Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
237
-Quyosh aerostat elektrstansiyasida, Quyosh nurlari bilan suvni qizdirib
parga aylantirish va
energiyasidan foydalanish.
Hozirgi kunda Quyosh nurlari yordamida elektr energiyasi olishning qator kamchiliklari
mavjud:
-Katta yer maydonlari kerak bo’ladi;
-Quyosh elementlari doim toza bo’lishi zarur;
-Quyosh holatiga qarab Quyosh batareyalarining holati o’zgarib turishi zarur;
Fotoelementlar doimiy tok bermaydi va uni transformatsiya qilib bo’l-maydi.
Quyosh elementlari quyoshli paytda maksimum quvvatda ishlab turadi, kechki paytda esa
uning quvvati past bo’ladi;
Hozirda fotoelementlarning narxi yuqori bo’lganligidan quyosh
elektro-stansiyasiyalaridan
olingan elektr energiyasi an’anaviy elektr energiyadan bir necha darajaga qimmat.
Fan va texnologiyalar rivoji Quyosh energiyasidan olingan elektr energiysianing narxi
kamayib borishiga olib keladi. Qazilma boyliklarimizning narxi esa yildan yilga oshib boradi.
Quyosh energiyasidan elektr energiyasi olishdan tashqari suvni qizdirishda keng
qo’llanilmoqda va suv qizdirishning eng arzon va sama-rali yo’li bo’lib qolmoqda.
Respublikamiz sharoitida bioenergiyadan foyda-lanib energiya olishning katta imkoniyatlari
bor. Sohani rivojlantirish masalalari dav-latimiz rahbarining doimiy e’tiborida. Xususan,
muhtaram Birinchi Prezidenti-mizning 2012-yil 5-sentyabrdagi farmoyishi bilan tuzilgan
ishchi guruhiga 2013-2017-yillarga mo’ljallangan ,,Qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini ri-
vojlantirish” dasturini ishlab chiqish hamda sohada faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’yektlariga
ayrim imtiyozlar berish yuzasidan qonun hujjatlariga tegishli o’z-gartirishlar kiritish uchun
takliflar tayyorlash topshirildi. Mazkur farmoyishning mantiqiy davomi sifatida O’zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidentining shu yil 1-mart kuni imzolagan “Muqobil energiya
manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni, shubhasiz, bu
yo’nalishdagi keng qam-rovli tadqiqot ishlari samaradorligini yanada oshiradi hamda Quyosh
energi-yasidan foydalanishda yangi ufqlar ochadi.
O’zbekiston o’zining mustahkam va ishonchli elektr energiya tizimiga ega bo’lishi
iqtisodiyotning o’sishiga va barcha soha va tarmoqlarning kompleks ri-vojlanishiga xizmat
qiladi. Dunyodagi eng rivojlangan davlatlar iqtisodiy o’sishi zamirida
elektr energiyasini
ishlab chiqarish va uni taqsimlashning yaxshi yo’l-ga qo’yilganligi yotadi. ,,2020-yil Ilm-
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivoj-lantirish” yilida ilm va maorif, iqtisodiyotning faol
tarmoqlarini yanada rivoj-lantirishda davlat o’zining energiya ta’minotiga doir qator
dasturlarini belgilab oldi va kelgusida bu kabi islohotlar keng ko’lamda olib boriladi. Bu
jabhada yuqori saviyali kadrlar va imtiyozli chet el kapitallarini jalb qilish eng asosiy
ko’zlangan maqsadlardan biridir.
Respublika doirasida energiya uzatish va taqsimlash, uni sotish kabi dol-zarb masalalarda
faol
ishlar olib borilsa, iste’molchilarning haq-huquqlari to’la amalga oshirilgan bo’ladi.
O‘zbekiston energetikasida bugungi kundagi vaziyat bir muncha og‘ir holatda. O‘rnatilgan
quvvat qog‘ozda 12 GVtni tashkil etsa-da, amalda 10 GVt mavjud, bizga esa taxminan 15−20
GVt quvvat kerak. Avvalambor, ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib boradigan elektr
ener-giya yo’qotishlarining oldini olish zarur. Misol uchun, AQSH va G‘arbiy Yev-ropada
bu yo‘qotishlar 5%
ni tashkil etadi, bizda esa 20%. Bunga sabab ba’zi bir texnologiyalar
ma’nan eskirgan. Ularni zamonaviy tejamkor va samarador tex-nologiyalarga almashtirish va
energiya tejamkorligini oshirish va iqtisodiyotning energiyaga «bo‘kkanlik» (energy
intensity) darajasini kamaytirish lozim. O’zbekiston jahonda iqtisodiyoti eng energiyaga
«bo’kkan» mamlakatlar qa-toriga kiradi. Jahon bankining 2015-yilga oid ma’lumotlariga
ko’ra, mamla-katimizda 1 AQSh dollarilik mahsulot ishlab chiqarish yoki shu qiymatga ba-
holanadigan xizmat ko‘rsatish uchun 9,99 MJ (megajoul) energiya sarf etiladi. Bu ko‘rsatkich
qo‘shni Qozog‘istonda 7,9 MJ, Xitoyda 6,69 MJ, Yaponiyada 3,74 MJ, Ozarbayjonda 3,73
MJ, Germaniyada 3,60 MJ, Gongkongda 1,4 MJni tashkil qiladi. Kamroq energiya sarfi
evaziga ko’proq qiymat yaratish uchun ishlab chiqarish quvvatlari tejamkor texnologiyalarga
Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
238
o‘tkazilishi zarur. Buning uchun ham tarmoqda to‘laqonli raqobat
muhitini shakllantirish
lozim.Undan tashqari, aholining elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishini bartaraf etish,
aholiga esa, o‘z navbatida, shirkatlar ta-rafidan sifatli va o’z vaqtida xizmat ko‘rsatishni
yo’lga qo’yish va ijtimoiy omil-larni hisobga olgan holatda imti-yozlar joriy qilishni yo’lga
qo’yish kerak. Aniq manzilli subsidiyalar joriy qili-nishi Vazirlar Mahkamasi qarorida ham
ta’kid-langan. Ammo ushbu moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini joriy etishda ayrim
e’tiborga molik jihatlar mavjud. Xususan, subsidiyalarni suiiste'mol qilish va ulardan
foydalanishda eh-timoliy korrupsiyaning oldini oladigan, iste’mol-chining to‘lov qobiliyatini
ob’ektiv baholaydigan shaffof tizim ishlab chiqish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: