COVID-19 pandemiyasi inqirozi
COVID-19 pandemiyasi kutilmagan vaziyatda jahon hamjamiyati iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi va keltirmoqda.
COVID-19 pandemiyasi O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi bugungi kunda O’zbeksitonda pandemiyaga chalingalar soni 2 762 kishini tashkil etib, tuzalganlar soni esa 2 275 kishini tashkil etmoqda, vafot etganlar soni esa 12 kishiga yetdi. Bugungi kunda pandemiya yurtimizda o’z ta’sirini kamaytirib bormoqda, xususan Farg’ona viloyati pandemiyadan holi hudud deb e’lon qilindi. Endilikda ushbu pandemiya keltirgan zararlar to’grisidagi ma’lumotlar, prognozlar,faktlar to’g’risida tanishsak.
Butun dunyo bo’yicha COVID-19 pandemiyasiga chalinganlar soni 4 713 620 kishini tashkil etmoqda, tuzalganlar 1 733 963 kishini, vafot etganlar esa 315 185 kishidan iborat. Endilikda ushbu ma’lumotga biroz aniqlik kiritish maqsadida quyidagi jadvalni taqdim etsam:
T/r
|
Davlat
|
Umumiy qayd etilgan bemorlar
|
Tuzalganlar, umumiy
|
Vafot etganlar, umumiy
|
1
|
AQSH
|
1 486 757
|
272 265
|
89 562
|
2
|
Rossiya
|
281 752
|
67 373
|
2 631
|
3
|
Buyuk Britaniya
|
244 995
|
1 058
|
34 716
|
4
|
Braziliya
|
241 080
|
94 122
|
16 118
|
5
|
Ispaniya
|
230 698
|
146 446
|
27 563
|
6
|
Italiya
|
225 435
|
125 176
|
31 908
|
7
|
Fransiya
|
179 693
|
61 327
|
28 111
|
8
|
Germaniya
|
176 369
|
154 011
|
7 962
|
9
|
Turkiya
|
149 435
|
109 962
|
4 140
|
10
|
Eron
|
120 198
|
94 464
|
6 988
|
Yuqoridagi diagramma esa 18.05.2020 holatiga ko’ra MDH davlatlari o’rtasidagi kasallangan, davolangan va vafot etganlar soni bo’yicha ma’lumot beradi.
Endilikda pandemiya bilan bo’g’liq bo’lgan so’ngi xabarlar bo’yicha ma’lumot keltirsak:
Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga 1,2 mln rubl yordam puli tarqatildi
Rossiyada bo‘lib turgan birinchi 202 nafar o‘zbekistonlikka 1,2 mln rubllik yordam puli tarqatildi.
Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatning Moskvadagi elchixonasi tomonidan “Mehr” loyihasi doirasida moliyaviy yordam tarqatilishi boshlandi, deya xabar qilindi diplomatik vakolatxonadan.
Loyiha 14 may kuni boshlangan bo‘lib, bu vaqt davomida 202 nafar o‘zbekistonlikka 1,2 mln rubldan ziyodroq mablag‘ tarqatildi. Pullar murojaat qiluvchilarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berildi.
Yordam olganlar orasida:
Rossiya OTMlarining kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan 190 nafar talaba;
Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 8 nafar vatandosh;
Nogironligi bo‘lgan 2 nafar fuqaro;
Qaramog‘ida 2 yoshgacha bo‘lgan farzandi bo‘lgan 1 nafar ayol fuqaro;
7 oylikdan oshgan homiladorligi bo‘lgan 1 nafar ayol bor.
Italiya 3 iyundan chegaralarni ochadi
Italiya hukumati 3 iyundan boshlab mamlakatning bir viloyatidan ikkinchisiga o‘tishga ruxsat beradi. Shu bilan birga, 18 may kunidan bitta viloyat ichida sayohat cheklovlari bekor qilinadi. Mahalliy hokimlarga ijtimoiy masofalanish tadbirini amalga oshirib bo‘lmaydigan hududlarni vaqtincha yopib ko‘yish vakolati beriladi.
BMT: Koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yo‘qotadi
COVID-19 pandemiyasi sababli dunyo iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yoqotishi (3,2 foizga qisqarish) prognoz qilinmoqda. Bunda, rivojlangan mamlakatlarning YAIM 5 foizga, rivojlanayotganlarda esa 0,7 foiz pasayadi. Bu 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya"dan keyingi keskin iqtisodiy inqirozni anglatadi, deyiladi BMTning iqtisodiy hisobotida.
COVID-19 koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotini 3,2 foizga kamaytirishi va yil yakuniga qadar qariyb 8,5 trln AQSH dollari miqdorida moliyaviy yo‘qotish prognoz qilinmoqda. Bu haqda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqotlar hisobotida so‘z boradi.
Hisobotga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda 2020 yilda iqtisodiyotning o‘sish sur’ati 5 foizgacha qisqarishi kutilmoqda. Bu, o‘z o‘rnida, 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya"dan keyingi keskin pasayishni anglatadi. 2021 yilda esa o‘sish darajasi o‘rtacha 3,4 foizga teng bo‘lib, yo‘qolgan mahsulotni qoplash uchun yetarli darajada bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, rivojlanayotgan davlatlarning YAIM 2020 yilda 0,7 foizga pasayib, undan keyin 2021 yilda 5,3 foizga ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
Koronavirus sog‘liqni saqlash sohasida va iqtisodiyotda misli ko‘rilmagan darajada va miqyosda inqirozni keltirib chiqardi, karantinga oid ta’qiqlar va chegaralarning yopilishi iqtisodiy faoliyatni to‘xtatib qo‘ydi va dunyo bo‘ylab millionlab ishchilar ishsiz qolishdi.
Prognozlarga ko‘ra, 2020 yilda 34,3 million kishi o‘ta qashshoqlik chegarasiga tushib qolishi mumkin, bunda, ushbu ko‘rsatgich Afrika mamlakatlarida 56 foizga o‘sishi kuzatiladi. Pandemiya oqibatida, ehtimolan, 2030 yilga qadar o‘ta qashshoqlikda yashaydigan odamlar qatoriga yana 130 million kishi qo‘shilishi mumkin, deyiladi hisobotda.
Xitoy hukumati tomonidan 16 mart kuni e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2020 yilning dastlabki ikki oyida sanoat ishlab chiqarishining pasayishi so‘nggi 30 yil davomida kuzatilgan eng salbiy ko‘rsatkich bo‘ldi. Yanvar-fevral oylarida sanoat ishlab chiqarishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 % ga pasaygan. Ushbu iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishi kutilganidan ham yomon bo‘ldi, jumladan, savdo sohasida 20,5 % ga, asosiy kapitalga investitsiyalar esa 24,5 % ga pasaygan. Shuningdek, Xitoydan eksport qilish hajmi yanvar-fevral oylarida 17,2 %ga kamaygan.
AQSH Federal Rezerv Tizimi (FRT) qayta moliyalash stavkasini 15 mart kuni 0.25% gacha pasaytirdi. AQSHda qayta moliyalash stavkasini bu darajada pasayishi faqat 2008 yilning dekabrida yuz bergan. 2008 yilgi global moliyaviy inqirozning avj paytida, FRT o‘z tarixida ilk bor qayta moliyalash stavkasini 0-0.25% gacha tushirgan edi.
Osiyo davlatlari birjalari ham koronavirusdan ko‘proq zarar ko‘rdi. Xususan, Janubiy Koreyaning 200 ta eng yirik kompaniyalarning aksiyalaridan tashkil topgan KOSPI 200 indeksi esa so‘nggi 10 yillik minimum darajasiga tushib ketdi.
Qozog‘istonda yana 283 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews. O‘tgan bir sutka davomida koronavirus aniqlangan yangi bemorlar hisobiga mamlakatdagi jami kasallar soni 6440 kishiga yetdi. Kunlik o‘sish 4,6 foizni tashkil etmoqda. Hozirga qadar Qozog‘istonda COVID-19’ga chalingan 3256 bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan, 34 kishi esa virus qurboniga aylangan.
Hozirda Qirg‘iziston bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1216 kishiga yetgan. Butun mamlakatda kasallikdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 827 kishiga yetdi. Mamlakatda 14 kishi koronavirus qurboniga aylangan.
Tojikistonda 17 may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 1524 kishiga yetdi. Bu haqda koronavirus haqidagi Yagona milliy portal xabar berdi.
Ispaniyada yashovchi 113 yoshli Mariya Branyas koronavirusdan sog‘aygan dunyodagi eng keksa inson bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.
Ispaniyaning Olot shahridagi keksalar uyida mart oyida koronavirus epidemiyasi tarqaldi. Barcha himoya chora-tadbirlari olib borilgan bo‘lsa-da, ayol kasallikni yuqtirdi.
Kasallik simptomlarsiz o‘tdi, ayol virusni boshqalarga yuqtirmaslik uchun xonasidan chiqarilmadi.
Hindistonda COVID-19 bilan kasallanganlar jami soni 90 927 nafarga yetgan.
Vazirlik xabarida davolanayotganlar soni 53 946 nafar ekani aytiladi. Sog‘ayib ketganlar — 34 108 nafar, qurbonlar soni — 2872 nafar. Mamlakat markaziy qismida joylashgan Maxarashtra shtati virusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan shtatga aylandi, bu yerda 20 706 nafar bemor aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda — Gujarat shtati (10 998 nafar), uchinchi — Tamilnad shtati (10 585 nafar).
Endilikda ma’lumot berish chog’ida faqatgina COVID-19 pandemiyasi inqirozi bilan cheklanib qolmay balki Sardoba suv ombori yorilishi to’grisida ma’lumot keltirsak. Bugungi kunda ushbu talofatdan 56 kishi jarohat olgan, 6 kishi vafot etgan 1 kishi esa bedarak yo’qolgan. Hozircha Sardoba suv ombori yetkazgan talofatlar to’g’risida aniq statistic ma’lumotlar yo’q ammo ba’zi ekspertlarning prognoziga ko’ra omborni qayta tiklash uchun 404.4 mln AQSH dollari ketishi tahmin qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |