Ctzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. O u m o V, O. Abduqudusov, L. Uzoqova, M. Ahmedjonov, D. Jalolova



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/98
Sana15.02.2022
Hajmi3,09 Mb.
#449386
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
Bog'liq
kasb talimi uslubiyati

2.3. Faol o(qitish metodlari
Keyingi yillarda pedagogika fani va amaliyotida taiim oluvchilarning 
mustaqil ishlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ham da 
faollashtirishga yo'naltirilgan faol usullarini ishlab chiqish va ulardan 
foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Shunday samarali usullardan biri muammoli o‘qitishdir.
Muammoli o‘qitish deganda mashg'ulotlarda pedagog tomonidan 
yaratiladigan muammoli vaziyatlar va talabalarning ulami yechishga 
qaratilgan faol, izlanuvchan, mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning


natijasida talabalar puxta kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar va 
fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Talabalarning mashg'ulotlarga faol qatnashishi yoki qatnashmasligi 
o'qituvchiga bogliq. Lekin talabalarni darsgajalb etish maqsadida o'qituvchi 
tomonidan qo‘llaniladigan har qanday urinish yetarli darajada samara 
bermasligi mumkin. Bunday darslarni muammoli tarzda o'tish 
talabalarning darsga qiziqishini orttiradi. Bunda har bir talaba darsning 
mohiyatini tushunib olishi uchun uning oldiga o‘qituvchi tomonidan 
ma’lum bir muammo qo‘yilishi kerak. Qo‘yilgan muammoning talabalarda 
qay darajada intilish uyg'otishi uning xarakteriga bog'liq. Bunda har bir 
talaba o'z oldiga qo‘yilgan muammoning mohiyatini chuqur anglab, uni 
yechishga harakat qilishi kerak. 0 ‘qituvchi esa bu jarayonni kuzatib boradi, 
tegishli maslahat berib yo'nalishlami ko‘rsatadi.
Zamonaviy darslaming xarakterli tomoni ham shunda. Muammoli 
o'qitishni boshqarish pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli 
vaziyatning paydo bo‘lishi individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va 
individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli darslaming yana bir xarakterli tomoni, bu usulni qo'Oash 
talabalar bilimini о'stilish bilan birga ularda shu fanga qiziqish ham 
uyg‘otadi.
Muammoli vaziyat yaratishning quyidagi uslubiy yo'llari mavjud:
- mavzu bo‘yicha ziddiyatli holat paydo qilinadi va talabalarga yechim 
yo‘llarini izlash taklif etiladi;
- muammoli holatga turlicha baho berish taklif etiladi;
- nazariy va amaliy topshiriqlardagi muammolar aniqlanadi;
- taqqoslash, umumlashtirish va xulosalar chiqarish;
- aniq savollar qo‘yiladi.
Ta’limning muammoli — izlanuvchan uslublari amalda bilimni so‘z 
orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyotlar yordamida bajariladi. Bunda 
o‘quv materialini muammoli bayon qilish uslubini qo‘llash, amaliy 
muammoli — izlanuvchan ishlarini, hatto tadqiqot tipidagi amallami 
bajarish to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin.
0 ‘quv materialini muammoli uslub yordamida o‘tish tuzilgan 
muammoli ma’ruza uslubi orqali bilim bayoni davomida mulohaza yuritish, 
isbotlash, umumlashtirish, dalillami tahlil qilish, talaba fikrini qamrab 
olish, uni faollashtirish kabi usullardan foydalanishni ko‘zda tutadi.


Muammoli ta’lim uslublaridan biri evristik va muammoli izlanuvchan 
suhbati hisoblanadi. Bunda o'qituvchi (pedagog) talabalar oldiga qator 
izchil va o'zaro uzviy bog’liq bolgan savollami qo'yadi. Talabalar ularga 
iavob berganda qandaydir shakllami aytib, ularning to‘g‘ riligini isbotlashga 
harakat qiladilar. Shu bilan birga, mustaqil ravishda yangi mavzulami 
0
‘zlashtirishga harakat qiladilar. Agar evristik suhbatda taxminlar yangi 
mavzumng faqat biror qismiga aloqador bo‘lsa, muammoli-izlanuvchan 
suhbatda talabalar muammoli vaziyatning butun bir tizimini hal qiladilar. 
Shuning uchun ham, bu suhbatning farqi shartli bo‘lib faqatgina 
muammoli vaziyatda qo‘llanish tadbirlariga taalluqlidir.
Ta’limning muammoli — izlanuvchan uslublarida ko‘rgazmali 
qo'llanmalar esda saqlashni faollashtirish maqsadida emas, balki darsda 
muammoli vaziyatni yaratadigan amaliy masalalami qo'yish uchun 
ishlatiladi. Bundan tashqari, keyingi paytda rasmlar va chizmalar tizimi 
ko‘rinishida muayyan o‘quv vaziyatlari tasvirlarining ko‘rgazmali 
qo‘llanmalari ko‘p tayyorlanmoqda. Bu usulda talabalarning mustaqil 
fikrlashining ustuvor ko'rinishlarini aniqlash oson ko‘chadi.
Muammoli - izlanuvchan uslublar ko‘proq ijodiy bilish faoliyati 
ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Ular talabalarning 
mavzuni chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi. Bu 
uslublar, ayniqsa. quyidagi hollarda samarali qoilaniladi: o‘quv jarayonida 
tushuncha, qonun va nazariya kabilami shakllantirish ko‘zda tutilganda, 
daliliy axborotni ma’lum qilish, mehnat faoliyatining laboratoriya-tajriba- 
sinov uquvi va ko'nikmalarini hosil qilishda, o‘quv materialining 
mazmuni prinsipial jihatdan yangi bo‘lmay, ilgari o‘rganilganining 
mantiqiy davomi bolsa, uning asosida talabalar yangi bilimni qidirish 
uchun mustaqil qadam tashlasa, mazmun hodisadagi sabab-oqibat va 
boshqalarga olib kelsa.

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish