CHUMOLILAR HAQIDA MA`LUMOT
REJA:
1.CHUMOLILAR HAQIDA MA`LUMOT
2.CHUMOLILARNING IN QURISHI
3.CHUMOLILARNING OZIQLANISHI
1.Chumolilar haqida ma`lumot
Chumolilar — pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 1 va 2-qorin bo‘g‘imlari ingichkalashib, ko‘krak bilan qo‘shiladigan poyachani hosil qiladi. Boshi katta, jag‘lari kuchli rivojlangan. Chumolilar jamoa (oila) bo‘lib yashaydi. Chumolilar oilasi bir necha ming, hatto millionlab individlardan tarkib topgan. Oilada ko‘p minglab ishchi chumolilar, qanotli o‘nlab erkaklari va bir necha ona chumoli bo‘ladi. Erkak chumolilar faqat ko‘payish davrida paydo bo‘lib, urug‘lanishdan so‘ng o‘lib ketadi. Ishchi chumolilar jinsiy organlari rivojlanmagan urg‘ochilardan iborat. Ona chumoli urchish davrida paydo bo‘ladi; urchishdan so‘ng qanotini tashlab, tuxum qo‘ya boshlaydi, 20 yilgacha yashaydi. Ishchi chumolilar oilani oziq bilan ta’minlaydi, uyani qo‘riqlaydi (navkarlar) yoki suyuq zaxira oziqni saqlaydigan asalli bochkachalar hosil qiladi va boshqa vazifalarni bajaradi.
Chumolilarning yaxlit oila sifatida hayot kechirishida oiladagi individlar orasida oziq moddalar va sekretsiya bezlari suyuqligi bilan almashinib turishi (trofallaks), tuxum qo‘yuvchi urg‘ochisi bilan ishchi chumolilar o‘rtasida kimyoviy sezgi orqali bog‘lanish borligi katta ahamiyatga ega. Oila hayotini boshqarishda, ayniqsa, feromonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim oilalarning o‘zlari oziqlanadigan joylari bo‘ladi. Bir qancha chumoli turlari bir necha oilani birlashtiruvchi koloniyalar hosil qiladi; oilalar o‘zaro individlar va oziq moddalar almashinib turishadi; birgalikda o‘zlariga tegishli hududni qo‘riqlashadi.
Chumolilar tuproqda, toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga uya quradi. Ba’zan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq shoxlardan uya yasaydi. Chumolilar tuproqda juda murakkab, ko‘p kamerali in quradi.
Kuzning so’nggi kunlarida dunyoning ayrim mintaqalarida dengiz bo’ylarida qanotli chumolilar paydo bo’ladi. Bu ularning "juftlashish mavsumi” boshlanganidan dalolat beradi. Mavsum bir necha kun davom etadi va u nihoyasiga yetgach, hasharotlar o’z inlariga kirib ketadi. Bahorda esa dengiz sohillarida chumolilarning yangi avlodi paydo bo’ladi.Chumolilarni o’rganayotgan olimlarning qayd e tishlaricha, ular ham xuddi odamlarga o’xshaydi.
Masalan, chumolilarni bankaga qamab, yaxshi oziqlantirilsa ham, oradan ma'lum bir vaqt o’tgach, ular nobud bo’ladi. Sababi, ular oila a'zolarini qumsaydi, yolg’izlikka dosh bera olmaydi va o’zlarini keraksiz, deb his etadi. "Chumoli — ijtimoiy mavjudot, jamoadan tashqarida u hayot kechira olmaydi", - deydi rossiyalik entomolog Yuriy Raskevich.O’rmondagi chumoli ini — texnik jihatdan olib qaraganda, mukammal arxitektura inshootidir. Chumolilar ignabargli va aralash o’rmonlarni bekorga xush ko’rmaydi. Chunki ignabarglar mukammal qurilish materialo' bo’la oladi. Yelimlangan tom chirimaydi va hatto seryomg’ir kuz faslida ham nam tortib qolmaydi. Issiqni esa u juda yaxshi saqlaydi. Chumoli inining katta qismi yer ostiga joylashadi. Uning labirintlari -yer ostiga ikki metrgacha kirib boradi. Bu nafaqat havfsizlik vajidan, balki suv manbalariga ega bo’lish jihatidan ham katta ahamiyatga ega. Namlik suv manbai bo’lishidan tashqari, lichinkalarga sepib turish uchun ham zarur. Chumoli inlarida qishning ayozli kunlarida ham mikroiqlim saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |