D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


Qad-qomatning shakillanishi



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

Qad-qomatning shakillanishi. Har bir odam tanasini o‗zi odatlangan holatda 
erkin  tutishiga  qad  qomat  deb  ataladi.  Odamning  qad  qomati  uning  skeleti, 
muskullari  va  nerv  sistemasining  rivojlanishiga  bog‗liq.  Qad  qomatning 
shakillanishida,  ayniqsa  umurtqa  pog‗onasining  normal  rivojlanishi  muhim 
ahamiyatga ega. Bo‗yin va bel qismida umurtqa pog‗onasi bir oz oldinga, ko‗krak 
va  dumg‗aza  qismida  bir  oz  orqaga  egilgan  bo‗ladi.  Bu  tabiiy  egilishlar  bir 
yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda  bo‗lmaydi.  Bolaning  tik  turish,  yurish,  boshni  tik 
tutish  natijasida  asta-sekin  bu  egilishlar  hosil  bo‗ladi.  Ularning  normal  holda 
bo‗lishi  yoki  normal  ortiqcha  egilish  qad  qomatning  shakillanishiga  ta‘sir  etadi. 
Bundan  tashqari  qad-qomatning  shakillanishida  ko‗krak  qafasi,  qo‗l  va  oyoq 
suyaklari  hamda  tana  muskullarining  normal  rivojlanishi  ham  muhim  ahamiyatga 
ega. 
Qad-qomati  to‗g‗ri  odam  tik  turganida    boshi,buyni  tanasiga  nisbatan  to‗g‗ri 
va  tik tutadi, ikkala yelkasi va ikkala kuragi bir tekislikda bo‗ladi. Oyoqlari tik va 
to‗g‗ri  holatda  bo‗lib,  ularni  juftlashtirganda  tovonlar,  oshiqlar,  tizzalar  bir-biriga 
tegib  turadi,  qorin  bir  oz  ichga  tortilgan,  ko‗krak  qafasi  bir  oz  oldinga  chiqqan 
bo‗ladi. 
Qad-qomatning  noto‗g‗ri  shakillanishi  egilgan,  kifotik,  lordotik  va  skoliotik 
bo‗ladi.  


72 
 
Egilgan  qad-qomatli  odamlar  tik  turganda,  boshi  bir  oz  oldinga  engashgan, 
yelkalari  oldinga  osilgan,  ko‗krak  qafasi  botiqroq,  qorin  oldinga  chiqqan  bo‗ladi. 
Bunday  holat  skelet  muskullari,  ayniqsa,  gavdaning  orqa  qismidagi  muskullar 
yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo‗lishi tufayli yuzaga keladi. 
Kifotik  qad-qomatli    odamlarda  kuraklar  qanotga  o‗xshab  ko‗tarilib  turadi. 
Orqaning yelka qismi do‗mbayib, bukir holat yuzaga keladi. 
Lordotik  qad-qomatli  odamlarda  gavdasining  orqa  qismi  tekis  yoki  bir  oz 
botiqroq bo‗ladi. Ko‗krak qafasi yassi, qorin oldinga chiqqan bo‗ladi. Bunday holat 
umurtqa  pog‗onasining  bel  qismi  normadan  ko‗proq  oldinga  bukilishi,  bo‗yin 
qismida esa oldinga kamroq bukilishi hamda qorin devori muskullarining kuchsiz 
rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi. 
Skoliotik qad-qomatli odamlar tik turganida yelkalarining biri past, ikkinchisi 
baland bo‗ladi, ko‗kraklari ham past baland bo‗lib, ko‗krak qafasining bir tomoni 
botiqroq,  ikkinchi tomoni  bo‗rtganroq  holatda  bo‗ladi.  Bunday  odam  tanasini   tik 
va to‗g‗ri tuta olmaydi, ya‘ni tik turganida gavdasi bir tomoni qiyshaygan holatda 
bo‗ladi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish