Dasturiy ta’minot ishlab chiqishda bitta muayyan dasturlash tilidan emas, balki joriy masala uchun eng qulay boʻlgan dasturlash tilidan foydalanish gʻoyasi PYDT ning shakllanishiga olib keldi. Dasturchilarning oʻz amaliyotlarida uchraydigan tipik masalalar uchun hususiy DSL larni ishlab chiqishi va buning evaziga dasturlash tili imkoniyatlarini kengaytirishi bu jarayonda munin ahamiyat kasb etdi.
PYDT atamasi ilk marotaba S. Dmitriyev (JetBrains asoschisi va prezidenti) “mashinaga yoʻnaltirildan dasturlash tili” shaklida 2004 yilda taklif qilingan. Bunday yondoshuvlar 2005 yilda Ch. Simonining “mental dasturlash” shakidagi va M. Faulerning “Tilli vosita: tillarning predmet sohasidagi yangi hayoti” kabi ilmiy ishlarida davom ettirildi.
Lisp DSL-dasturlash imkoniyatlari kiritilgangan ilk umumiy maqsadlarga moʻljallangan dasturlash tili hisoblanadi.
Muayyan sohaga moʻljallangan va metadasturlash paradigmalari bilan boyitilgan dasturlash tillari dasturiy ta’minot ishlab chiqishning samarali vositasi hisoblanadi va bugungi kunda amaliyotda keng qoʻllanilmoqda. Bunday tillar turli dasturlash paradigmalarini qoʻllab-quvvatlasada, odatda ularni eng ustuvor paradigmasi nomi bilan atash qabul qilingan.
Bugungi kunda PYDT sifatida Python dasturlash tili borgan sari ommalashib bormoqda. Shuni alohida taʻkidlash joizki, Python tili 2021 yilda dasturchilar oʻrtasida talab va foydalanish jihatidan jahonda 1-oʻringa chiqqan [1]. Bu albatta bejizga emas. Chunki, Python dasturlash tili 300 ga yaqin ichki va 100 ga yaqin tashqi modullarni qamrab olgan boʻlib, dasturchilarga yangi ilovalarni sodda, tez, arzon, tejamkor va belgilangan muddatlarda ishlab ishlab chiqish imkonini beradi. Shu ma’noda, uni modulli dasturlash tili deb ham talqin qilish mumkin. Ammo, Pythonning har bir moduli muayyan sohaga oid bir qator tipik masalalarni hal qilishga qaratilgani hamda shu sohaga tegishli atama, tushuncha va qonuniyatlardan foydalangani tufayli, uni predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tili (PYDT) deb hisoblash mantiqan toʻgʻri boʻlar edi.