AYIRUV A‟ZOLARI
Ayiruv a‘zolariga siydik ayiruv, teri, o‗pka va hazm a‘zolari ham kiradi.
Siydik ayiruv a‘zolariga: bir juft buyrak, bir juft siydik yo‗li, siydik qopi va siydik
chiqarish kanali kiradi.
Buyraklar. Buyrak bir juft bo‗lib, bel sohasida qorin bo‗shlig‗i pardasidan
tashqarida bel umurtqalarining ikki yonida 12-juft qovurg‗alar oldida joylashgan.
O‗ng buyrak chap buyrakka nisbatan 1-1,5 sm pastda joylashgan bo‗lib, uning
ustida jigar bor. Buyraklar loviya shaklda bo‗lib, yuzasi pishiq biriktiruvchi
to‗qima bilan qoplangan. Uning atrofida yog‗ to‗qimasi bo‗lib, buyrakni
108
silkinishdan, xar-hil ta‘sirlardan saqlaydi. Buyrakning vazni 100-120 g, bo‗yi 12
sm, eni 6 sm, qalinligi 3-4 sm keladi. Oldingi yuzasi orqa yuzasiga nisbatan biroz
qavariq, orqasi tekis, ichki qirrasi botiq bo‗lib, bu botiqlik buyrak darvozasi
deyiladi. Bu yerdan buyrakka buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi va siydik yo‗li
chiqadi. Chetki qirrasi qavariq bo‗ladi. Buyrak bolaning embrionlik davrida uning
mezaderma qavatida shakillanib, 3ta davrni pronefroz, mezanefroz, metanefrozni
o‗z ichiga oladi. Bolalarning buyragi katta-kichikligi va vazniga ko‗ra
kattalarnikidan farq qiladi. Buyrak juft organ bo‗lib, o‗ng va chap buyraklarga
bo‗linadi. Shakli loviya shakliga o‗xshash bo‗lib, qorin bo‗shlig‗ining bel qismida
ya‘ni 1 va 2 bel umurtqalarining yon tomonida joylashgan. Yangi tug‗ilgan bolada
buyrakning vazni 11-12, 1 yoshda 27-36 gr, 5 yoshda 55-56 gr, 7 yoshda 82-84 gr,
13 yoshda 100-102 gr, 15 yoshda 115-120, kattalarda esa 150 gr bo‗lib, uzunligi
10-12 sm, eni 5-6 sm, qalinligi 3-4 sm bo‗ladi.
31-rasm. Buyrakning tuzilishi.
Buyrakni orqa va old tomondan o‗ralgan fassiya tutib turadi. Buyrakning
frontal kesimida u 2 qavatdan: po‗stloq va mag‗iz qavatdan tuzilganligi ko‗rinadi.
Buyrakning butun chetki qismini egallagan chetki po‗stloq qavati qizil-qo‗ng‗ir
rangda, 5-7 mm qalinlikda bo‗lib, ichki oqish qismi mag‗iz moddasidan tuzilgan.
109
Po‗stloq qavat ustunchalar shaklida mag‗iz qavatdagi 15-20 ta piramidachalar
orasida joylashadi. Po‗stloq qavatda Malpigi tuguni, Shumlyanskiy-Bauman
kapsulasi, aylanma kanallar joylashgan. Mag‗iz qavatda buyrak piramidachalari,
Genli qovuzlog‗i va siydik yig‗uvchi umumiy kanallar bo‗ladi. Buyrak
piramidachalari orasida buyrak ustunchalari bo‗lib, ularda qobiq qismga boruvchi
va ulardan qaytuvchi arteriya, vena qon tomirlari bor. Piramidachalar asosi bilan
po‗stloq qavatga, cho‗qqisi bilan buyrak ichiga qaragan. Piramidachalarning uchi
so‗rg‗ich shaklida bo‗lib, kichik kosacha bilan o‗ralgan. So‗rg‗ichning uchida ko‗p
teshik bo‗ladi. Bu teshiklar siydik yig‗uvchi umumiy yo‗lning oxirgi uchidir.
Kichik kosachalar voronka shaklida bo‗lib, ulardan 2-3 tasining qo‗shilishidan
katta kosacha hosil bo‗ladi. Katta kosachalarning qo‗shilishidan buyrak jomi hosil
bo‗ladi. Buyrakda hosil bo‗lgan siydik jomlardan siydik yo‗liga o‗tadi. Jomlarning
devori 3 qavatdan: ichki-shilliq, o‗rta-muskul va tashqi biriktiruvchi to‗qimadan
tuzilgan. Buyrak yirik bez bo‗lib, qondan siydikni ayirib beradi. Bu funksiya uning
mikroskopik tuzilishini kuzatganda yaqqol ko‗zga tashlanadi. Buyrak mikroskopda
qaralganda ko‗rinadigan asosiy struktura birligi nefron deyiladi, u asosan po‗stloq
qavatda joylashgan. Buyrakka kirgan buyrak arteriyasi tarmoqlanib, buyrak
ustunchalari orqali po‗stloq qavatga ko‗tariladi. Po‗stloq bilan mag‗iz qismlar
orasida yoy arteriya hosil qiladi. Yoy arteriyadan po‗stloq qavatga bir nechta radial
arteriya chiqadi. Ularning juda ko‗p yon shoxlari bor. Yon shoxlardan arteriya
kapillarlari kalavasi hosil bo‗ladi. U Malpigi tuguni deyiladi. Malpigi tuguni
aloxida Shumlyanskiy - Bauman kapsulasi bilan o‗ralgan. Kapsulaning devori 2
qavat bo‗lib, orasi bo‗sh bo‗ladi. Bu bo‗shliqning davomi qobiq qismda joylashgan
aylanma kanalga ulanadi. U mag‗iz qavatga tushib, ko‗tariluvchi Genli
qovuzlog‗ini hosil qiladi. Genli qovuzlog‗i piramidaning ichida joylashgan, u
ko‗tarilib, qobiq qismda 2-tartib aylanma kanal hosil qiladi. Bu kanal siydik
yig‗uvchi umumiy yo‗lga quyiladi. Tugunchadan siydik yig‗uvchi umumiy
yo‗lgacha bo‗lgan oraliq nefrondir. Bu kanalchalar hammasining devori bir qavatli
kubiksimon epiteliydan tuzilgan, u yerda siydik hosil bo‗ladi. Malpigi tuguniga
110
kiruvchi va undan chiquvchi arteriyalar bo‗lib, birinchisi ikkinchisiga nisbatan
ancha yo‗g‗on. Shuning uchun, tuguncha ichida bosim ortiq bo‗ladi. Qonning bir
qismi kapsulaga filtrlanib o‗tib, chala siydik hosil bo‗ladi. Tugundan chiqqan
arteriya aylanma kanallarda yana qaytadan kapilyarlarga ajraladi. Bu kapillarlar
kanal ichidagi chala siydikdan qonga kerakli moddalarni shimib olib, vena
kapillarlariga aylanadi. Venalar yig‗ilib, buyrak ustunchalaridan o‗tib, buyrak
venasiga aylanadi va pastki kovak venaga quyiladi. Kanallarda qolgan toza siydik
siydik yig‗uvchi yo‗ldan o‗tib, piramidaning uchidagi teshik orqali kichik
kosachaga, undan katta kosachaga, so‗ngra buyrak jomiga o‗tadi. Odam buyragida
2 millionga yaqin nefron bo‗lib, ularning umumiy ajratuvchi yuzasi 5-8 m
2
ga teng
keladi, ya‘ni satxi tana yuzasidan 3-5 marta ortiq.
Nefronlarning ma‘lum bir qismi ishlab turadi, qolganlari fiziologik rezerv
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |