Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.14.
 
«Abo Muslim» (1921) 
ABO MUSLIM
 
13 dekabrda «Turon» qishliq binosida ulug‘ adibimiz Fitratning 5 parda 7 
ko‘runushlik «Abo Muslim Xurosoniy» nomliq tomoshasi o‘ynaldi. 
Tomosha — aralashquchu qahramonlarning ko‘bligi ham tarixning eng 
chuvalashqon davridan olinib yozilg‘oni uchun tomoshaning so‘ngiga uning natijasini 
to‘la ko‘rvataturg‘on bir ko‘runush ortdirilg‘on. Bu ko‘runush xiyla muvaffaqiyatlik 


311 
tuzulgan. Ayniqsa, Marv begi qizining bir to‘da «yovvoyi» kishilar orasida qolg‘on 
chog‘idagi shoshqinlig‘i, odam bolalarining axloq vajidan qanday quyi darajalarga 
tushganligi to‘g‘risida xalqqa qaratib qilg‘on xitoblari ham ul kishilarning har birini bitta-
bitta ta’rif qilishi juda o‘tkurdir. 
Umuman tomoshada Fitratga xos so‘z ustalig‘i xiyla kuchlik. Bu jihatdan tomosha 
katta bir adabiy ahamiyatga molikdir. 
Endi o‘ynag‘uchilarg‘a kelsak, Abo Muslim ro‘lida Abror tomoshaniig boshdan-
oyog‘ig‘acha bir tekis olib bora olmadi. Ochibroq aytganda, biz islomiyat tarixida juda 
ulug‘ dovruqlarg‘a sabab bo‘lg‘on temir vujudlik, po‘lat irodalik, mudhish Abo Muslimni 
ko‘ra olmadiq. Abror epchil artisimizdir, shu tilagimizni bu safar bo‘lmasa, boshqa bir 
safar bera olishig‘a ishonamiz. Oxirgi ko‘runishda abbosiylarning birinchi xalifasi ro‘lini 
Sayfi qori juda yumshoq o‘ynadi. Ayniqsa, Abo Muslim bilan Marv begi qizining 
o‘lishlari chog‘ida, karomatchi shayx choponi ostidan hovarjlarning josusi Zahhok chiqib 
kelgan vaqtda, o‘zining katta va tuzalmas xatolarini anglag‘on damlarda shu qadar kam 
harakat edikim, sira qo‘ya qoling! Sayfi qorining ampulasi (o‘ynayturg‘on o‘yunlari) 
belgulikdir. Rejissur shuni ko‘zda tutub uni g‘oyat jiddiy bo‘lg‘on shu xil ro‘llarga 
chiqarmaslig‘i kerak. 
Bizning Turkistonda «dog‘uli ayyor» deb nom chiqarg‘on Zahhok ro‘lida Uyg‘ur 
boshdan-oyoq yaxshi. Ko‘zga ilinar-ilinmas sustlik va ruhsizligini sanamasak, Marv 
begining qizi Gulnor ro‘lida Mas’uma xonim yaxshi. Abo Muslimning vaziri Xolid 
ro‘lida O‘ktam, Marv begi ro‘lida (avvallarda Sayfi qori) Amir Ali ro‘lida Shokir, Yazid 
ro‘lida Olim, Gulnorning enagasi ro‘lida (Robiya Tutash tekis o‘ynaydilar. Narsiyor 
ro‘lida chiqqan Bosit bilan Yazid ro‘lidagi Olimning yuksak ruh bilan vaziyat va ahvolg‘a 
yondashtirib o‘ynashlarini aytib o‘tmak kerak. Boshqa kichkina vazifalar ham durust 
bajarildi. 
Umuman aytganda, bu asarning bu safargi o‘ynalishini juda tekis va zavqli 
o‘yunlardan bo‘ldi desak, sira yanglishmag‘on bo‘lamiz. 
Bizning qashshoq va esdan chiqib ketgan sahnamizga xos bo‘lg‘on kamchiliklar 
(jihoz, dekaratsiya va kiyimlar kamligi), albatta bu yo‘la ham bor edi. Bunlarning 
to‘ldirilishi, tugallanishi — Marv begining bir savoliga qarshi Zahhokning bergan 
javobidek: «Teva qafasga kirganda bo‘laturg‘onga o‘xshaydir…» 


312 
Xalq zich, to‘la edi. 
«Xalq teatrga yurmaydi» degan gap to‘g‘ri emas, xalq yuradir. Lokin, teatr-tomosha 
ismida bo‘laturg‘on qurchoq o‘yunlarig‘a, o‘z ruhiga yot bo‘lg‘on unga 
anglashilmayturg‘on tarjimalik «g‘arbiy» asarlarga yurmasa haqi bordir. Yo‘q esa o‘zini 
qiziqtiraturg‘on zaminlarda yozilg‘on va yaxshi o‘ynalaturg‘on tomoshalarga xalq 
yuradir. 
Bu hol so‘ng vaqtda juda ochuq ko‘ruldi. 
Xalqning ruhini yaxshi tushunib olg‘on Davlat truppasi endi xalq ruhiga yaqin 
bo‘lg‘on narsalarni ko‘prak ko‘ymoq uchun harakat qila boshlamishdir. Hozir truppa 
tomonidan Xurshid o‘rtoq qalami bilan tomosha holig‘a soling‘on mashhur «Farhod va 
Shirin» afsonasi tayyorlanmoqdadir. 
Ikkinchi tomondan sahnamizning o‘zini tuzatishga xam jiddiy harakatlar ko‘rula 
boshladi. Sirdaryo muzofot firqa qo‘mitasining mas’ul sarkotibi o‘rtoq Abdulhay Toji 
bilan Eski shahar ijroqo‘mining muvaqqat raisi Mannon Ramz o‘rtoqlar markazning 
birdan-bir san’at markazi bo‘lg‘on «Turon» binosi va Davlat truppasini yaxshi yo‘lga 
qo‘ymoq ishini bir necha havaslik kishilarga topshurib pullik yordam va’da qilg‘onlar. 
_______________ 
Abo Muslim. — «Turkiston» gazetasining 1921 yil 21 dekabr sonida Qalandar 
imzosi bilan e’lon qilingan. 
Abror
 
— Abror Hidoyatov (1900—1958), mashhur teatr aktyori, SSSR xalq artisti. 
4918 yildan aktyorlik faoliyatini boshlagan A. Hidoyatov Otello rolining ijrosi bilan xalq 
dilida muhrlanib qolgan. 
Abbosiylarning birinchi xalifasi
 
— Muhammad alayhissalomning amakisi Abbos 
avlodidan «Saffoq» (Xunrez) laqabi bilan mashhur bo‘lgan Abu Abbos Abdulloh 
sulolaning birinchi xalifasi edi. 
Ma’suma xonim
 
— Maxsuma Qoriyeva (1902—1940), ilk o‘zbek aktrisalaridan, 
O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist. 


313 
Shokir — Shokir Najmiddinov, 1903 yilda tug‘ilgan. Ijodiy faoliyatini 1919 yilda 
Karl Marks nomli truppa sostavida boshlagan talantli aktyor. O‘zbekiston SSR xalq 
artisti. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish