Modul faninine fundamental tushunchalari ma’lum hodisa, qonun,
bo‘lim, ma’lum bir yirik mavzu yoki o‘zaro bogliq tushunchalar guruhini
o‘z ichiga oladi.
Modul bu o‘quv materialining mantiqan tugallangan birligi bo‘lib,
o'quv fanining bir yoki bir necha
fundamental tushunchalarini
o‘iganishga qaratilgandir.
Har bir modul ma’ruza mashg‘ulotlari va shu bilan bog‘liq bo'lgan
amaliy (seminar), laboratoriya mashg‘ulotlaridan iborat bo‘ladi.
Modulli o‘qitishda, o‘quv dasturlarini to ‘la,
qisqartirilgan va
chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni,
o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: