Chortoq tumani Abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligini saqlash texnikumining bosqich guruh talabasi Jo’rayeva Zeboning Hamshiralik ishi fanidan tayyorlagan Taqdimoti
Chortoq tumani Abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligini saqlash texnikumining 2 bosqich 3 guruh talabasi Jo’rayeva Zeboning Hamshiralik ishi fanidan tayyorlagan Taqdimoti
Ayrim kasalliklarda bemorlarda ich kelmasligi kuzatiladi. Bunday hollarda ichni yumshatadigan parhez, surgi dorilari shuningdek huqnalar tayinlanadi.
HUQNA – yo’g’on ichakning pastki bo’lagiga turli suyuqliklarni davolash va diagnostika maqsadida kiritishga aytiladi.
Huqna maqsadi va bajarilishi hususiyatlariga qarab tozalovchi, sifonli,oziqli,dorili, tomchili va boshqa turlarga bo’lib o’rganiladi.
Tozalovchi va sifonli huqna haqida tushuncha
Tozalash huqnasi ichakni axlat va gazlardan tozalash uchun qo’llaniladi. Ich kelmay qolishi,operatsiyalarga yo’g’on ichakni endaskopiya qilishga va rentgenologik tekshiruvlarga tayyorlash zaharlanish va intoksikatsiyalar davo ozuqli va tomchili huqna qilisholdidan buyiriladi.
Quydagi hollar tozalovchi huqnaga monelik qiladi: to’g’ri ichak va yo’g’on ichakdagi yallig’lanishlar, qonab turadigan bavosil,to’g’ri ichakning tushishi va ichaklardan qon ketishi.
Dorili huqnalar dori modalarini og’iz orqali kiritishga monelik bolgan hollarda ularni to’g’ri ichak orqali kiritish mumkin.bunda ular so’riladi va jigarni chetlab o’tib tezda qonga o’tadi.Dori huqnalari mahalliy va ummumiy ta’sir qiladigan bo’ladi.
1 yo’g’on ichakda yallig’lanish jarayonini kamaytirish maqsadida
2 organizmga ba’zan uzoq vaqtgacha dori yoki oziq moddalarini kiritish uchun qo’llaniladi.
Oziqli moddalarni og’iz orqali kiritib bo’lmagan hollarda ularni to’g’ri ichak orqali yuborish mumkin. Sun’iy ovqatlantirish turlaridan biri hisoblanadi. Ozuqli huqnalarni qo’llash judda chegaralangan huqna yordamida suyuqlik tushadiganyo’g’on ichak pastki bo’limida faqat sun natriy xloridning izatonik eritmasi , glukoza eritmasi,spirt, go’sht blyoni, qaymoq qisman oqsillar va aminokislotalar so’riladi.
Tomchili huqna haqida ma’lumot
Ko’p miqdorda yo’qotilgan qon yoki suyuqlikning o’rnini to’ldirish uchun uzoq vaqt ta’sir qiladigan dorili huqnalar qilinadi.bunda ko’p miqdorda 5 % li glukoza eritmasini natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuboriladi.
Tomchili huqna uchun tozlash huqnasida ishlatiladigan asboblar ishlatiladi.Esmarx krujkasi bilan tutashadigan rezina naychaga tomizg’ich va qisqich qo’yiladi. Uni shunday buraladiki rezina naychadan suyuqlik to’ri ichakka oqim bilan emas balki tomchilib tushadi tomchi tushish tezligini ham qisqich bilan tartibga solinadi.