Xarakterning emotsional qirralari
– xarakatning bevosita, o‘z-o‘zidan
boshqarilishning barqaror individual-tipologik xususiyatlari.
Xarakterning intellektual qirralari
– aqliy qobiliyatlarning barqaror individual–
tipologik xususiyatlari.
Temperament tipi
- insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik
xususiyatlarning yig‘indisi (majmuasi).
Xolerik
- kuchli, qo‘zg‘alishi ustun bo‘lgan nomutanosib, o‘ta harakatchan tip.
S
angvinik
– asab tizimining kuchli, mutanosib, harakatchan tipi.
Flegmatik
– kuchli, mutanosib, harakatsiz tip.
Melanxolik -
kuchsiz, nomutanosib va rigid tip.
Qobiliyatlar
– shaxsning ma‘lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan
biron faoliyatni egallay olishini ta‘minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir.
Layoqat
– asab tizimining ba‘zi genetik determinlashgan anatom - fiziologik
xususiyati bo‘lib, bu kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishning dastlabki
yakka tug‘ma tabiiy zaminidir.
Talant
- shaxsning maьlum faoliyatida ifodalanadigan qobiliyatlarning yuqori
darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |