Manbaning o’rganilishi, uning tarixnavisligi. Manbaning o’rganilishi, uning tarixnavisligi maxsus qo’shimcha tarixnavislik fanida qay darajada yoritilganligini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Chunki bo’lg`usi pedagoglar ushbu manbalar ustida mustaqil tadqiqot olib borishlari uchun ilmiy asos yaratiladi. Manbaning o’rganilish tarixi maxsus tarixnavislik yordamchi fanida tadqiq etilsa-da, manbashunoslikda ham uning to’g`risida ixcham ma’lumot berish zarur deb o’ylayman.
Bunda asosan manbaning qo’lyozmalari qay darajada o’rganilgani, asarning asl matni, zamonaviy matbaa usulida-faksimile, litografik va terma tarzda chop etilganmi, noshir ya’ni nashrga tayyorlovchi nomi, nashrga yozilgan so`z boshi, ilova qilingan izohlar va ko’rsatkichlar mavjudligini qayd etish maqsadga muvofiqdir.
Manbaning o’rganilishi, tarixnavisligi oxirida asardagi ma’lumotlar qanday maxsus tadqiqotlarda, darslik va qo’llanmalarda yoritilganligi bayon etiladi.
Ayni paytda og`ir va mashaqatli mehnatlar evaziga yaratilgan har bir kitobning o`zi shubhasiz katta bir san`at asari edi. Bunday kitoblar asosan shohlar, amirlar, xonu sultonlar buyurtmalari asosida yaratilgan va maxsus kutubxonalarda e`zozlab saqlangan. Tarixdan ma`lumki, Boysunqur Mirzoning o`z shaxsiy kitobxonasi bo`lib, unda nafaqat mahalliy, balki butundunyodan keltirigan qimmatbaho bezaklar tushurilgan kitoblar ham saqlangan. Yoki ulug` bobokalonimiz Amir Temur kutubxonasi ham shunday benazir bo`lgan. Bu haqda olim Ulug`bekning shogirdi Ali Qushchining ma`lumotlari guvohdir.
Kitoblar asosan qo`lda ko`chirilgan. Qo`lda ko`chirilgan kitoblar nafaqat mazmunan, balki tashqi ko`rinishi va bezagi jihatdan ham kitobxonlarning talab-ehtiyojlari va didiga javob berishi, odamlarda ma`naviy va estetik dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi lozim edi. Hozida O`z,FA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qirq mingdan ziyod qo`lyozmalardan ko`pchiligi shunday nafis bezaklar bilan bezatilganki, ularni haqli ravishda san`at asari deyish mumkin. Ayni paytda fan sohasida bu san`at usullari qaysi davrda yaratilganligi haqida bilimlarga ega. Binobarin xuddi shu jihatlar asarning yaratilgan vaqtini oydinlashtirishga xizmat qiladi.
Bu nafis kitoblar bugunda tarixiy manbadir. Manbalarni o`rganishda mavhumlikdan hayotiylikka, aniqlikka tomon har bir voqea hodisani churur mantiqiy tahlil qilishimiz, xolisiylik tamoyiliga amal qilishimiz lozim. Umuman ajdodlarimiz yaratgan fan va madaniyatning qaysi sohasini, tarmog`ini ko`zdan kechirmaylik, ona diyoyimiz asrlardavomida jahon svilizatsiyasining oldingi saflarida joy olganligini guvohi bo`lamiz. Ulug` bobokalonlarimiz yaratgan tarixiy merosni o`rganish biz yoshlar uchun ham qarz ham farzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |