Shu o`rinda qadimgilarning bir gapni yodimizga tushadi: “nimani qilmoqchi bo`lsang, avval o`zingdan boshla!” darhaqiqat biz nimeki, ish qilmoqchi bo`lsak, avval o`zimizdan boshlashimiz lozim. Ochiq axborot kommunikatsiyasi jarayonida yoshlar ongiga ta’sir etayotgan yot g`oyalar (axborot xuruji va boshqalar)ga qarshi himoya vositalarni ishlab chiqishdan avval yoshlarning ijtimoiy xulq-atvori o`rganilishi lozim. Ijtimoiy xulqda ko`zga tashlanadigan eng muhim holatlardan tashvishlanish, nimalardandir cho`chish va shu tufayli ijtimoiy munosabatlardan o`zini olib qochishga intilish hislarining namoyon bo`lishidir. chunki agar psixologik himoya holatining mohiyatidan kelib chiqiladigan bo`linsa, bu shaxs ichki kechinmalarini ifodalovchi shunday holat bo`ladi-ki, unda odam ichki ruhiy mo`tadillikni asrash uchun o`zidagi havotirlanish, qo`rquv va hadepsirashlarini bosishga, ulardan halos bo`lishga intiladi. Shunday holatlarda shaxsni turli salbiy illatlardan asrashga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga xizmat qiladigan psixologik himoya asosiy ro`l o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |