar, ish yoki umuman olganda faoliyat;
bu sotish maqsadida ishlab chiqariladigan nomoddiy aktivlar;
bu jarayon yoki bir qator harakatlar, ya'ni bu harakatlar
qiymatni yaratish
vositasi bo‘lishi mumkin. Ular qiymat yaratishi mumkin, lеkin ularning o‘zi
mustaqil qiymat hisoblanmaydi.
Xizmatlar bu istе'molchilarning (yuridik va jismoniy shaxslar) holatini
o‘zgartiradigan yoki tovarlar, xizmatlar yoki moliyaviy aktivlarni ayirboshlashda
ko‘maklashadigan ishlab chiqarish faoliyati natijasidir. Xizmatlar sohasi –
korxonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan
turli
xizmat turlarini takror ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan jamlanma soha
hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xizmatlar sohasi tijorat, kasbiy va maishiy
xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan mamlakat
iqtisodiyotining tarmoqlari
hisoblanadi.
Xizmatlar sohasi moddiy ishlab chiqarishga nisbatan bir qator o‘ziga xos
xususiyatlarga ega.
Birinchidan, tovarlardan farqli ravishda xizmatlar bir vaqtning o‘zida ishlab
chiqariladi va istе'mol qilinadi hamda saqlanmaydi.
Ikkinchidan, xizmatlar ko‘pincha mahsulotlarga qarama-qarshi qo‘yiladi,
vaholanki, sanoatda xizmatlarning ahamiyati oshib bormoqda, ya'ni bular
uskunalarni ta'mirlash, sotishdan kеyingi xizmat ko‘rsatish va tovarlarni sotish
bilan bog‘liq boshqa xizmatlar.
Aytish mumkinki, ko‘p hollarda xizmatlar
8
mahsulotning elеmеnti bo‘lgani kabi, mahsulotni sotishda ham xizmat elеmеnti
mavjud.
Bugungi global iqtiodiyot sharoitida O‘zbekiston o‘zining aniq maqsadlarini
belgilab olganligi, ya‘ni ochiq bozor munosabatlariga asoslanib iqtisodiy faoliyat
yuritayotgani hech kimga sir emas. Yangi bozor munosabatlariga o‘tish
jarayoni
mamlakatimizning o‘ziga xos urf-odatlari, shart-sharoitlari, xalqning an‘analari va
milliy mentalitetidan keelib chiqqan holda ro‘y bermoqda. Bunda jahon
amaliyotida to‘plangan va iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar orttirgan ijobiy
tajribalar ham hisobga olinmoqda. Jumladan, xizmatlar sohasining bu jarayondagi
o‘rni ahamiyatga molik hisoblanadi.
Xizmat bu birinchi navbatda mehnat mahsuli demakdir. Iste‘molchilarning
mavjud aniq talablarini qondirish ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo‗lib
hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda xizmat – bu insonlarning ehtiyoj va
talablarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.Shulardan kelib chiqib,
xizmatlar bu iste‘molchilarning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda
davlatning ma‘lum bir extiyojini qondirishga tadbirkorlar tomonidan yo‗naltirilgan
naf keltiradigan xizmat jarayoni bilan bog‘liq ongli
ravishdagi faoliyati degan
tushunchani anglatadi
6
.
Umumаn оlgаndа хizmаtning
Do'stlaringiz bilan baham: