D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

        Siydik pufagi toq organ bo‗lib, unda siydik to‗planadi. Uning xajmi 500-750 
sm
3
  gacha  etadi.  U  kichik  chanoq  bo‗shlig‗ida  qovuq  suyagining  orqasida 
joylashgan.  To‗lgan  siydik  pufagi  tuxumsimon  bo‗lib,  qovuqdan  ko‗tarilib  turadi. 
Uning  ko‗tarilgan  cho‗qqisi,  oldinga  yo‗nalgan  tanasi  va  tubi  farq  qilinadi. 
Tubining orqa devoriga 2 ta siydik yo‗li ochiladi va undan siydik chiqarish kanali 
boshlanadi.  Siydik  pufagining  devori  juda  cho‗ziluvchan  bo‗lib,  yig‗ilgan    holda 
15 mm qalinlikda bo‗lsa, taranglashganda 2-3 mm bo‗ladi. Devorining ichi shilliq, 
o‗rtasi  muskul  va  tashqi  qavati  biriktiruvchi to‗qimadan  tuzilgan.  Shilliq qavatda 
juda  ko‗p  burmalar  bo‗lib,  siydik  pufagi  to‗lishi  bilan  ular  yoyiladi.  Siydik 


111 
 
yo‗lining  ichida  burmalar  alohida  qatlam  hosil  qilib,  bu  qatlam  qopqoq  rolini 
o‗taydi  va  siydik  yo‗liga  siydikni  qaytib  chiqarmaydi.  Muskul  qavati  kuchli 
rivojlangan  3  qavat  yo‗nalishda  joylashgan.  Tashqi  va  ichki  qavatlari  uzunasiga, 
o‗rtasi  spiral  holda  yo‗nalgan  bo‗ladi.  Siydik  chiqarish  yo‗lining  teshigi  atrofida 
xalqasimon muskullar bo‗lib, ular sfinkter hosil qiladi. Sfinkter siydik yig‗ilishida 
qisqarib, siydik chiqarilganda bo‗shashadi. Kichik chanoq bo‗shlig‗ida joylashgan 
bo‗lib, emadigan bolada qovuq yuqoriroqda bo‗lib qisman qorin bo‗shlig‗iga kirib 
turadi. U to‗lganida kindikka yaqin turadi. Bola ulg‗ayib borgan sayin qovug‗i asta 
sekin chanoq bo‗shlig‗i tushib boradi. Yangi tug‗ilgan bolalarda qovuqning hajmi 
50 ml, 1 yoshda 200 ml, 9-10 yoshda esa 600-750 mlga yetadi. Qovuq to‗lmasdan 
turib ham siydik ajraladi. Bola tug‗ilganida siyganida har safar 10-40 ml, 1 yoshda 
50-90  ml,  5  yoshda  100-150  ml,  10  yoshda  150-200  ml,  kattalar  esa  250-300  ml 
siydik  chiqaradi.  13  yoshgacha  buyraklarning  vazni,  tuzilishi  funksiyasi  o‗zgarib 
boradi.  Bolalarda  moddalar  almashinuvi  tez  borganidan  siydikning  tarkibi 
kattalardan farq qiladi, tarkibida organik moddalar va meniral tuzlar nisbatan kam 
bo‗ladi. Yosh ortishi bilan siydikning tarkibi va xossasi o‗zgarib boradi. Bolalarda 
siydik ko‗proq hosil bo‗ladi. 1 oylik bola 1 sutkada 35-380 ml, 1 yoshda 750 ml, 4-
5 yoshda 1 l atrofida, 10 yoshda 1,5 l, 15-16 yoshda 2 l siydik ajraladi. 
Buyrak qon oqimining avtoregulyatsiyasi. Ba‘zi mexanizmlar, hatto arterial 
qon  bosimi  kuchli  o‗zgarganda  ham,  buyrakka  doimiy  tugunchalar  filtrlash 
tezligini  saqlashga  imkon  beradi.  Bu  rostlash  jarayoni  odatda  qon  bosimi  80-200 
mm  simob  ustuni  bo‗lganda  ayniqsa  yaxshi  ishlaydi.  Boshqa  tomondan,  agar 
arterial  qon  bosimi  80  mm  simob  ustunidan  pastroq  kamaysa,  buyrak  perfuziyasi 
tez  kamayadi  va  filtrlash  samarali  bo‗lmaydi  Buyrak  kanalchalari  va  yig‗uvchi 
naychalar.  Buyrak  kanalchalari  –  uzunligi  bir  necha  sm  bo‗lgan  shoxlanmagan 
kichik naycha bo‗lib, bitta epitelial qatlamdan iborat, buyrak tanachasining siydik 
chiqarish  uchidan  boshlanadi.  U  egri  va  to‗g‗ri  qismlaridan  iborat,  butun  naycha 
uzunasiga  qon  tomirlar  tarmog‗i  bilan  o‗ralgan:  Proksimal  kanal  qismi  avvaliga 
egri  va  ilmoqli,  keyin  to‗g‗ri  chiziqli  _  Ingichka  o‗tish  qismi  (Genle  ilmog‗i);  _ 


112 
 
Distal  uchi,  avvaliga  to‗g‗ri  chiziqli,  keyin  egri  va  ilmoqli;  _  Qisqa  boshlang‗ich 
yig‗uvchi kanal (tugunli naycha); 
Egri  naylar  asosan  buyrak  po‗stlog‗ida  uchraydi,  naylarning  to‗g‗ri  chiziqli 
qismlari  hamda  genle  ilmog‗i  ichki  to‗qimalarida  bo‗ladi.  Yig‗uvchi  naychalar 
siydik  yig‗ish  tizimidagi  yirikroq  naylarga  birlashadi.  Bu  naylar  buyrak 
g‗uddachasining cho‗qqisidagi kichik teshiklar orqali buyrak jomiga o‗tadi. Buyrak 
kanallarida  transport  jarayonlari  Buyrak  kanallari  va  yig‗uvchi  naylarning 
devorlari  epitelial  hujayralardan  iborat,  ular  hujayralararo  (transsellyulyar)  va 
hujayralar  orasida  (parasellyulyar)  moddalar  o‗tkazilishiga  imkon  beradi.  Turli 
segmentlarda  epitelial  hujayralar  turli  funksiyalarga  ega  bo‗lgani  uchun, 
tugunchalar  filtrati  kanalning  bir  nechta  segmentlari  orqali  o‗tganda  tubdan 
o‗zgaradi. Bu jarayon davomida erigan komponentlarning asosiy qismi va suvning 
99%  qismi  qisman  faol,  qisman  passiv  so‗riladi;  ya‘ni  bu  moddalar  kanallarning 
atrofini  o‗ragan  kapillyarlarga  uzatiladi  va  shu  tarzda  qon  aylanishga  qaytadi. 
Boshqa  tomondan,  ko‗pgina  moddalar  (N+ionlar,  siydik  kislotasi,  mochevina, 
kreatinin, penitsillin va boshqalar kabi ba‘zi dorilar) nayning ichidagi hujayralararo 
fazoga faol ajratiladi. 
Buyraklar  suv  balansini  rostlash  zaruriyatiga  qarab,  konsentrlangan  yoki 
siydikni  ajratib  chiqarishi  mumkin.  Masalan,  maksimal  konsentrlangan  siydik 
hujayralararo suyuqlikka nisbatan to‗rt baravar ko‗proq erigan zarralarni o‗z ichiga 
oladi.  Bunday  siydik  gipertonik  siydik  deyiladi.  Agar,  boshqa  tomondan, 
a‘zolarizm  ortiqcha  suyuqlikni  iste‘mol  qilishdan  keyin,  masalan,  juda  ko‗p 
suyuqlik  ichganidan  keyin  uni  ajratishi  lozim  bo‗lsa,  buyraklar  hujayralararo 
suyuqlikka  nisbatan  olti  baravar  kamroq  konsentratsiyagacha  suyultirilgan  siydik 
ajratishi  mumkin  (gipotonik  suyuqlik).  Diuretiklar-  diurezni  kuchaytiruvchi  
preparatlardir  (siydik  ajralishini  kuchaytiruvchi  moddalar).  Ular  asosan  davolash 
uchun,  yuqori  qon  bosimi  bo‗lganda  yoki  to‗qimalarda  suyuqlik  yig‗ilganda 
(shishib  ketish)  hujayralararo  suyuqlik  hajmini  kamaytirish  uchun  qo‗llanadi.  Bu 
preparatlarning faolligi asosan naylarda Na so‗rilishini ingibirlashga asoslanadi. 


113 
 
Buyrak  jomlari  buyrak  g‗uddachalari  ularga  ochiladigan  naysimon 
kengayishlari  (kosachalari)  bo‗lgan  voronka  shaklidagi  naylardan  iborat.  Buyrak 
jomlari dendrit yoki ampulyar shakl deyiladigan ikkita asosiy shakllarga bo‗linadi. 
Ampulyar  turidagi  kosachalar  qisqa  va  dumaloq,  dendrit  turidagi  kosachalar  esa 
daraxt kabi shoxlangan, uzun va ingichka bo‗ladi. Buyrak jomining sig‗imi 3-8 ml 
ga  yaqin  bo‗ladi  va  siydikda  yig‗ilishi  uchun  mo‗ljallangan  kontrast  modda 
kiritilganidan  keyin  kontrastli  rentgenologik  tekshiruvlarda  vizual  ko‗rinishi 
mumkin (tomir ichi urografiyasi, ekskretor urografiya).
10
 
         Buyrakda  siydik  hosil  bo‗lishi.  Buyrakda  siydik  hosil  bo‗lishi  ikki  davrga 
bo‗linadi.  Birinchi  davr  filtratsiya  davri  deyilib,  u  birlamchi  siydik  hosil 
bo‗lishidan  iborat.  Bunda  Malpigi  tugunchalarining  arteriya  kapillyarlari  orqali 
qonning  suyuq  qismi  filtrlanib,  Shumlyanskiy  kapsulasi  bo‗shlig‗iga  o‗tadi.  Bu 
jarayonning o‗tishi kapillyarlardagi bosimning yuqori, kapsuladagi bosimning past 
bo‗lishiga bog‗liq. 
        Birlamchi  siydikning  tarkibi  qon  plazmasining  tarkibiga  yaqin  bo‗lib,  unda 
faqat  oqsil  bo‗lmaydi.  Chunki  u  kapillyar  qon    tomirlarining  devoridan  filtrlanib 
o‗tmaydi.  Kapsuladagi  birlamchi  siydik  kalavasimon  kanalchalarga  o‗tadi.  Bu 
kanalchalarning 
devori 
orqali 
birlamchi 
siydik 
tarkibidagi 
qand 
va 
aminokislotalarning  hammasi,  suv  va  mineral  tuzlarning  ko‗p  qismi,  ya‘ni  98,5-
99,0  %  vena  tomirlariga  qayta  so‗riladi.  Bunga  reabsorbsiya  jarayoni  deyilib,  bu 
siydik  hosil  bo‗lishining  ikkinchi  davri  hisoblanadi.  Kanalchalarda  qolgan  siydik  
ikkilamchi  siydik  deyilib,  uning  tarkibida  moddalar  almashinuvi  natijasida 
to‗qimalarda  hosil  bo‗lgan  qoldiq  azot,  mochevina,  kreatinin  kabi  chiqindi 
moddalar, ma‘lum miqdorda tuzlar va suv bo‗ladi. 
       Katta  odamda  bir  kecha-kunduzda  o‗rtacha  100  l  birlamchi  siydik  filtrlanib, 
uning  98,5-99  l  kalavasimon  kanalchalar  devori  orqali  qonga  qayta  so‗riladi, 
qolgan 1 -1,5 l ikkilamchi siydik sifatida tashqariga ajratiladi. 
                                                           
10
 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish