Ta’lim metodlari deganda o‘qituvchi va tahsil oluvchilarning yagona
maqsadga erishish borasidagi o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarini
tushunmoq kerak.
0 ‘qitish jarayoni murakkab va ko'p qirrali boiib, nihoyatda xilma-
xil va turli xarakterdagi omillarga bogiiq. 0 ‘qituvchi o‘qitish usullarining
bitmas-tuganmas xazinasiga ega. 0 ‘qitish usullarini har xil tasniflarini
tahlil qilmay, ularning ba’zilariga to ‘xtalib o‘tamiz.
1. 0 ‘qitishda talabaning harakatlari tavsifiga ko‘ra:
a) faol usullar
b) sust usullar
2. 0 ‘quv ishining turlariga qarab:
a) bilimlarni o‘zlashtirishning dastlabki usuli
b) bilimlarni takomillashtirish usuli
c) bilimlarni tekshirib ko‘rish va baholash usuli
3. 0 ‘quv materiallarini uzatich va idrok etish manbalariga qarab:
a) og‘zaki usullar
b) ko‘rgazmali usullar
c) amaliy usullar
0 ‘qitish usullari o‘quv jarayonining amalga oshirish, ya’ni o ‘qitish
va o‘qish usullari boiganligidan, har bir usulga o‘qituvchi faoliyati va
talabalar faoliyati nuqtayi nazaridan qarash kerak. Shuning uchun
ham, ta iim usullarini o‘quv materiallarini uzatich va idrok etish
manbalari bo‘yicha quyidagicha guruhlaymiz.