D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

Vitaminlar.  Vitaminlar  ham  yog‗lar,  oqsillar,  uglevodlar,  mineral  tuzlar, 
suv kabi organizm uchun zarur bo‗lgan oziqa moddalardan hisoblanadi. Rus olimi 


90 
 
N.I. Lunin 1880 yilda organizm uchun zarur bo‗lgan moddalardan biri vitaminlar 
ekanini  birinchi  bo‗lib  isbotladi.  1912  yilda  K.  Funk  tomonidan  vitaminlar  deb 
nomlandi  (vita-hayot  degan  ma‘noni  anglatadi.  Vitaminlarning  40  dan  ortiq  turi 
bo‗lib,  ular  organizmda  o‗sish  va  rivojlanish,  modda  va  energiya  almashinuvida 
katta  ahamiyatga  ega.  Agar  biror  vitamin  organizmda    mutlaqo  yetishmasa 
avitaminoz,  kamayishi  gipovitaminoz,  meyoridan  ortib  ketishi  gipervitaminoz 
deyiladi. Har bir vitamin turli xil vazifani bajaradi. 
A  vitamin o‗sish  vitamini  deyiladi.  U  organizmning  o‗sish va rivojlanishida, 
terining  ustki  qavati  holatini  normal  saqlashda,  ko‗z  o‗tkirligini  yaxshi  bo‗lishini 
ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmaganda teri quruqlashib, 
yorilib, nafas  yo‗llari  va  me‘da  ichak  qavatining  yallig‗lanishi kasalliklari  yuzaga 
keladi.  Vitamin  D  baliq  yog‗ida,  sariyog‗da  tuxum  sarig‗ida,  jigarda,  sabzi,  qizil 
qalampir,  o‗rik  tarkibida  ko‗p  bo‗ladi.  V  gruppa  vitaminlarga  V
1
  (tiamin),  V
2
 
(riboflavin),  V
6
,  V
12
,  V
15
,  RR  (nikotin  kislota)  kiradi.  Bu  vitaminlar  nerv 
sistemasining faoliyati, qon yaratilishi uchun zarur. Ular guruchda, loviya, no‗xat, 
yong‗oqda, pivo achitqisida, jigarda, tuxum sarig‗ida bo‗ladi. S vitamin (askorbin 
kislota)  moddalar  almashinuvida  muhim  rol  o‗ynaydi.  Bu  vitamin  yetishmaganda 
singa  kasalligi  paydo  bo‗lib,  bolaning  milki,  og‗zi  bo‗shlig‗i  yalig‗lanadi,  tishlari 
tushib  ketadi.  Bu  vitamin  karam,  petrushka,  pomidor,  ko‗k  piyoz,  na‘matak, 
apelsin, limon, olmada ko‗p bo‗ladi. 
D vitamin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal o‗tishida ishtirok 
etadi.  Ayniqsa  u  ikki-uch  yoshgacha  bo‗lgan  bolalar  suyagining  normal 
shakllanishi,  o‗sishi  va  rivojlanishida  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  vitamin 
yetishmasligi  natijasida  yosh  bolalarda  raxit  kasalligi  yuzaga  keladi.  Bu  vitamin 
baliq  yog‗ida,  tuxum  sarig‗ida,  sut  va  sut  maxsulotlarida  ko‗p  bo‗ladi.  U 
quyoshning ultrabinafsha nurlari ta‘sirida bola terisida tabiy ravishda hosil bo‗ladi. 
Bolalarning kundalik ovqati tarkibida vitaminlarga boy mahsulotlar bo‗lishi 
kerak.  Bu  mahsulotlar  bo‗lmagan  vaqtda  dorixonada  tayyor  holda  sotiladigan 
vitamin tabletkalaridan kuniga 1,2 dona iste‘mol qilishi kerak. 


91 
 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish