Sutni me’yorlash va qadoqlash. Sut zavodlaridan savdo tarmoqlariga va umuman iste’molchilarga jo ‘na- tishdan oldin me'yorlanadi va 76+2°C da pasterlanadi.
«Sutni me’yorlash» deb yog‘i ko‘p sutga yog‘i olingan yoki yog‘i kam sut qo‘shilishi va yog'dorlik darajasi istalgan ko‘rsatkichga keltirilishiga aytiladi. Bu ko'rsatkich davlat standarti (GOST 13277-67) ga ko‘ra 3,2% ga teng boTishi kerak.
Sut zavodlarida sutni me’yorlash ishlari maxsus jadvallar va me'yorlovchi separatorlar yordamida baja- riladi.
Pasterlanib sovitilgan sut ko‘pincha qadoqlangan holda sotuvga chiqariladi. Buning uchun hajmi 0,25; 0,5 va 1 kg boTgan selofan paketlardan va maxsus shisha idishlardan foydalaniladi. Bu idishlar asosan davlat standarti (GOST 15844-70) talablari asosida ish- lab chiqariladi.
Hozirgi vaqtda sutni qadoqlash ishlarida hajmi 1 1 boTgan bir marta foydalaniladigan qog‘oz paketlar ishlatiladi.
Aqshda hajmi 0,94; 1,9 va 3 kg boTgan bir marta foydalaniladigan polietilen idishlar qoTlaniladi.
So‘nggi yillarda « ap-ln» markali apparat yorda- mida ikki qavatli paketlar tayyorlanib sutni qadoqlashda birmuncha samaradorlikka erishilmoqda. Bunday paketlaming tashqi qismi yupqa parafin qavat bilan o'ralgan va ichki qismi polietilen plyonkasi bilan qoplangan. Shuning uchun paketlar o‘ziga namlik tortib olmaydi va o‘zidan ham namlik chiqarmaydi.
Sutniseparatlash Sutni separatlashdan asosiy maqsad uning qay- mog‘ini ajratib olishdan iborat. Bu tadbir maxsus apparat - separator yordamida bajariladi. Birinchi
134
separator 1879-yili shved injeneri lavall tomonidan yaratilgan. Keyinchalik, separatorlaming bir qancha maxsus mukammallashtirilgan turlari yaratila boshlandi. Bu borada ms olimlaridan V.Goryachkin, G.Bremer, G.Kuk, N.Lukyanov kabilar katta hissa qo‘shganliklari adabiyotlardan ma’lum.
Hozirgi vaqtda separatorlaming uch xildagi guruhidan foydalanilmoqda. 1. Ochiq separatorlar.
2. Yopiq separatorlar. 3. Yarim yopiq separatorlar.
Separatorlaming hammasi o'zining tuzilishi va ishlash prinsipi jihatidan deyarli bir xil bo‘lgani holda quyidagi qismlardan iboratdir. Ya’ni sut plazmasidan yog‘ni ajratib oladigan barabani, shu barabanni harakatga keltiruvchi mexanizmi, sut qabul qiluvchi idish, qaymog‘ini to‘plovchi va yog‘i olinib boigan sutni chiqarib yuboruvchi boiimlari, shuningdek, separatoming barcha qismlarini o‘ziga birlashtirgan staninasi shular jumlasidandir.
Separatoming barabani sutning yog‘i (qaymog‘i)ni ajratib berishda muhim vazifani bajaradi. U o‘zining tuzilishiga ko‘ra asosan sakkizta qism (bo‘lak)lardan tashkil topgan. Har bir qism ma’lum bir vazifani bajaradi. Masalan, tagligi (dnishe) o‘zining markaziy naychasi bilan barabanning hamma qismlarini mahkamlangan holda saqlab turish vazifasini bajaradi. Tagligining ostidagi teshik esa separator urchug‘i (veretena)ni birlashtiradi. Yoki mahkamlash gaykasi barabanning barcha qismlarini mustahkamlash vazifasini bajaradi. Shuningdek, tarelka tutqich (krestovina) baraban tagligidagi markaziy naychaga kiydirilgan holda barcha tarelka paketlarini mahkam holda tutib turishda xizmat qiladi. Tarelkalar esa sutdan yog‘ ajratib berish imkonini yaratadi. Baraban qopqog‘i barcha detallami biriktirib turishda katta ahamiyatga egadir.
135