Xalqlarni madaniy an’analari va ovqatlansh turlari
Ovqatlanish insoniyat tarixida har doim jamiyatni rivojlanish darajasini belgilovchi kuchli va barqaror omillardan bo’lgan.
Turli sivilizasiya odamlarini ta’blari har bir xalqning madaniy an’analari bilan yaqin bog’liqlikda ishlab chiqildi. Ta’blar qarama-qarshiligi shunchalik sezilarli ediki, bir odamlarni ovqati ikkinchilarida ajablanish va yoqimsizlikni yuzaga keltirgan.
Tarixan shakllangan an’anaviy ovqatlanish xususiyatiga hayot tarzini belgilaydigan geografik o’rni va iqtisodiy rivojlanishi, diniy man etishlar, urf-odatlar ta’sir ko’rsatgan.
Ovqatlanish an’analari odamni yashash zonalari bilan belgilanadi. Odamni yashash zonasi va ovqatlanish xususiyatiga bog’liq holda uchta asosiy xo’jalik turi farqlanadi.
Birinchi turdagi axoli xususan oqsilli ovqatni, ikkinchi turdagi axoli esa asosan uglevodli ovqatlarni iste’mol qilishadi. Oqsilli ovqat manba’i sifatida xayvonlar (uy va yovvoyi) va baliq xizmat qilgan. Uglevodli ovqat manba’i gurunch, bug’doy, makkajuxori va boshqalar kabi donli ekinlar hisoblangan. Ammo ushbu barcha ovqatlanish manba’lari toza ko’rinishda ishonchli hisoblanmagan, chunki odamlar ov, baliq ovlash muvaffaqiyati yoki donli va boshqa ekinlarni xosildorligidan bog’liq bo’lishgan. Uchinchi - aralash xo’jalik turini eng ishonchli bo’lib chiqdiki, u allaqachon eramizga qadar 4000 yilda O’rta Yevropada, Dunay yerlarida paydo bo’ldi. “Dunay madaniyati” axolisi uy xayvonlariga ega bo’lishgan, donli va mevali ekinlarni o’stirishgan, baliq ovlash bilan shug’ullanishgan.
Ovqatlanish xususiyati ovqatni energetik qiymatini belgilaydi. Yashash muhitiga bog’liq holda ovqatlanish mahsulotlariga bo’lgan extiyoj ham o’zgaradiki, bu ma’lum regionda yashovchi barcha axolida aniq kuzatiladi. Misol uchun, qutb doirasidan naridagi yerlarda istiqomat qiluvchilarni energiya manba’i sifatidagi oqsil va yog’larga bo’lgan extiyoji tropikdagi issiq joylar axolisiga nisbatan ancha yuqori. Shu sababli, bir xalqlar ovqatlanishi xususiyatini mexanik yo’sinda boshqa xalqlarga tadbiq etish mumkin emas.
Yuz yillar davomida odam o’z ovqatlanishini, ovqat bilan organizm uchun barcha oziqaviy moddalarni to’liq xajmda olishi uchun, qandaydir yo’l bilan optimallashtirishga xarakat qilib keldi. Dastlab u intuitiv ravishda xarakat qildi, o’z xayotiy tajribasiga va oldingi avlod tajribasiga tayandi. Qanday to’g’ri ovqatlanishni tamoyillari, yondashuvlari, maslaxatlari maqol, matallarda va milliy oshxonalarni an’analarida o’z aksini topdi.
Shunday qilib, ovqatlanish turi va an’anasi - organizmning uzoq vaqt davomida ma’lum ovqat turiga tarixiy moslashishi natijasidir. Ta’kidlash joizki, Yerni turli regionlaridagi axolining milliy ovqatlanish turini quyidagi mezonlar belgilaydi: asosiy donli ekin, asosiy energiya manba’i, asosiy oqsil manba’i, vitaminlar va mineral moddalarni asosiy manba’lari. Xozirgi paytda, odamni ma’lum ovqat turiga ko’p asrlar davomida moslashishi natijasida, 20 ta ovqatlanish turi farqlanadi (2.1.-jadval).
Ammo ovqatlanish turlari qat’iy va o’zgarmas hisoblanmaydi. Shakllangan ovqatlanish turlariga tashqi ta’sirlarni ta’sir qilishi jarayoni davom etmoqda. Ovqatlanishni sifatiy va miqdoriy evolyusiyasi kuzatilmoqda. Boshqa kimyoviy tarkibga ega bo’lgan oziq – ovqat mahsulotlari assortimentini kengayishi natijasida ovqatlanishni sifatiy evolyusiyasi ro’y bermoqda. Ovqatlanishning miqdoriy evolyusiyasi iste’mol qilinadigan mahsulotlar miqdoridagi o’zgarishlarni taqozo qiladi. Oziq – ovqat mahsulotlarining strukturasi va uning iste’moli o’zgarishlaridagi barqaror tendensiyalarni o’z vaqtida aniqlanishi aniq region axolisi oziqaviy statusini geografik, klimatik va ijtimoiy shartlarni hisobga olgan holda shakllantirish zarurligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |