COVID-19 VIRUSINING UZBEKISTONING TURIZM SOXASIA TASIRI
DOSTONBEK UBAYDULLAYEV
Samarqand davlat chet tillar institute talabasi
Anotatsiy; Maqolada Covid-19 pandemiyasining butun dunyo bo’ylab tarqalishi oqibatida
Vujudga keladigan global inqirozlar ,xususan ushbu pandemiyaning O’zbekistoning turizm
Soxasiga ko’rsatgan salbiy tasiri xaqida xaqida fikirlar keltirib o’tilgan
2020 yil butun dunyo mamlakatlari uchun
Juda og’ir va sinovli yil bo’lib keldi. Ushbu
Kasallik butun dunyo iqtisodiyotiga demogra-
fiyasiga xam katta tasirini o’tkazmay qol-
madi,xususan olganda barcha mamlakatlarda
karantin xolatlarini elon kilinib dunyo
eshiklarini bir-biri bilan o’z chegaralarini
yopa boshladi.
O’zbekiston -sayoxlik soxasi kengayib bo-
rayotgan mamalakatlardan biri xisoblanadi.O’rta
osiyoning ko’plab shaxarlari Sharqiy va G’arb
sivilizatsiyasining bog’laydigan Buyuk Ipak yo’li-
dagi asosiy savdo nuqtalari bo’lgan.Bugungi
kunda O’zbekiston o’zining tarixiy,
Mavzu: O‘quv jarayonini tashkil qilish va bu jarayonda talabalarning faoliyati
Reja:
1. O‘quv jarayonini tashkil etish
2. Universitetning ichki tartib qoidalari
3. Oliy o‘quv yurtlarida talabalarning jamoat ishlaridagi, ilmiy tadqiqot ishlaridagi foaliyati.
O‘quv jarayonini tashkil qilish. O‘quv jarayonlarini tashktl qilishda o‘quv rejasiga
muvofiq dekanat tomonidan har bir o‘quv semestrida bakalavriat va magistratura uchun dars jadvallari
tuziladi. SHu jadvallarga asosan auditoriya darslari o‘tiladi, joriya, oraliq, yakuniy nazoratlari
o‘tkazilazi. O‘quv jarayonlari “Talim to‘g‘risidgi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga
tadbiq etila boshlaganidan buyun o‘tgan davr ichida talim tizimi tubdan islox qilindi. Talim va
tarbiyaning mazmuni o‘zgarib, uning sifati va samaradorligi yuqori darajaga ko‘tarildi. Bugungi
kunda respublikamiz oliy talim muassasalarida o‘qitishning modul tizimiga o‘tilmoqda, yangi
pedagogik texnologiyalar usullari qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning modul tizimiga
o‘tilmoqda
O‘qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YUNESKOning
Tokiodagi butun jaxon konsepsiyasida so‘z yuritilgan edi. Modulli o‘qitishning mohiyati – talaba
modullar bilan ishlash jarayoni orqali o‘quv maqsadiga mustaqil holda (yoki ma’lum darajadagi
yordam orqali) erishadi. Modulli o‘qitish texnologiyasi majmuali yondoshuvni ifodalaydi.
Modul – bu o‘kuv materialining mantiqan tugallangan birligi bo‘lib, o‘kuv fanining bir yoki
bir necha fundamental tushunchalarini o‘rganishga qaratilgandir.
Fanning dolzarbligi – modulli o‘kitishda o‘kuv dasturlarini to‘la, kiskartirilgan va
chukurlashtirilgan tabakalash orkali, o‘kitishni tabakalash imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘qitishni
individualashtirish, yangi yondashuvlar va o‘qitish usullarini namoyish etish, talabalarning
fikrlashlarini kuchaytirish, talabalarni muloqotda faol va o‘z fikrlarini ifoda qilishga o‘rgatish
mumkin bo‘ladi.
O‘kitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligi kuyidagi omillarga bog‘lik bo‘ladi:
- o‘kuv muassasasining moddiy-texnikaviy bazsi darajasi;
- professor-o‘kituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;
- ko‘zlangan natijalarni baxolash;
- didaktik materiallar ishlab chikish;
- natijalarning taxlili va modullarni optimallashtirish.
SHunday kilib, modulli o‘kitishdan foydalanib oliy malakali mutaxassisni tayyorlash
kuyidagilar asosida ta’minlanadi:
- o‘kitishning o‘zluksizligi (bunda fanlarni o‘zlashtirish samaradorligi oshadi);
- o‘kitishni jadallashtirish (buning natijasida informatsiyaning ko‘p kismi, individual va
mustakil ishlash paytida, kompyuter tarmoklari orkali o‘zlashtiriladi);
- o‘kishni individuallashtirish (talaba o‘z kobiliyatiga ko‘ra bilim olish imkoniyatiga ega
bo‘ladi).
Har kaysi o‘quv modulining o‘rganilish maksadlari to‘plami, davlat ta’lim standartlarida aks
ettirilgan, mutaxassis kadr tayyorlashning bosh maksadini tashkil etadi.
Bugungi ta’lim jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish
qiyin. Zero, yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotgan jahon hamjamiyatiga integratsiyalashishga
interfaol pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali erishiladi. Iqtisodiyotning boshqa
sohalaridan farqli ravishda, bugun ta’lim jarayonlarini muntazam yangilash talab etilmoqda.
Ayni vaqtda, Respublika ijtimoiy hayotiga shiddat bilan keng ko‘lamli axborot oqimlari kirib
kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni taxlil etish, qayta ishlash, nazariy
jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga etkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi
oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy, oliy ta’lim
dasturlari asosida yuqori, samarali o‘qitishni tashkil kilish davr talabidir. Ta’lim-tarbiya jarayoniga
pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga
xizmat qiladi.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quv fanlari, bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy
talablarida «ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har
tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilganligini ta’minlashi
lozim»ligiga alohida ahamiyat berilgan. Albatta, ushbu qo‘yilgan talablar oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-
tarbiya jarayonini yuqori darajaga ko‘tarish, o‘qitishni yangi metodlar asosida amalga oshirish,
talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularda mexnat ko‘nikmalarini shakllantirish,
kasbga bo‘lgan qiziqishini takomil-lashtirish, talabalarning kasbiy madaniyatini shakllantirish va
bilim darajasini oshirish kabi vazifalarning sifatli darajada bajarishini taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni
bugungi kunda ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan asosiy vazifalardan biri fan, ta’lim va ishlab
chiqarish integratsiyasini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu masala echimida axborot, pedagogik va
ishlab chiqarish texnologiyalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik, muvofiqlik, bir-birini to‘ldiruvchanlik
bo‘lishi talab etiladi. Hozirgi kunda har bir pedagog yoki ishlab chiqarish xodimi axborot
kommunikatsiya texnologiyalari va texnik tizimlari majmuini puxta bilishi taqoza etilmoqda. SHu
bilan bir qatorda pedagog ishlab chiqarishning faol ishtirokchisi, ishlab chiqarish mutaxassisi ham o‘z
navbatida pedagog vazifasini bajarishi lozim.
Ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning zamonaviy
texnik vositalarini qo‘llanilishi kadrlar sifatiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsion pedagogik
texnologiyalarni rivojlanishi esa bevosita axborot texnologiyalari rivojiga, ulardan ta’lim beruvchilar
va oluvchilarning foydalana bilish darajasiga bog‘liqdir. Demak, pedagogik texnologiyalarni rivoji
kadrlar tayyorlash sifatiga, kadrlar sifati esa ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashuviga ta’sir
ko‘rsatadi. SHu sababli, pedagogik va ishlab chiqarish texnologiyalari bir-biri bilan o‘zviy bog‘liq
holda, axborot texnologiyalari rivoji asosida takomillashib borishi, shuningdek axborotlar makoni
ta’lim va ishlab chiqarish ma’lumotlari bilan boyitilib borilishi zarurdir.
Interaktiv o‘qitish - talaba o‘zida oldin mujassamlashgan tajribadan foydalangan holda,
o‘quv jarayonida faol ishtirok etadi, mashg‘ulot davomida shaxsiy rol o‘ynab, yangi tajribalar orttiradi,
olgan tajribalari asosida darsni tahlil qilib, o‘ziga kerakli muhim materiallarni oladi hamda o‘zining
kundalik faoliyati bilan bog‘laydi.
Interaktiv so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “inter” – o‘zaro, “act”faoliyat qilmoq ma’nosini
bildiradi. Interaktivlik, bu o‘zaro munosabatda bo‘lmoq, dialog rejimida o‘qimoq ma’nosini bildiradi.
SHu sababli interaktiv o‘qitish-dialogli o‘qitish demakdir. Dialog an’anaviy o‘qitish uslublarida ham
mavjud, jumladan “o‘qituvchi-o‘quvchi”, “o‘qituvchi-o‘quvchilar guruhi” ko‘rinishida. Interaktiv
o‘qitishda esa dialog “o‘quvchi-o‘quvchi”, o‘quvchi-o‘quvchilar guruhi”, “o‘quvchi-auditoriya”,
“o‘quvchilar guruhi-auditoriya” (guruhlar prezentatsiyasi), “o‘quvchi-kompyuter” kabi ko‘rinishlarda
ham bo‘ladi. O‘quvchi ma’ro‘zada faqat “passiv” tinglovchi sifatida emas, balki “aktiv” ishtirokchi
sifatida qatnashadi. Interaktiv o‘qitish texnologiyasi an’anaviy ma’ro‘za o‘qish uslubini ko‘zda
tutmaydi va shu bilan bir qatorda ma’ro‘za darslarini amaliy darslarga qarama-qarshi qo‘ymaydi.
Interaktiv o‘qitishda ma’ro‘za va amaliyot bir butun mashg‘ulotning qismlari deb qaraladi va bu
o‘qituvchi hamda talabaning o‘zaro ta’siri hamda talabalarning mashg‘ulot davomida faol ishtirok
etish darajasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, an’anaviy ma’ro‘za darslarida o‘qituvchi faolligi
ta’minlansa, amaliy mashg‘ulotlarda talaba faolligi talab etiladi. Interaktiv uslubda o‘qituvchidan
mashg‘ulot davomida talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir darajasining bir ko‘rinishidan
ikkinchisiga mavzuga bog‘liq holda ustamonlik bilan ravon o‘tishi talab etiladi. Interaktiv uslubdagi
ma’ro‘za darslari jarayonini fan bo‘yicha mavzuning maqsad va vazifasi hamda ta’lim oluvchilarning
ehtiyojiga bog‘liq holda taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin:
O‘qitishning interaktiv uslublari deyilganda birinchi navbatda talabaning o‘quv jarayonini
faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik uslublar majmui va texnik
vositalar tizimi tushuniladi. Interaktiv uslubdagi mashg‘ulotda talaba berilayotgan ma’lumotlarni
tinglashi, o‘qishi, ko‘rishi, yozib borishi, mavzu bo‘yicha savollar berishi, o‘z fikrini erkin bayon
etishi, amaliy topshiriqlarni bajarishi va o‘zining hayotiy tajribasi bilan bog‘lab, mavzu bo‘yicha
nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishi lozim.
Qo‘yida fanlarni o‘qitishda maruza, amaliy, labaratoriya, seminar mashg‘ulotlari uchun
o‘qitishda qo‘llaniladigan nteraktiv uslublarini ayrimlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |