Chorvachilik
Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Ch. mahsulotlari yetishtirish
uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot,
hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar),
yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan
taʼminlaydi. Ch. mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak
uni, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar,
gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Ch.ning taraqqiy etishi va mahsuldorligi
dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Ch.ning
asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik,
asalarichshshk, choʻchqachilik, quyonchilik, darrandachilik, bugʻuchilik, itchiliklan iborat.
Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Ch. rivoji oʻziga xos
xususiyatlarga ega. Jahon Ch.da (mln. bosh) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol
— 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya — 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq —
14139; kurka — 244 va boshqa boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim
oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi 225,9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480,6 mln.
t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071 kg ni) tashkil etdi.
CH. inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni xonakilashtirish maqsadida qoʻlga
oʻrgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh davrida —
neolitda bundan 15—10 ming yil avval boshlanganini koʻrsatadi. Bu davrda odam
takomillashgan tosh qurollarga ega boʻlgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan.
Eng avval it, soʻngra choʻchqa, qoʻy va keyinchalik qoramollar va otlar (7—8 ming yillar ilgari)
xonakilashtirilgan. Osiyoning jan.gʻarbiy qismi va Oʻrta dengiz atroflari hayvonlarni
xonakilashtirishning asosiy markazlari hisoblanadi. Yevropada qoramollar, ot, qoʻy, echki,
choʻchqa, quyon, it, parrandalardan oʻrdak va gʻozlar, Osiyoda buyvol, qoʻtos, oʻrkachli va
oʻrkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa, ot, it, quyon, tovuq, oʻrdak, gʻoz va tovuslar
xonakilashtirilgan. Afrikada qoramollar, bir oʻrkachli tuya, eshak, choʻchqa, mushuk, it,
sesarka tovuqlar, qoʻy va echkilar qoʻlga oʻrgatilgan. Amerikada oʻrkachsiz tuyaning ikki turi —
lama va alpaka, dengiz choʻchqasi, kurka va muskus oʻrdaklar xonakilashtirilgan. Natijada
inson tomonidan ularning sifat va son koʻrsatkichlariga ahamiyat berilib, hayvonlardan nayel
olish, sekinasta mahsulot yoʻnalishlari boʻyicha zotlari chiqarilgan. Oʻrta Osiyo hududi ham
Ch. dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi.
CH. koʻchmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo boʻyi, choʻl va togʻ oldi, koʻl
atroflarida ovchilik, balikchilik bilan shugʻullangan jamoalarning madaniyatlari rivojlanib
borgan sayin Ch. ham rivojlanib bordi. Jumladan, Xorazm hududida Amudaryoning quyi
havzasida topilgan Kaltaminor madaniyati miloddan avvalgi 4—3ming yillikda yashagan
ovchilar va balikchilar jamoasi madaniyatlaridan biri hisoblanadi.
Miloddan avvalgi 2—1asrlarda Davan (Fargʻona)da dehqonchilik madaniyati va yilqichilik
yuksak darajada rivojlangan. Aeecmojxa keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, sut va goʻsht
beradigan qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, sut va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash
ixtisoslashgan soha sifatida bundan 3000-yil oldin shakllangan. 20-asr boshlariga qadar
Oʻzbekistonda koʻchmanchilik bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qoʻychilik, echkichilik, tuyachilik,
otchilik, shuningdek, vohalarda qoramolchilik koʻproq rivojlandi.
Oʻzbekiston hududida 1916-yil qoramollar soni 1342 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 481
ming boshni, qoʻy va echkilar 3821 ming boshni, otlar 517 ming boshni tashkil qilgan.
20-asrning 20- yillaridan boshlab Ch.ning ilmiy bazasini yaratish, hududlarning tabiiyiqtisodiy
sharoiti va ozuqa bazasi resurslariga qarab mintaqalar boʻyicha rivojlantirish ishlari
boshlandi. Sugʻorma dehqonchilik hududlaridagi xoʻjaliklarda sut, sut va goʻsht yoʻnalishidagi
qoramolchilik, parrandachilik va choʻchqachilik, togʻ oldi mintaqalari, Amudaryoning quyi
oqimi va Orol boʻyi qamishzor va toʻqayli hududlarida goʻshtdor qoramolchilik, goʻshtyogʻ
qoʻychiligi, yilqichilik, choʻl yaylovlarida qorakoʻlchilik rivojlantirildi. Kammahsul mollarni
chatishtirish va respublikaga koʻplab nasldor mollarni olib kelish natijasida qoramollarning
qoraola, qizil choʻl, shvits, bushuyev zotlari soni koʻpayib mahsuldor podalar guruhi
shakllantirildi. Zotlarning rnlashtirilgan hududlari belgilandi. Qorakoʻlchilikni rivojlantirishga
alohida eʼtibor qaratildi. Ixtisoslashtirilgan yirik qorakoʻlchilik xoʻjaliklari katta iqtisodiy
samara keltirdi. 1930—33 yillardan boshlab chorvachilikning naslchilik zdlari, xoʻjaliklari,
fermalari, styalari va korxonalarining tashkil etilishi naslchilik tizimining shakllanishida muhim
burilish boʻldi.
1932-yil Ch. tajriba styasi va 1935—39 yillarda Butunittifoq qorakoʻlchilik, Oʻzbekiston
chorvachilik va Oʻzbekiston veterinariya i.t. intlarining tashkil etilishi Ch.da ilmiy tadqiqot
ishlarini oʻtkazish, Ch. fanini rivojlantirish hamda uning istiqbolini belgilash, xoʻjaliklarda yangi
texnologiyalarni joriy etishda muhim omil boʻldi. Chorva mollarining sermahsul podalari
guruhi kengaytirildi va rnlashtirilgan zotlari takomillashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xoʻjaligida tub iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish jarayonida davlat xoʻjaliklari jamoa, shirkat xoʻjaliklariga aylantirildi,
chorvachilik, aksariyat xoʻjaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va Ch.
yoʻnalishidagi fermer xujaliklari tashkil etila boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martda "Respublika
chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi, 1994-yil 23-
fevralda "Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer)
xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari toʻgʻrisida",
1995-yil 24-martdagi "Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy
tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida" qarorlariga koʻra, jamoa
xoʻjaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi (1995).
Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan goʻsht va sutning 75% ni xususiy sektor bera
boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 25 dek. da qabul qilingan "Naslchilik
toʻgʻrisida" qonuni Ch.ni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
1990—2003-yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xoʻjaliklarida qoramollar soni
28,2% ga, sigirlar 38, qoʻy va echkilar 7, otlar 36% ga, sut yetishtirish 32,8% ga, goʻsht
yetishtirish 18,6% ga koʻpaydi, Ch. mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xujaliklari
hissasiga toʻgʻri keladi (Uzbekistonda mollar soni, Ch. mahsulotlarini yetishtirish
koʻrsatkichlari 1 va 2jadvallarda berilgan).
CH. ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin
maydonlarining 10% ga yaqin kismiga yemxashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy
yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem,
oqsilmineral yem qoʻshimchalari, yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari
koʻpaymoqda. Ch.da veterinariya xizmati koʻrsatish — kasalliklarning oddini olish va davolash,
Ch. maxsulotlari veterinariyasanitariya ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga karshi kurash
styalari, veterinariya shifoxonalari va punktlarida, veterinariya labda olib boriladi.
Respublikada chorvador mutaxassislar kollejlar, Toshkent agrar universiteti, Samarkand,
Andijon qishloq xoʻjaligi intlarida tayyorlanadi. Chorva hayvonlari zotini yaxshilash, mahsuldor
podalar guruhini koʻpaytirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish
maqsadida Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilik, parrandachilik va
balikchilikni rivojlantirish Bosh boshqarmasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat
inspeksiyasi, Davlat veterinariya Bosh boshkarmasi va "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil
etilgan, ularni asrash va parvarishlashsa yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan
vazirlikning Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibidagi Uzbekiston
chorvachilik, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi intlari, Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot
markazi va Ipakchilik instituti, Uzbekiston veterinariya, Uzbekiston veterinariyasanitariya va
akarologiya (1991) intlari shugʻullanadi. Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida davlat
mintaqaviy baliq chavoqlari yetishtirish pitomnigida baliq zotlari (kora, ok, amur, doʻng
peshona) yetishtiriladi.
"Naslxizmat" respublika naslchilik uyushmasi qishloq xoʻjaligi subʼyektlariga chorvachilik
boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Davlat naslchilik korxonasi qoramollarning turli zotlari boʻyicha
sunʼiy urugʻlantirishda foydalanish uchun muzlatilgan urugʻlarni qadoqlab, sunʼiy urugʻlantirish
bilan shutullanuvchi "Naslxizmat" tashkilotlariga yetkazib beradi.
Chet mamlakatlarda sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, ayniqsa, Yevropa
mamlakatlari (Gollandiya, Daniya, Germaniya, Rossiya), AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya,
qoʻychilik Angliya, Avstraliya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlandi.
Sutchilik yoʻnalishidagi qoramolchilikrivojlangandavlatlarda (AQSH, Kanada, Niderlandiya,
Germaniya va boshqalar) sigirlardan oʻrtacha 8000–11000 kg sut sogʻib olinadi. Sut
mahsulotlari bilan taʼminlanishning eng yuqori koʻrsatkichlari (aholi jon boshiga 1950 kg)
Yangi Zelandiya, Daniya va Gollandiyaga xos. Qoramol goʻshti bilan taʼminlanish esa
Argentina (110 kg) va Urugvayga (106 kg) toʻgʻri keladi. Jahon mshyosida Ch.ning barcha
sohalari ixtisoslashgan holda jadal rivojlanmoqda. Sermahsul zotlar va samarali
texnologiyalar yaratilib, Ch.ka keng joriy qilinmoqda.
Shchekin V.A., Chorvachilik, T., 1968; Nosirov U., Qoramolchilik, T., 2001.
Ubaydulla Nosirov, Izzatulpa Eshmatov.
Do'stlaringiz bilan baham: |