Ish joyini taminlash: MTZ-80, T-28X4M, T-4A, T-150 traktorlari yoqilgi baki, tindirgichlar, past bosimli nasos, havotozalagich, kirish va chiqarish trubalari, sundirgichlar, trubokompressor, UTN-5 yonilg‘i nasosi, turli xil kalitlar, paketlar, ko‘rsatmali karta, adabiyotlar, qo‘lni artish uchun gazmol.
Ishni bajarish tartibi.
1. MTZ-80, T-28X4M, T-4A yoki T-150 traktorlarida va plakatlaridan foydalanib yoqilg‘i fil’trlari va baki, tindirgichlar, past va yuqori bosimli nasoslar, havotozalagichlar, trubokompressorlar, kiritish va chiqarish trubalari, yoqilg‘i o‘tkazgichlar va so‘ndrgichlarning joylashishini, ulash usulini ko‘rish va o‘rganish, dizel dvigateli ta’minlash tizimining qismlarining nomlarini, vazifasini, tuzilishini va ish prinsipini tushinib olish.
2. Traktorda va plakatda yoqilg‘i, havo va yongan gazlar o‘tish yo‘lini toping.
3. Past va yuqori bosimli o‘tkazgichlarni toping va bir-biridan ajrating. Havo chiqarish kranini echib, qo‘l nasosi yordamida dizel ta’minlash tizimidan havoni chiqaring.
4. T-28X4M, T-4A, T-150 trakorlarida va plakatlaridan shu traktorlarga qo‘yilgan ta’minlash tizimining tuzilishini va uning o‘rnatilishi bilan tanishing.
Bu traktorlardagi ta’minlash tizimining joylashishidagi va o‘rnatilishidagi farqini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |