Что такое предметно-ориентированные языки (dsl)?



Download 70,94 Kb.
bet1/7
Sana28.03.2022
Hajmi70,94 Kb.
#513954
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maqola Python tili modullarini sinflashtirish


PYTHON TILI MODULLARINI SINFLASHTIRISH
Muallif: Otaxanov Nurillo Abdumalikovich
ID: nurillo_otaxanov
E-mail: nurillo_otaxanov@list.ru
Ish joyi: Namangan davlat universiteti
Manzili: Namangan viloyati, Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316-uy, indeks: 160119
Tадқиқот маскани: Namangan davlat universiteti
Ilmiy unvoni: NamDU professori, PhD.
Telefon: +998 (99) 101-08-40


Annotatsiya
Python dasturlash tili katta sondagi ichki va tashqi modullarni oʻz ichiga oladi. Python tilini oʻqitish yoki bu tilda dastur ishlab chiqish jarayonida uning imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish uchun mavjud modullar va ular mansub boʻlgan sohalarni aniqlash, sodda qilib aytganda, modullarni sinflarga ajratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqola Python dasturlash tilining ichki va tashqi modullarini sinflarga ajratish muammosiga bagʻishlangan. Sinflarga ajratishda muallif ishonchli manba hamda shaxsiy tajriba va tahlillardan foydalangan. Shuningdek, maqoladan DSL lardan foydalanishning avzalliklari haqidagi ma’lumotlar ham oʻrin olgan.
Kalit soʻzlar: Python, dastur, ilova, dasturlash tili, modul, metod, funksiya, predmet, DSL, sinf, sinflashtirish.


KIRISH
Predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillari (PYDT) (inglizcha domain-specific programming language, domain-specific language, DSL) — bu yuqori darajali abstraksiyalashga ega boʻlgan dasturlash tillari boʻlib, ma’lum bir sohaga tegishli masalalar uchun dastur ishlab chiqish vositasi sanaladi va oʻzi hal qilishi mumkin boʻlgan masala hususiyatlarini aks ettiradi. Bunday dasturlash tillari ma’lumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda ma’lum bir sohaga oid atama va qoidalardan foydalanadi.
Odatda, PYDT Java, Pascal yoki C++ kabi umumiy maqsadlarga xizmat qiluvchi dasturlash tillari kabi murakkab boʻlmaydi. Bunday dasturlash tillari qoʻllanish sohasi boʻyicha yetakchi mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va modullardan foydalanishni nazarda turtadi.
Modul soʻzini qoʻllanish sohalariga bogʻliq ravishda turlicha talqin qilish mimkin. Dasturlash tillari haqida gap borganda, modul tushunchasini “har biri mustaqil boʻlgan va kichik bir masalani to’la hal qilishga moʻljallangan metod va funksiyalar kutubxonasi” tarzida talqin qilinadi. “Kutubxona” soʻzidan koʻrinib turibdiki, har bir modul katta sondagi metod va funksiyalarni oʻz ichiga olishi mumkin. Modulning u yoki bu komponentasidan foydalanishga toʻgʻri kelganda, parametrlarni koʻrsatgan holda tegishli metod yoki funksiyaga murojaat qilish kifoya. Nazariy jihatdan, moduldagi metod va funksiyalar soni chegaralanmagan.
Odatda, kattagina qismi modullardan iborat boʻlgan dasturlash tillaridan foydalanish uchun yuqori malaka talab qilinmaydi, boshqacha aytganda, dastur ishlab chiqish uchun dasturi ishlab chiqilayotgan masala sohasi boʻyicha yetarli bilimlarga ega boʻlish hamda dasturlash boʻyicha boshlangʻich koʻnikma va malakalarning shakllangan boʻlishi kifoya.

Download 70,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish