Kodikologik ma’lumot. Kodikologik ma’lumot yoki tahlil deganda yozma manba, uning muallifining nomlari va noyob qo’lyozmalar to’g`risidagi ma’lumotlarni bayon etish tushuniladi. Bunday ma’lumotlar 5 dan 9 gacha bo’lishi mumkin. (Bundan ortiqcha ma’lumot talabani e’tiborini susaytirishi mumkin). Bular kodikologik yoki qo’lyozma to’g`risidagi ma’lumotlar hisoblanadi. Kodikologiya so’zi lotincha ñodex-kodeksdan olinga bo’lib qo’lyozma kitobning o’ziga xos xususiyatlarini anglatadi.
Kodikologik ma’lumotlar asar nomidan tashqari yana quyidagilardan iboratdir:
Muallifning nomi (hayot yillari);
Asarning yaratilgan vaqti;
Qo’lyozmaning tartib raqami va saqlanayotgan joyi;
Eng qadimgi qo’lyozmaning yaratilgan vaqti va joyi;
Qo’lyozmaning varaqlar soni va o’lchami.
Ularning ayrimlarini B.A.Ahmedov manbaning tashqi belgilari-qo’lyozma muqovasi, qog`ozi va xatidan tashqari asarning yozilgan vaqti, joyi, muallifi, yozilish sabablari, asar yozilgan vaqtdagi ijtimoiy-siyosiy muhit, deb tushuntiradi1.
Bular qo’lyozma asar to’g`risidagi eng ixcham kodikologik ma’lumot hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |