D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

Nazorat savollar. 
1. Orqa miya qanday to‗zilgan?  
2. Orqa miya nervlari qanday hosil bo‗ladi  
3. Orqa miyada qanday reflektor markazlar bor?  
4. Orqa miyasi shikastlangan odam nima uchun murakkab harakatlar qila olmaydi?  
5. Orqa miyada qo‗zg‗alish o‗tkazuvchi qanday yo‗llar bor? 
 
BOSH MIYA 
Bosh  miya  kalla  suyagi  bo‗shlig‗ida  joylashgan.  U  quyidagi  bo‗limlar: 
o‗zunchoq  miya,  ko‗prikcha,  miyacha,  o‗rta  miya,  oraliq  miya  va  katta  yarim 
sharlaridan  iborat.Bosh  miya  ham  oq  va  kulrang  moddadan  iborat.  Oq  modda 


145 
 
o‗tkazuvchi  yo‗llarni  tashkil  hosil  qiladi.  Ular  bosh  miyani  orqa  miya  bilan, 
shuningdek,  bosh  miyaning  boshqa  bo‗limlarini  o‗zaro  bog‗laydi.  O‗tkazuvchi 
yo‗llarni  vazifasi  tufayli  tufayli,  butun  markaziy  nerv  sistemasi  bir  butun  xolda 
ishlaydi. Kulrang modda miya yarim sharlarini va miyachani o‗rab, po‗stloq hosil 
qiladi.  Shuningdek  ayrim  to‗plam  -  yadro  shaklida  oq  modda  ichida  joylashadi. 
Bosh  miya  ikki  qismdan  bosh  miya  ustuni  va  bosh  miya  katta  yarim  sharlari 
po‗stlog‗idan iborat. Bosh miya ustun qismi o‗zunchoq miya, ko‗prikcha, o‗rta  
         
 
 
40-rasm. Bosh miyaning tuzilishi. 
miya  va  oraliq  miya  va  miyachadan  iborat.  Uzunchoq  miya  orqa  miyaning 
yuqoriga  tomon  ketgan  davomi  bo‗lib,  uning  shaklini  saqlab  qoladi.  O‗zunchoq 
miyaning oldingi va orqa qismi bo‗ylab, xuddi orqa miyadagi kabi, yaxshi ko‗rinib 
turadigan bo‗ylama egatchalar o‗tadi. O‗zunchoq miya tashqi tomondan oq modda, 
ichki  tomondan  kulrang  moddadan  iborat.O‗zunchoq  miyaning  o‗zunligi  3-3.5sm 
vazni 7g atrofida bo‗ladi. O‗zunchoq miya reflektor va o‗tkazuvchanlik vazifasini 
bajaradi.  Reflektorlik  vazifasi  unda  nafas  olish,  ovqat  hazm  qilish,  qon 
aylanishning markazlari joylashgan.Chaynash, yutish, qusish, aksa urish, yo‗talish 
kabi  ximoyalanish  markazlari  ham  o‗zunchoq  miyada  joylashgan.  O‗zunchoq 
miyaning o‗tkazuvchanlik vazifasi orqa miyadan kelgan impulslarni bosh miyaga, 
bosh  miyadagi  qo‗zg‗alishlarni  orqa  miyaga  o‗tkazishdir.  Uzunchoq  miyadan 
yuqorida  aniq  ko‗rinib  turadigan  egatcha  bilan  ajralgan  ko‗prikcha  yotadi.  Miya 


146 
 
ko‗prigini  Varoliy  ko‗prigi  ham  deb  ataladi.  Tashqi  tomondan  kulrang  ichki 
tomondan oq moddadan tashkil topgan. Miya ko‗prigida uchlik, ko‗z soqqasini va 
yuz  muskullarini  harakatlantiruvchi  markazlar  joylashgan.  O‗rta  miya  undan  ham 
yuqoriroqda  joylashgan.  Uning  yuqorigi  yuzasida  to‗rt  tepaning  ikki  juft 
do‗mboqchasi yaxshi ko‗rinib turadi. To‗rt tepalikning oldingi ikkitasida po‗stloq 
osti  ko‗rish  markazi,  orqadagi  ikki  tepalikda  po‗stloq  osti  eshitish  markazi 
joylashgan. 
         Oraliq miya sopning eng yuqorisida joylashgan. uning pastki sirtidan gipofiz 
boshlanadi.  Barcha  retseptorladan  chiqadigan  impulslar  oraliq  miya  orqali  o‗tib, 
katta  yarim  sharlar  po‗stlog‗iga  keladi.  Oraliq  miyaning  tarkibiy  qismlariga 
talamus va gipotalamus kiradi. 
              Miyacha -  o‗zunchoq miya tepasida katta yarim sharlar pastida va orqasida 
miyacha turadi. Miyacha kulrang modda bilan qoplangan, bu modda neyronlarning  
tanalaridan  iborat  miyacha  po‗stlog‗ini  tashkil  etadi.  Miyachaning  ichki  qismi  oq 
moddadan  iborat  bo‗ladi.  Neyronlarning  miyachadan  chiqadigan  o‗simtalari  uni 
markaziy nerv sistemasini boshqa qismlari bilan bog‗laydi. Olimlar miyachasi olib 
tashlangan  hayvonlarni  ko‗zatib,  bosh  miyaning  bu  bo‗limini  ahamiyatini 
aniqlaganlar.  Miyachasi  olib  tashlangan  hayvonlar  tartibsiz  harakat  qiladi.  Ular 
gandiraklab,  oyoqlari  chalkashib  yuradi.Bu  tartibsiz  harakatlarning  hammasi 
ma‘lum vaqtdan keyin tartibga tushadi, chunki nerv sistemasining shikastlanmagan 
qismi miyacha faoliyatining o‗rnini bosadi. Bunda nerv sistemasining juda muhim 
xossasi, ya‘ni nihoyat darajada moslanish xossasi namoyon bo‗ladi. Bu moslanish 
katta  yarim  sharlar  po‗stlog‗i  vositasi  bilan  vujudga  keladi:  agar  yarim  sharlar 
po‗stlog‗i olib tashlansa, miyachasi olib tashlangan hayvonga xos bo‗lgan tartibsiz 
harakatlar  yana  paydo  bo‗ladi.  Bosh  miya  ustuni  ichidan  ba‘zi  joylari  keng  kanal 
o‗tadi. Bu kanal orqa miya kanalining davomidir. Miya ustuni sirtining ko‗p qismi 
oq  modda  bilan  qoplangan.  Kul  rang  modda  sop  ichida  yadrolar  hosil  qiladi. 
Yadrolardan 12 juft bosh miya vervi boshlanadi.  


147 
 
Bosh  miya  ustunining  vazifalari.  Miya  ustunining  kul  rang  moddasida 
yuqorida  aytib  o‗tilgan  nafas  olish  markazi  bor.  Shu  erning o‗zida  yurak  markazi 
va tomirlarni kengaytirib-toraytiruvchi markaz bo‗ladi, qo‗zg‗alish bu markazlarda 
markazga  intiluvchi  har  xil  nervlardan  yurakning  hamda  qon  tomirlarining 
markazdan chiquvchi nervlariga o‗tadi. Miya ustuni (stvoli)da chaynash, yutish va 
hazm  suyuqliklari  chiqarish  markazlari  bor.  Bu  markazlarga  qo‗zg‗alish  og‗iz 
bo‗shlig‗i  hamda  halqum  retseptorlaridan  keladi.  Qo‗zg‗alish  bu  markazlarda 
markazdan  chiquvchi  tolalarga  o‗tadi.  Qo‗zg‗alish  bu  tolalarning  biri  orqali 
muskullarga  boradi,  muskullarning  qisqarishi  natijasida  esa  so‗rish,  chaynash  va 
yutish  harakatlari  bo‗ladi.  Qo‗zg‗alish  markazdan  chiquvchi  boshqa  tolalar  orqali 
so‗lak  bezlariga,  me‘da  bezlariga  va  me‘da  osti  beziga  o‗tkazilib,  bu  bezlarning 
ishlashiga  sabab  bo‗ladi.  Miya  ustunida  muskullarning  qisqarishini  tartibga 
soluvchi  markazlar  bor,  odamning  vaziyati  va  uning  hamma  harakatlari  ana  shu 
markazlarga bog‗liq. 
Miya  ustuni  (stvoli)ning  juda  muxim  qismi  moddalar:  oqsillar,  yog‗,  ug-
levodlar, to‗zlar va suv almashanuvini issiqlik hosil bo‗lishini, issiqlik ajralishin va 
ter ajralishini tartibga solib turuvchi yadrolardir.  

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish