D. A. Shadibekova



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/62
Sana16.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#496925
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
Bog'liq
1373-Текст статьи-4916-1-10-20200630

 
 
1.6. Xizmatlar sohasini rivojlantirishning aholi bandligi va real 
daromadlariga ta‟siri 
Iqtisodiy adabiyotlarda (fanlarda) ―bandlik‖ tushunchasi asosan mehnat 
resurslariga nisbatan qo‗llaniladi. Mehnat resurslari bandligi kishilar faoliyatining 
asosiy shakli bo‗lib, ishchi kuchi, energiyasi va vaqt sarfini taqozo etadi hamda 
insonlar moddiy jihatdan ta‘minlanishining hayotiy shart-sharoitlarini ta‘minlaydi. 
Aslida ―bandlik‖ tushunchasi foydalanish uchun yaroqli bo‗lgan barcha turdagi 
resurslar (ishchi kuchi, kapital, yer, tadbirkorlik layoqati) ning iqtisodiy jihatdan 
naf keltiradigan faoliyatda amaliyotga jalb qilinganlik darajasini anglatadi. 
Mamlakatdagi mavjud mehnat resurslari, foydalanishga yaroqli bo‗lgan yerlar va 
boshqa tabiiy resurslar, asosiy va aylanma kapital hamda pul mablag‗larining 
takror ishlab chiqarishga foydalanishga tortilgan qismining ularning umumiy 
hajmidagi nisbiy ulushini ko‗rsatadi. Bandlikning yuqori darajasiga erishish davlat 


38 
makroiqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan bo‗lib, bu jarayon orqali 
iste‘molchilarga beriladigan taklif miqdorini ko‘paytirish, ya‘ni aholining mahsulot 
va xizmatlarga bo‘lgan talabini to‗laroq qondirib berish imkoniyati yuzaga keladi. 
Bandlik va ishsizlik muammosi milliy va jahon xo‗jaligining siklik 
rivojlanishi, ular iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar, demografik va ma‘daniy – 
maishiy jarayonlar hamda ishchi kuchi bozorida o‗z o‗rniga ega bo‗lgan 
o‗zgarishlar bilan bog‗liq. 
Bandlik nazariyasi o‗zining evolyutsion rivojida uzoq yo‗lni bosib o‗tgan 
bo‗lib, turli-tuman g‗oyaviy yondashuvlar, tadqiqotning har xil usul va richaglari 
bilan tavsiflanadi. 
Bandlikning klassik nazariyasiga ko‘ra, to‗liq bandlik sharoitida ishlab 
chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun xarajatflar darajasi yetarlicha 
bo‗lmaydi. Boshqa tomondan, umumiy xarajatlar darajasi yetarlicha bo‗lmagan 
taqdirda ham tartibga solishning narx, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklari 
ancha tez amal qilib, natijada umumiy xarajatlarning kamayishi ishlab 
chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar qisqarishini keltirib 
chiqarmasligi mumkin. 
Xarajatlar darajasi yetarlicha bo‘lmasligining klassik nazariyasini inkor qilish 
qisman Sey qonunida asoslanadi. Sey qonuniga ko‗ra tovarlarni ishlab chiqarish 
jarayoni ularning qiymatiga teng bo‗lgan daromadlarni vujudga keltiradi. Bu 
mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarish uni sotib olish uchun zarur 
bo‗lgan daromadlarni avtomatik ravishda ta‘minlashini anglatadi. Taklif o‗zining 
xususiy talabini vujudga keltiradi. Biroq jamg‗arma bu jarayonni 
murakkablashtiradi, ya‘ni daromad oluvchi uni to‗liq sarflashi kafolatlanmagan. 
Iste‘molchi pul daromadining qandaydir qismi ushlab qolinib, bu talabda o‗z 
ifodasini topmasligi hamda daromadlar va sarflar oqimida uzilishlarni keltirib 
chiqarishi mumkin. Jamg‗arma yetarlicha iste‘mol qilmaslikka olib keladi va Sey 
qonuni samarali amal qilmasligiga sabab bo‗ladi. Natijada ishlab chiqarishning 
qisqarishi, sotilmagan tovarlarning to‗planishi, ishsizlik va daromadlar kamayishi 
ro‗y beradi. 


39 
Iqtisodchi klassiklar, real hayotda jamg‗arma talab taqchilligiga olib 
kelmasligi har bir jamg‗arilgan summa tadbirkorlar tomonidan investitsiyaga 
yo‗naltirilishi ta‘kidlanadi. Shunday ekan, jamg‗arma keltirib chiqaradigan 
iste‘mol sarflaridagi har qanday ―taqchillik‖ ni investitsiyalar to‗ldiradi. 
Agar uy xo‗jaliklari pul daromadlaridan qanchasini jamg‗arishni ko‗zda 
tutgan bo‗lsa tadbirkorlar (ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar) ham 
shuncha investitsiya qo‗yadigan bo‗lsa, Sey qonuni amal qila boshlaydi. Demak 
bunda, ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va bandlik darajasi doimiy bo‗lib 
qoladi.
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2017 yil yanvar-dekabr davri uchun 
iqtisodiyotda band aholi soni 13520,3 ming kishini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 
1,7 % ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Ish bilan band aholi sonining iqtisodiy 
faoliyat turlari kesimida tahlil etilganda, bandlar sonining 2016 yilga nisbatan 
sezilarli darajada o‘sishi tashish va saqlashda (2.6 %), moliyaviy va sug‘urta 
faoliyatida (2,4 %), qurlishda (2,1 %), savdoda (1,9 %), yashash va ovqatlanish 
bo‘yicha xizmatlarda (1,7 %) kuzatildi. 
Ish bilan band aholi sonining asosiy qismi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 
(27,3 %), sanoat (13,5 %), savdo (11,0 %), qurilish (9,5 %) va ta‘lim (8,2 %) 
sohalari hissasiga to‘g‘ri keldi (1.2.1-rasm). 
Shuningdek, 2017 yilning yanvar-dekabr davrida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikda ish bilan bandlarning jami bandlar sonidagi ulushi 78,3 % ni tashkil 
etdi (2016-yil yanvar-dekabrida 78,2 % bo‘lgan). 


40 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish