Yuqoridagilardan kelib chiqqanimizda, ular shaxs psixologiyasi (ruhiyati)ga ta’siri albatta sezilmay qolmaydi. Shu o`rinda shaxs psixo-logiyasining mazmun mohiyatiga kelsak, unga biz quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin. Shaxs psixologiyasi – bu insonning ruhiyati bo`lib, hozirda bu psixologiyaning bir bo`limidir. «Noxolislik keng chap fitnasi natijasi emas, balki yangiliklarni yoritishni yashiradigan va munozaralarning faqat bir tomonini adolatli eshitishga imkon beradigan «guruhiy fikrlash»ongsiz mentalitetidir. Bunday holat yuz berganda, haqiqat iztirob chekadi» ya’ni biror bir shaxs shaxsiyati va ruhiyatiga putur ham yetishi mumkin. Darhaqiqat, barchamiz ko’pchilik-ning ta’siriga tushamiz, shuning uchun biz jamiyatda hukmronlik qilayotgan fikrga moslashib qolishimiz tabiiy. Ushbu so`zlardan kelib chiqib, asosan, biz quyidagilarda noxolisliklarni ko`rishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |