diqqatning motorika nazariyasi
deb nomlanishi tasodifiy emas.
Ribo nazariyasidan tashqari, diqqat tabiatini tadqiq etishga turli xil boshqa
yondoshuvlar ham mavjud. d.n. uznadze fikricha, diqqat to‗g‗ridan-to‗g‗ri mayl
bilan bog‗langan. uning nuqtai nazariga ko‗ra, mayl diqqat holatini ichkaridan
ifodalaydi. mayl ta‘siri ostida voqeiy atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan
ma‘lum obraz yoki taassurotning ajralishi sodir bo‗ladi. bu obraz yoki taassurot
diqqat ob‘ektiga aylanadi, jarayonning o‗zi esa ob‘ektivlashtirish deb
nomlanadi.[2]
P.Ya.Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. uning
konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlardan iborat:
1. diqqat yo‗nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‗lib, obraz,
fikr, inson psixikasida ma‘lum vaqtda mavjud bo‗lgan boshqa hodisa mazmuniga
qaratilgan psixik harakatdan iborat.
2. diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va boshqalar
ustidan nazorat qilish. insonning har bir harakatida yo‗nalganlik, bajaruvchilik va
nazorat qilish qismlari mavjud. mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan
gavdalantiriladi.
168
Do'stlaringiz bilan baham: |