Qiziqtirish (motivatsiya)
Dars talabalar bilan qiziqarli, hattoki, darsga taalluqli bo‘lmagan
mavzular to'g'risidagi suhbat bilan boshlanadi.
Iloji bo‘lsa, darsga bog'liq bo'lgan mavzular yuzasidan suhbat
boshlash kerak. Masalan, qiziqarli kashfiyot, yangilik yoki hikoyat
tanlanishi mumkin. Bularning barchasi birinchi dars mobaynida
talabalarning kayfiyatiga, shu sohaga qiziqishiga yoki keyingi darslarda
talabalar o'rganadigan fanga e’tiborini qaratishga yordam beradi.
Agar dars birinchi bor yangi talabalar guruhida o'tilayotgan bo'lsa,
o'qituvchi qisqacha o'zini tanishtirib o'tib, talabalarga ham o'zlarini
tanishtirish lmkoniyatini berishi kerak. Bu talabalarda ishonch tug'diradi,
talabalar o'zlariga bildirilayotgan hurmatm his qiladilar. Ta’riflangan va
tanlangan o'qitish fanlari va modullari asosida nazariy fan maqsadiru
bayon etish orqali motivatsiya va muayyan mavzuga kirish amalga oshiriladi.
Intnnzli(ichki) va ekstrinzli (tashqi) motivatsiya uchun sabab va
argumentlar topishga harakat qilish lozim. Motivatsiya orqali o'qish va
o'rganishga bo'lgan tayyorgarlik uchun shart-sharoit yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |