Chust tuman tarixi



Download 150,5 Kb.
bet1/3
Sana29.07.2021
Hajmi150,5 Kb.
#132048
  1   2   3
Bog'liq
CHUST TUMAN TARIXI

CHUST TUMAN TARIXI


   Chustning tarixi Bibiona maxalla fuqarolar yiginida joylashgan «Buvanomozor» yonidagi tepalik bilan boglik. Akademiklar Ya.Gulomov, A.Askarov olimlar M.E.Varonets, V.I.Sprishevskiylar tomonidan mazkur tepalikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, arxeologik qazishmalardan topilgan uy-ro’zgor buyumlari va boshqa narsa koldiklar jez davriga tegishliligi ya’ni meloddan avvvalgi II ming yil oldin odamlar istiqomat kilganligidan dalolat beradi.

   1974 yilda nashr kilingan O’zbekiston tarixi kitobida: - «Fargona vodiysidagi yerlardan so’ngi bronza davrida dexqonchilik uchun keng foydalanilgan. Tog etaklaridagi tekisliklarning qulay sharoiti, soy, jilga suvlarning ko’pligi o’troqlikka asoslangan dexqonchilikning paydo bo’lishiga va rivojlanishiga yordam bergan. «Chust», «Dalvarzin», «Ashqoltepa», «Tergacha» va shu kabi qishloqlarda ushbu davrning belgilarini uchratish mumkin», - degan fikrlar e’tirof etilgan.

   O’tkazilgan arxeologik qazish ishlari davomida topilgan bugdoy, arpa, suli uruglari xamda tegirmon toshlari bu yerda xalqning o’sha davrda o’trok ekanidan dalolat beradi. Shuni aytish kerakki, Chustning qadimiy xalqi dexqonchilik bilan shugullanish bilan birga ot, yirik shoxli xayvon, qo’y, echki va boshqa chorva mollari boqish bilan xam shugullangan.

   Chust madaniyati davrida yashagan axoli irqiy jixatdan yevropoid irqiga mansub bo’lib, O’rta Osiyolik kishilar tipiga o’tayotgan davrga mansubdir. Binobarin, irqlar aslida tarixan vujudga kelgan zamonaviy odam tipining geografik (xududiy) variantlaridir. Fanlar akademiyasi olimlarining Chustda olib borgan arxeologik qazishma ishlari vatanimiz - O’zbekiston xalqlari tarixiga juda ko’p yangiliklar bergan.

Endi e’tiborni «Buvanomazor» so’ziga qaratamiz, «Bibi»-xindcha so’z bo’lib-muqaddas ayol ma’nosini bildiradi. Bibi so’zi Chustliklar talaffuzida «buva», «buvi» shaklida ishlatiladi va ona degan ma’noni bildiradi. Keksalarning rivoyatiga ko’ra Bibiona mo’’tabar ayol bo’lib, Kosimshayxning singillari bo’lgan emish. Ikkovlari xam Mavlono Lutfullox bilan zamondosh bo’lganlar, ya’ni ular xam Mavlono Lutfullox kabi XVI - asrda yashab o’tganlar. Chustga doir dastlabki ilmiy ma’lumotlar tanikli sharqshunos olim akademik A.F.Mindendorfning «Fargona vodiysi ocherklari»da (S.Peterburg 1882 yil) uchraydi. Mazkur asarda  «Fargona vodiysida sho’r suvli yerlar ko’p bo’lib, Chust-Tussning  nomi xam shu sabab  qo’yilgan»  deb kayd etiladi (ya’ni eramizning 334-yilida).

   Tuman xududi olib borilgan arxeologik tadqiqotlar faqatgina «Buvanomazor» kompleksi bilan chegaralanib kolmay yon atrofdagi qishloqlarda xam bir kator kurum va mugxonalar, kabrlar koldiklari topilgan va o’rganilgan. Shuningdek meloddan avvalgi VIII - asrlardan to eramizning VI asrlariga qadar ro’y bergan madaniy - ijtimoiy o’zgarishlar, qishloq va ovullarda yashovchi, asosan chorvachilik, dexqonchilik bilan shugullanuvchi o’trok va ko’chmanchi qabila va uruglar xayoti xamda turli marosimlari bilan bogliq ma’lumotlar o’rganilgan.

   Tumandagi Varzik, Gova va Korako’rgon xududlarida joylashgan «Shox», «Chimbiysoy», «Qo’chqor ota», «Qizil ariq» kabi qadimiy qabristonlarda 1983-1989 yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar o’sha davrda maxsus xilxonalar oilaviy maqbaralar mavjudligidan dalolat beradi.

   Fargona xonligi Boburning otasi - Umarshayx Mirzo (1455-1494 yy) davrida yettita, ya’ni Andijon, Margilon, O’sh, Namangan, Chust, Xo’jand va Isfara viloyatlaridan tashkil topgan. Xonlik poytaxti Axsikent kulagandan keyin Umarshayx Mirzo 1480 yilda «Chust»ni o’z qarorgoxiga aylantiradi va  atrofini baland devor bilan o’rab qal’a ko’taradi.

   Rossiya imperiyasining «Turkiston o’lkasini boshqarish  to’grisida»gi 1886 yil 16 sentyabrdagi Nizomiga asosan, Chust uezd markazi bo’lgan. 1926 yil 29 sentyabrda O’zbekiston SSR Markaziy ijroiya komitetining qaroriga ko’ra Chust aloxida «rayon» deb e’lon kilingan. Chustdan 1930 yil 20 avgustda Pop tumani, 1973 yil 26 dekabrda Kosonsoy tumani O’zbekiston SSR markaziy ijroiya komitetining tegishli qarorlari bilan ajralib chiqqan.


Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish