Choʻyan Temir-uglerod qotishma fazalari



Download 37,92 Kb.
Sana27.05.2022
Hajmi37,92 Kb.
#612314
Bog'liq
Cho`yanlar turiga va ularning xossalariga sovutish tezligining ta`siri.


Choʻyan

Temir-uglerod qotishma fazalari

Ferrit
Austenit
Sementit
Grafit

Temir-uglerod qotishma strukturalari

Ledeburit
Martensit
Perlit
Sorbit
Troostit
Beynit

Po`latlar

Konstruktsiyaviy po`lat (0,8 % gacha C)
Asbobsozlik po`lati (~2 % gacha C)
Zanglamaydigan po`lat (xrom bilan ligerlangan)
Issiqqa chidamli po`lat
Mustahkamligi yuqori po`lat

Cho`yanlar

Oq cho`yan (mo`rt, tarkibida ledeburit bor va grafit mavjud emas)
Kulrang cho`yan (grafit plastina shaklida)
Bolg`alanuvchan cho`yan (grafit parchalari)
Mustahkamligi yuqori cho`yan
Yarim cho`yan (grafit va ledeburitdan iborat)


Cho`yanlar turiga va ularning xossalariga sovutish tezligining ta`siri.
Reja:

  1. Cho`yanlar turi

  2. Cho`yan xossalari

  3. Cho`yanning sovutish tezligi


Choʻyan — har xil buyumlar (kozon, santexnika qurilmalari, meʼmorlik bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan moʻrt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Ch. tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqsorda doimiy qoʻshilmalar — kremniy, marganets, fosfor va oltingugurt boʻladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqa, shuningdek, 2% dan ortiq marganets hamda 4% dan ortiq kremniy boʻlgan Ch. legirlangan (maxsus) Ch. deyiladi.
CH. kulrang , oq va oraliq turlarga boʻlinadi. Kulrang Ch.da uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq Ch.da uglerodning qammasi yoki juda koʻp qismi temir karbidi Gʻe3S — sement holida, oraliq Ch.da esa uglerodning bir qismi sementit va bir qismi grafit holida boʻladi.
Kulrang Ch. tarkibidagi grafitning shakliga koʻra, oddiy kulrang Ch., bolgʻalanuvchan va juda puxta Ch.larga boʻlinadi. Oddiy kulrang Ch.da grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolgʻalanuvchan Ch.da — bodroqsimon (pagʻapagʻa), juda puxta Ch.da esa shar shaklida boʻladi. Kuymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Ch. quymakorlik choʻyani deb ham ataladi. Ok Ch. qayta ishlanuvchi Ch. deyiladi, chunki u, asosan, poʻlat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq Ch.ni termik ishlab, yumshatish yoʻli bilan bolgʻalanuvchi Ch. hosil qilinadi. Oddiy kulrang Ch. harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Mac, KCH 1228 da KCH (SCH) harflari ("kulrang choʻyan", ruscha "seriy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) kulrang Ch. ekanligini, 12 soni uning choʻzilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg/mm2) bildiradi. Bolgʻalanuvchan Ch. BCH (KCH) harflari va ketmaket keladigan ikki son bilan belgilanadi, mac, BCH504 da BCH (KCH) harflari ("bolgʻalanuvchan choʻyan", ruscha "kovkiy chugun" soʻzlarining birinchi harflari) Ch.ning bolgʻalanuvchanligini, 50 soni choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi.
CH.lar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq Ch.lardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Ch.lar x.am olinadi; bunday Ch.lar tarkibida kremniy va marganets miqdori odatdagi Ch.lardagiga qaraganda ancha koʻp boʻladi.
Mashinasozlikda Ch.ning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy Ch. — tarkibida alyuminiy miqdori koʻp boʻlgan Ch., u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion Ch.— yeyilishga chidamli Ch., podshipniklar va boshqa ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. I yeye i qbardosh Ch. — tra koʻtarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yukrri trada ishlaydigan Ch. armaturalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh Ch. — yuqori tralarda oksidlanishga yaxshi qarshilik koʻrsatadi; bu xossa unga koʻproq miqdorda xrom qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha trada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh Ch. — zararli muhitlar — kislota, ishqor va boshqalarga kimyoviy turgʻunligi yukrri boʻlgan legirlangan Ch.lar jumlasiga kiradi.
Magniyli Ch. — tarkibidagi grafit shar shaklida boʻlgan kulrang (juda puxta) Ch.; suyuq Ch.ga magniy yoki uning qotishmalaridan qoʻshish yoʻli bilan Ch. grafiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Ch. — asosi austenit boʻlgan koʻp legirlangan Ch.; magnit kirituvchanligi juda kichik boʻladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi.

Choʻyan tova
Choʻyan — temirning uglerodli qotishmasi (C 2,14 % dan koʻp). Uglerod choʻyan tarkibida sementit va grafit koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tarkibidagi grafit shakli va sementit miqdoriga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: oq, kulrang, bolgʻalanuvchan va mustahkamligi yuqori choʻyanlar. Choʻyan moʻrt jismdir.
Choʻyan turlari

  • Oq choʻyan

  • Kulrang choʻyan

  • Bolgʻalanuvchan choʻyan

  • Mustahkamligi yuqori choʻyan

  • Yarim choʻyan

Klassifikatsiya
Tarkibidagi C miqdoriga qarab kulrang choʻyan: evtektikagacha (2,14-4,3 % C), evtiktika (4,3 %) yoki evtiktikadan soʻngi deb nomlanadi. Qotishma tarkibi material strukturasiga taʼsir koʻrsatadi.
Po‘lаt – bu tеmir аsоsli qоtishmа bo‘lib, tаrkibidа mа’lum miqdоrdа bоshqа lеgirlоvchi elеmеntlаr hаm bo‘lаdi. Po‘lаtlаrning mingdаn оrtiq turlаri mаvjud bo‘lib, ulаr tаrkibi vа tаyyorlаnish jаrаyonidаgi tеrmik ishlоvlаr turi bilаn fаrqlаnаdi. Bu mаtеriаlning mехаnik хоssаlаrigа uglеrоdning miqdоri judа sеzilаrli tа’sir ko‘rsаtаdi, оdаtdа 1% dаn ko‘p bo‘lmаgаn miqdоrdа qоtishmа tarkibidа uglerod bo‘lаdi. Po‘lаtlаrning eng ko‘p tаrqаlgаn bа’zi mаrkаlаri tаrkibidаgi uglеrоd miqdоrigа qаrаb uch turga bo‘linаdi: kаm, o‘rtа vа yuqоri uglеrоdli po‘lаtlаr. Legirlangan po‘lаtlаrning аsоsiy turlаri hаm хuddi shundаy tаrkibidаgi lеgirlоvchi elеmеntlаrning miqdоrigа qаrаb bo‘linаdi. 59 Kаm uglеrоdli po‘lаtlаr. Mаtеriаlning ushbu turi qоlgаn bаrchа po‘lаt turlаridаn ko‘rа ko‘prоq ishlаb chiqаrilаdi. Kаm uglеrоdli po‘lаtlаr оdаtdа qоtishmаning 0,25% massa uglеrоdgа egа vа tеrmik ishlоvdаn mаrtеnsit strukturа hоsil qilа оlmаydi. Ulаrni fаqаt sоvuqlаyin dеfоrmаtsiya yo‘li bilаn kuchаytirish mumkin. Kаm uglеrоdli po‘lаtlаr nisbаtаn yumshоq vа unchаlik mustаhkаm emаs, lеkin zаrbiy qоvushоqlik vа plаstiklik хоssаlаri yuqоri bo‘ladi. Ulаrgа stаnоklаr yordаmidа оsоn ishlоv bеrsа bo‘lаdi, bundаn tаshqаri ulаrning pаyvаndlаnuvchаnligi hаm yuqоri. Shuning uchun hаm ulаrdаn mаhsulоt ishlаb chiqаrish аrzоnrоq. Ushbu mаtеriаllаrning аsоsiy qo‘llаnilаdigаn sоhаsi – umummashinasozlik dеtаllаri, ko‘priklаr, quvur o‘tkаzgichlаr, binоlаr har xil inshootlar vа bоshqа sоhаlаrdа turli prоfillаr (chiziqli, аylаnа, burchаkli) yarim tayyor mahsulot vа listlаr sifаtidа qo‘llаnilаdi. O‘rtа uglеrоdli po‘lаtlаr. Bu guruhdаgi po‘lаtlаr tаrkibidа 0,25 dаn 0,6 % gаchа uglеrоd bo‘lаdi. Bu po‘lаtlаrning mехаnik хоssаlаrini tеrmik ishlаsh yo‘li bilаn оshirish mumkin, tоblаsh vа bo‘shаtish оrqаli strukturаsini аustеnit shаkligа kеltirish mumkin. Ulаr dоim bo‘shаtish аmаli bаjаrilgаndаn so‘ng ishlаtilаdi, bundа ularning strukturаsi bo‘shаtilgаn mаrtеnsitdаn tаshkil tоpаdi. O‘rtа uglеrоdli po‘lаtlаr tеrmik ishlаsh оrqаli mustаhkаmlаnishi mumkin vа judа tеz sоvutish оrqаli tоblаnib mustаhkаm qаtlаm hоsil qilа оlаdi, birоq qаtlаm qаlinligi unchаlik ko‘p bo‘lmaydi. Bu po‘lаtlаrgа хrоm, nikеl vа mоlibdеn qo‘shilishi оqibаtidа, ulаr tеrmik ishlоvgа mоyil bo‘lа bоshlаydi, buning nаtijаsidа ulаrdаn turli mustаhkаmlikkа vа plаstiklikkа egа mаtеriаllаr tаyyorlаsh mumkin bo‘lаdi. Bu guruh mаtеriаllаri tеmir yo‘l transporti g‘ildirаklаri, tishli g‘ildirаklаr, tirsаkli vаllаr vа yuqоri mustаhkаmlikni, yеyilishbаrdоshlikni, zаrbiy qоvushоqlikni tаlаb qiluvchi turli umummаshinаsozlik detallarini yasаshdа qo‘llаnilаdi. Yuqоri uglеrоdli po‘lаtlаr. Yuqоri uglеrоdli po‘lаtlаr tаrkibidа 0,6dаn 1,4 % gаchа uglеrоd bo‘lаdi. Bu mаtеriаllаr аnchа qаttiq, o‘ta mustаhkаmlikka egа bo‘lmаgаn po‘lаtlаrdir. Ulаr dеyarli hаr dоim mustаhkаmlаngаn vа bo‘shаtilgаn hоlаtdа ishlаtilаdi. Shu bilаn birgа ulаr yuqоri yеyilishbаrdоshlikkа egа, ulаrdаn o‘tkir qirrаli (kesuv- 60 chi) buyumlаr tаyyorlаsh mumkin. Ulаr аsbоblаr tаyyorlаshdа vа shаkl bеruvchi kallaklar yasаshdа qo‘llаnilаdi. Lеgirlоvchi elеmеntlаr sifаtidа хrоm, vаnаdiy, vоlfrаm vа mоlibdеn qo‘shilаdi. Ushbu qo‘shimchаlаr uglеrоd bilаn birgаlikdа judа qаttiq vа o‘ta yеyilishbаrdоsh (Cr23C6 , V4 C3 , WC) birikmаlаrni hоsil qilаdi. Muhim mаrkаlаrdаn yanа biri elеktrоtехnik po‘lаtlаr, rеls po‘lаtlаri, tеzkеsаr po‘lаtlаri kabi guruhlаri mаvjud. Zаnglаmаs po‘lаtlаr. Zаnglаmаs po‘lаtlаr turli аtrоf-muhitdаgi vа аsоsаn ochiq аtmоsfеrа kоrrоziyasigа qаrshi turа оlish хususiyatigа egа bo‘lgаn mаtеriаllаr guruhini tаshkil qiladi. Bundаy qоtishmаlаrning аsоsiy qo‘shimchа elеmеnti-хrоmdir. Bundа qоtishmаdа хrоmning kоnsеntrаtsiyasi 11% dаn kаm bo‘lmаsligi lоzim. Nikеl vа mоlibdеn elеmеntlаri hаm qo‘shilishi qоtishmаning kоrrоziyagа qаrshilik хоssаsini yaхshilаydi. Zаnglаmаs po‘lаtlаr qo‘shimchаlаr turigа vа mikrоstrukturаsigа nisbаtаn 3 turgа bo‘linаdi: – mаrtеnsitli, fеrritli vа аustеnitli. Bu mаtеriаllаrning хоssаlаrini kеng ko‘lаmdа o‘zgаrtirish imkоniyati, kоrrоziyabаrdоshli qаtоr vаriаntlаri ulаrni аniq maqsadli yo‘nаltirilgаn turli sоhаlаrdа qo‘llаsh imkоnini bеrаdi. Mаrtеnsit zаnglаmаs po‘lаtlаri tеrmik ishlаsh yo‘li bilаn butun qоtishmа mikrоkоmpоnеntlаrini аsоsiy bir ko‘rinishgа, ya’ni mаrtеnsit strukturа hosil qilish оrqаli оlinаdi. Fеrritli zаnglаmаs po‘lаtlаr α-fеrrit (hаjmi mаrkаzlаshgаn kristаll) dаn tаshkil tоpаdi. Аustеnit vа fеrrit po‘lаtlаrni sоvuqlаyin ishlоv bеrish оrqаli mustаhkаmligini оshirish mumkin. Аustеnit zаnglаmаs po‘lаtlаrining ko‘p qismi kоrrоziyabаrdоsh po‘lаtlаr hisоbigа kirаdi, nikеl vа хrоm miqdоrigа qаrаb bеlgilаnаdi. Bu po‘lаtlаr ko‘p miqdоrdа ishlаb chiqаrilаdi. Mаrtеnsit vа fеrrit po‘lаtlаr mаgnit хоssаlаrigа egа, аustеnit zаnglаmаs po‘lаtlаri mаgnit хоssаlаrni nаmоyon etmаydi. Аyrim zаnglаmаs po‘lаtlаr ko‘pinchа yuqоri hаrоrаtli vа judа оg‘ir shаrоitdаgi muhitlаrdа ishlаtilаdi. Bundа ulаr оksidlаnishgа qаrshilik bilаn birgа yuqori mехаnik хоssаlаrini hаm sаqlаb turishi lоzim. Bu mаtеriаllаrning оksidlоvchi muhitdа ishlаsh qоbiliyati 10000 C gаchа sаqlаnib turаdi. 61 Zаnglаmаs po‘lаtlаrning bundаy turlаrigа quvurlar, yuqоri hаrоrаtli bug‘ quvurlar, eritish pеchlаrini, samolyot, rаkеtа vа аtоm elеktr stаnsiyalаrining qurilmаlаrini tаyyorlаshdа ishlаtilаdi. Po‘latlarning doimiy qo‘shimchalari (unsurlari, begona jinslari) ga marganets, kremniy, fosfor va oltingugurt, shuningdek, kislorod va vodorod gazlari kiradi. Birinchilarining miqdori, odatda, 0,8% (Mn), 0,5% (Si), 0,05% (P va S)dan oshmaydi. Bu elementlarning miqdori maxsus po‘latlarda ko‘proq bo‘ladi. Marganets va kremniy foydali unsurlar hisoblanadi. Masalan, marganetsni po‘latga, uni “nordonlashtirish”, ya’ni zararli temir oksidini yo‘qotish uchun qo‘shiladi: Mn+FeO→MnO+Fe. Bundan tashqari, u oltingugurtning zararli birikmalarini bog‘lab tashlaydi: Mn+FeS→MnS+Fe. Shu tufayli po‘latning mustahkamligi sezilarli oshadi, lekin plastikligi ilgarigidek saqlanib qoladi, FeS bor bo‘lgani uchun yuqori haroratlarda po‘latning mo‘rtligi (krasnolomkost) yo‘qoladi. Kremniy ham po‘latni “nordonlashtiradi”: 2FeO+Si→2Fe+SiO2 . U po‘latning oquvchanlik chegarasini ko‘taradi, natijada sovuq holatda bosim bilan ishlov berish yomonlashadi. Shu sababdan shtamplab ishlanadigan po‘latlar tarkibida kremniy miqdori kam bo‘lishiga harakat qilinadi. Fosfor va oltingugurt zararli jinslar hisoblanadi. Fosfor po‘latning plastikligi va qovushqoqligini kamaytiradi, sovuq holatda sinuvchanligini oshiradi, shuning uchun uning miqdorini cheklashga (0,025…0,045%) harakat qilinadi. Biroq ba’zan, po‘latni qirqib ishlashni osonlashtirish va po‘lat mis bilan tutashib ishlaganda korroziya bardoshliligini oshirish uchun ataylab qo‘shiladi. Oltingugurt po‘latlarda sulfid – FeS ko‘rinishida bo‘ladi, u temir bilan birga erish harorati 988 0 C bo‘lgan evtektika hosil qiladi. Evtektika donlarning chegaralari bo‘yicha joylashadi va issiq holda bosim ostida ishlash haroratlarida po‘latni mo‘rt qilib qo‘yadi (evtektika erib ketib, donlar orasidagi bog‘lanish kuchsizlanib qoladi). Marganets qo‘shilganda temir sulfid plastinkasimon marganets sulfidga aylanadi, uning erish harorati 16200 C. Oltingugurt po‘latlarning zarbali qovushqoqligini, plastikligini, chidamlilik chegarasini, payvandlanuvchanligi va korroziyabardoshliligini pasaytiradi. U po‘latga rudalarni eritishda, shuningdek, metall pech gazlari bilan o‘zaro ta’sir qilganda tushib qoladi. 62 Azot va kislorod po‘latda mo‘rt oksidlar va nitridlar (FeO, SiO2 , Al2 O3 , Fe4 N va b.) ko‘rinishida yoki erkin holida nuqsonlarga joylashib (g‘ovaklar, darzlar) uchraydi. Bu elementlar po‘latning sovuq holda mo‘rtligini oshiradi va chidamlilik chegarasini pasaytiradi. Azotning miqdori ko‘p bo‘lsa, po‘lat “deformatsiyali qarish”ga uchraydi, chunki azot dislokatsiyalarning harakatiga xalal beradi va plastiklikni kamaytiradi. Vodorod qattiq qotishmaga yoki g‘ovaklarga joylashib oladi, po‘latni g‘oyatda mo‘rt qilib qo‘yadi. Uning miqdori bolg‘alanayotgan po‘latda ko‘p bo‘lsa, flokenlar- oval shaklli darzlar hosil bo‘ladi. Ularning siniq joylari oq dog‘ ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday nuqson – metall ichdan uzilgani haqida xabar beradi. Flokenlarning oldini olish uchun po‘latni qizigan holda deformatsiyalab bo‘lib, asta sovitiladi yoki 250 0 C haroratda uzoq ushlab turiladi. Zararli unsurlar (begona jinslar)ning miqdori po‘latni olish va nordonlashtirish usullariga ko‘p darajada bog‘liq. Masalan, kislorod, vodorod va azot gazlarini kamaytirish uchun po‘lat qayta eritiladi va vakuum sharoitida quyiladi. Uglerod mashinasozlik cho‘yanlari strukturasida grafit ko‘rinishida bo‘ladi. Grafit miqdori cho‘yanda ko‘p (bir necha foizgacha), mexanik xususiyatlari atrofidagi metall fazaning xususiyatlaridan yomon bo‘lgani sababli grafit qo‘shilmalar mustahkam matritsada darzlar va bo‘shliqlar hosil qilib, cho‘yanni ojizlantirib qo‘yadi. Tabiiyki, cho‘yanda uglerod grafit ko‘rinishida qancha ko‘p va uning qo‘shilmalari qanchalik siyrak bo‘lsa, cho‘yanning mustahkamligi, ayniqsa, cho‘zilishda, shunchalik past bo‘ladi. Biroq ba’zi holatlarda, grafit ijobiy omil sifatida namoyon bo‘ladi – cho‘yanning qirqib ishlanuvchanligini yaxshilaydi, unga antifriksion xususiyatlar beradi, titrashlar va zarbalarni so‘ndiradi. Cho‘yanning strukturasi va xususiyatlari kremniy miqdoriga (0,3…5,0%) jiddiy bog‘liq, u grafitlanish jarayonini kuchaytiradi. Marganetsning doimiy (ya’ni tabiiy) qo‘shilmalari (0,5…0,8%) cho‘yanlarning mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi va ular grafitlanishiga qarshilik qiladi. Fosfor cho‘yanda (odatda, ko‘pi bilan 0,2…0,3%) erigan holatda uchraydi. U cho‘yanning suyuq oquvchanligini va yeyilishga bardoshliligini oshiradi, shuningdek, mo‘rtligiga 63 sabab bo‘ladi, chunki miqdori 0,5…0,7% bo‘lganda erish harorati 950 0 C bo‘lgan, mo‘rt fosfidli evtektika (Fe+Fe3 P+Fe3 C) hosil qiladi. Shunga qaramay, fosfor cho‘yanning qirqib ishlanuvchanligini yomonlashtiradi, shuning uchun miqdori cheklanadi (0,12%), yuqori bardoshli cho‘yanlarda undan ham kam (0,03%). “Temir-uglerod” qotishmasiga, uning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida maxsus elementlar qo‘shiladi, ular “legirlovchi element” deyiladi. Shunday elementi bor qotishmalar esa, “legirlangan” deyiladi. Legirlovchi elementlarning po‘latlarning xususiyatlariga ta’sir qilish mexanizmi temirda polimorf o‘zgarishlarni qo‘zg‘atishdan iborat. Bu o‘zgarishlar harorati temirda erigan hamma elementlarning xususiyatlariga bog‘liq. Legirlash yo‘li bilan temirning γ–fazasining mavjudlik qismini kengaytirish (A4 ga to‘g‘ri keladigan haroratlar ortib, A3 ga to‘g‘ri keladiganlari – kamayadi) yoki toraytirish mumkin (A4 ning haroratlari pasayib, A3 nikil – ortadi (9.1-jadv., 9–12-rasm). Masalan, Ni, Mn va b.elementlar guruhi ma’lum miqdordan ortiq qo‘shilsa, γ – holat qismini xona haroratidan erish haroratigacha kengaytiradi. Bunday qotishmalar austenitli qotishma deyiladi. Boshqa elementlar (V, Si, Mo va b.) ferritni erish haroratigacha barqaror qiladi. Bunday qotishmalar ferritli qotishma deyiladi. Ularni qizdirganda va sovitganda evtektoidli o‘zgarish ro‘y bermaydi.
Har qanday termik ishlov berish jarayonini temperaturaning vaqt mobaynida o‘zgarishini ko‘rsatuvchi grafik yordamida tasvirlash mumkin. Biuiday grafik yordamida qizdirish temperaturasi, qizdirish va sovutisb vaqti, qizdirish va sovutish tezligining o'rtacha va haqiqiy qiymati, qizdirish temperaturasida ushlab turish vaqti va ishlab chiqari$h siklining umumiy davom etish vaqtini aniqlash mumkin. Lekin bu grafik shakli bilan biz qanday termik ishlov berish turi haqida ish olib borilayotgani haqida hech narsa deya olmaymiz. Termik ishlov berish turi temperaturaning vaqt mobaynida o'zgarishi orqali emas, balki metall va qotishmalarda faza va struktura o‘zgarishlari orqali aniqlanadi. Termik ishlov berishning oxirigi belgilariga asoslangan holda rus olimi A.A. Bochvar tomonidan qora va rangli metall va qotishmalami termik ishlov berishning ko‘p sonli turlarini o‘zida jamlagan tasnifi ishlab chiqildi. A .A .Bochvar tasnifiga asosan, iqtisodiy o‘zaro hamkorlik Kengashining standartlash bo‘yicha komissiyasi tomonidan po‘lat va rangli metall va qotishmalami termik ishlov berishni turli turlari tasnifi hamda shunga mos terminologiyalar ishlab chiqildi. 2.1-rasmda metall va qotishmalami termik ishlov berishning asosiy turlari tasnifining sxemasi tasvirlangan. Termik ishlov berish - termik ishlov berish, termomexanik ishlov berish va kimyoviy-termik ishlov berish turlariga bo'linadi. Termik ishlov berish - metall yoki qotishmalarga termik ta5sir ko‘rsatish hisoblanadi. Termomexanik ishlov berish - metall va qotishmalarga termik ta’sir ko‘rsatish bilan birgalikda plastik defonnatsiyalaiîishni amalga oshirish. Kimyoviy - termik ishlov berish - metall va qotishmalarga termik va kimyoviy ta’sir ko‘rsatishdir. Termik ishlov berish quyidagi asosiy termik ishlov berish turlarini o‘zida mujassamlantirgan: 1-tur yumshatish, 2-tur yumshatish, polimorf o‘zgarishga ega bo‘lgan toblash, polimorf o‘zgarishga ega bo‘lmagan 10 toblash, metall yoki qotishma sirtini erishi yuzaga keltiradigan toblash, bo‘shatish va eskirtirish. Bunday termik ishlov berish turlari poMat, rangli metall va qotislimalarga tegishlidir. Temiik ishlov berishning har bir turi o'zi alohida turli asosdagi qotishmalami o'ziga xosligini e’tiborga oigan holda turli turlarga bolinadi. 2.1-rasm. Metall va qotishmalarga termik ishlov berish turlariningasvsiy tasnifi sxemasi . Alohida termik ishlov berish turlari zagotovka va detallar olishning boshlang‘ich va asosiy jarayonlarida, masalan, issiq holda bosim bilan ishlov berishda, quymakorlikda, payvandlashda va boshqa turli operatsiyalarda ham uchraydi. Masalan, quymakorük sohasida qotishmalami qolipga quyilganda qotishidan so‘ng quymani tez sovutish jarayonida to'la toblash kuzatiladi. Detallarni silliqlashda ularning yuzasini qizishi natijasida bo'shatish jarayoni kuzatilishi mumkin. Payvandlashda payvand choklariga termik ta’sirlanish zonasida qa}ta kristallanuvchi yumshatish va shunga o'xshash temiik ishlov berish turlarini uchratishimiz mumkin. Bu qo'shimcha termik ishlov berish turlari ba’zi hollarda fovdali ham bo‘lishi mumkin, shu bilan birga buyumlarda kutilmagan struktura va xossasini o‘zgarishiga olib kelishi ham mumkin. 11 Quyisli, prokatlash, bolg'alash va boshqa ishlov berishiardan soiig zagotovka notekis soviydi. Natijada bir jinsli struktura hosií bo‘lmaydi, zagotovkaning turli jovlarida xossalari turlicha bo'iadi. ichki kuchlauishlár paydo bo‘ladi. Bundan tashqari íikvatsiya (kimyoviy notekislik) tofayli quymaning kimyoviy tarkibi ham bir xil bo'lmaydi. Bu nuqsonlami yo‘qotish uchun termik ishlov beriladi, unga yumshatish va nomiallash kiradi. Yumshatish - zagotovka yoki buyumni kerakli temperaturagacha qizdirish, shu temperaturada ushlab turib, so'ngra asta-sekin sovitishdan iborat: uglerodli polatlar soatiga 200°S, legirlangan po'latlar esa soatiga 30-100°S tezlik bilau sovitiladi. Bunda qoldiq kuchlanishlarsiz barqaror struktura olinadi. Yumshatishdan maqsad ichki kuchlanishlarni yo‘qotish, stfukturaning bir xil bolishiga erishish, ishlov berishni yaxshilash hamda keyingi termik ishlov berish operatsiyasiga tayyorlashdan iborat. Normallash deb po‘Iatni Ac3 va Acm kritik nuqtalardan 30-50° C ortiqroq temperaturagacha qizdinb, ushbu temperaturada ushlab turish hamda tinch havoda sovutishdan iborat bo‘lgau jarayonga aytiladi. Normallashda ichki kuchlanishlar kamayadi, po lat kavta kristallanadi, payvand choklar, quyma va pokovkalaming yirik zarrali strukturasi maydalashadi. Po‘latning qattiqligi, mustalikamligi va elastikligini oshirish uchun toblashdan fovdalaniladi. Toblash - polatni faza o‘zgaxishlardan yuqoriroq temperaturagacha qizdirish, bu temperaturada ushlab turish, so‘ngra tez sovitishdan iborat bolgan jarayondir. Bc»‘shatish -termik ishlov berishning yakunlovchi operatssyasi bo‘- lib, toblangan polatni kritik nuqtadan (Aci) past temperaturagacha qizdirish, shu temperaturada ushlab turish hamda sekin yoki tez sovitishdan iborat. Bo‘shatishdan maqsad polatdagi kuchlanishni ketkazish yoki yo'qoüsh, hamda qovushqoqligini oshirib, qattiqligini kamaytirishdan iborat. Kimyoviy-termik ishlov berish deb metall va qotishmalami sirtqi qatlamini kimyoviy taikibi, strukturasi va xossasini o‘zgartirish maqsadida ularga termik va kimyoviy ta’sirlami birgalikda amalga oshirish jarayoni bilan bogliq bo'lgan ishlovga aytiladi Termomexanik ishlov berish polatning plastikligini saqlagan xolda, plastik deformatsiyalash bilan mustahkamlovchi termik ishlov berish (toblash, bo‘shatish) ni birlashtiruvchi mustahkamlashning yangi 12 usulidir. Termomexanik ishlov berishda polat austenit holatigacha deformatsiyalanadi, keyinchalik tez sovuiilib. toblangan polat strukturasi (martensit) shakllantiriladi, bunda austenitni puxtalash holati sodir boladi, shu munosabat bilan polatning mexanik xossalari ortadi. 2.2. I-tur yumshatish 1-tur yumshatish metall va qotishmalarga turli ishlovlar berishda ularda yuzaga keladigan muvozanat bolmagan holatni qisman yoki toliq olib tashlash uchun moljallangan termik ishlov berish turi bo‘lib, unda faza o‘zgarishlan kuzatilmaydi. 1-tur yumshatish quymakorlik, bosim bilan ishlov berish. payvandlash, termik ishlov berish va boshqa texnologik jarayonlarda yuzaga keladigan muvozanat bolmagan holatni olib tashlash uchun xizmat qiladi. Qanday muvozanat holatidan og'ishlarni bartaraf qilishga bogliq ravishda 1-tur yumshatishning quyidagi turlari mavjud: gomogenlovchi, kristallanishga qadar qayta kristallanuvchi (rekristallanuvchi) va kuchlanishini kamajtiruvchi yumshatish. 2.2-rasm. Evtektik turdagi sistemada muvozanat bo‘lmagan solidus A ' da va Xi qotishmada dendritli kimyoviy notekislikda be qattiq eritmaning o‘rtacha tarkibini o'zgarish egri chizig‘1 Metall yoki qotishmalami muvozanat holatidan ogishlami kamaytiruvchi jarayonlar o‘zicha boradi va 1-tur yumshatishda qizdirish faqat 13 bu jarayonlami tezlashtirish uchun xizmat qiladi. 1-tur yumshatishdagi asosiy parametrlarga qizdirish temperaturasi va ushlab turisli vaqti kiradi. Qizdirish va sovutish tezligi

Foydalanilgan adabiyotlar;


https://uzsmart.uz/kitoblar/files/Elektron%20kutubxona/Noorganik_va_analitik_kimyo/Termik%20va%20kimyoviy-termik%20ishlov%20berish%20nazariyasi%20va%20texnologiyasi%20F.R.Norxudjayev.2016.pdf


  1. http://ilmiy.bmti.uz/blib/files/121/Materialshunoslik.pdf


  2. http://library.ziyonet.uz/uz/book/download/69402

Download 37,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish