Kalta suyaklar har xil shakldagi mayda suyaklar bo‗lib, kaft usti, tovon
suyaklari va boshqalardan iborat.
Yassi suyaklar serbar lentasimon va boshqa shakllarda bo‗lib, ularda
suyakning g‗ovak qismi kam uchraydi. Yassi suyaklar ko‗krak qafasida va miya
qutisida bo‗ladi.
Aralash suyaklar shaklsiz, xar qaysi qismi xar xil ko‗rinishda bo‗ladi.
Bularga chakka suyagi, umurtqalar misol bo‗ladi. Shuningdek, bo‗shliqlarida havo
saqlanadigan pnevmatik suyaklar ham mavjud, kalla suyagidagi yuqori jag‗,
peshona suyagi va boshqalar ana shunday suyaklardir. Skeletda ba‘zi mayda va
erkin suyaklar bo‗lib, ular seysmik suyaklar deb ataladi. Masalan, tizza qopqog‗i
suyaklari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |