Bu jarayon o’z-o’zidan boshqarilish deyiladi. Organizmimizda Gomeostoz (harakatsiz) holati mavjud, gomeostoz bu barcha hayotiy jarayonlarni normada ishlashi. Ya’ni me’yordan oshmagan va kamaymagan holatda hamma organlar funksi- yasini norma holatda ishlashi. O’z-o’zidan boshqarilish qanday amalga oshadi? Nerv va gumoral boshqarilish orqali amalga oshadi. Organizm qachon o’z o’zidan boshqariladi? Qachonki uni gomeostaz holati ishdan chiqsa. Gomeostaz holati qachon ishdan chiqadi? Tashqi muhitdan mikrob, viruslar organizmimizga kirib qolsa yoki qaysidir organimizning ish faoliyati buzilsa gomeostaz holati ham buziladi. Ana shu vaqtda esa nerv va gumoral boshqarilish ishga tushadi va organizmning avvalgi holatiga qaytarishga urunadi. Nerv orqali boshqarilish: Nerv orqali boshqarilish bosh miya va orqa miya orqali yuzaga kelad. Inson tanasi nerv sistemasi bilan 2 tomonlama bog’lanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |